2
Asatov N.A., Erboyev Sh.O., Aliyev M.R.
E'tiboringizga havola etilayotgan
“Bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi
asoslari” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma qurilish sohasidagi kasb-hunar kollejlari
o’quvchlair uchun ushbu fan o’quv dasturi asosida yozilgan. Undan oliy o‘quv
yurtlarining texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar, ilmiy-texnik
va
muhandis xodimlar, magistrlar, tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarida hamda o‘rta maxsus
kasb-hunar kollejlarida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun ham foydali deb
hisoblaymiz.
Ushbu o‘quv qo‘llanma JizPi ilmiy-uslubiy kengashining “___”
_______________ 2013 y. № ___ -sonli bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya
etilgan.
Taqrizchilar: Xolboyev U.
Zokirov S.
Jizzax politexnika instituti
3
KIRISH
Qurilish konstruksiyalari - har qanday bino va sun'iy inshootlarni qurish, turar-
joy
binolari, jamoat, sanoat va qishloq xo'jalik binolari, ko'priklar, katta hajmli
imoratlar, quvurlar va inshootlarning asosi hisoblanadi. Bino va inshootni qurish
uchun sarflangan xarajatlarning asosiy qismi konstruksiyalarga to'g'ri keladi.
Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi kapital qurilislar, qurilish
konstruksiyalaridan samarali foydalanish rivojining juda tez jadallashuviga turtki
bo'idi - konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan xomashyolar to'xtovsiz
takomillashib bormoqda. Shu boisdan ularni hisoblash, loyihalash va tiklash usullari
ham takomillashtirilmoqda. Qurilish konstruksiyalarini
hisoblashdan maqsad
qurilishning samaradorligini oshirish, uning konstruktiv sxemalarini ixchamlashtirish
va konstruksiyalarni tiplashtirish asosida, iloji boricha ko'proq tayyorligini oshirish
bo'lsa, ikkinchisi - bu imoratlami raqobatbardosh, yuqori sifatli, shinam va vazifaviy
qulay bo'lishini ta'minlashdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomat-
lashtirilgan
texnologik
jarayonlarni
qo'llash
bilan
bir
qatorda
qurilish
maydonchalarida bajariladigan ishlarga keng imkoniyatlar ochib berildi.
O’quv qo’llanmada qurilish konstruksiyalarini hisoblash usullari,
konstruktiv
elementlardan tayyorlanadigan fuqaro va sanoat binolari konstruksiyalari haqida
zarur axborotlar keltirilgan. Yangi bilimlar bo'lmish - konstruksiyalarning optimal va
ishonchli bo'lishini ta'minlaydigan usullar; fuqaro va sanoat binolarini loyihalashda,
qurishda va undan foydalanishda sifat ko'rsatkichlar keltirilgan.
Kitobning birinchi bobida qurilish konstruktsiyalarini hisoblash va loyihalash
bino va inshootlar ta'rifi, ularning tuzilishi,
klassifikatsiyalari, ularga qo'yiladigan
talablar hamda konstruktiv elementlari keltirilgan.
Ikkinchi bobda mеtall konstruktsiyalar, qurilishda ishlatiladigan metallarning
xossalari
va
sortamenti,
mеtall
konstruktsiyalarni
hisoblash,
mеtall
konstruktsiyalarning xususiyatlari keltirilgan.
Keyingi, uchinchi bobda yog’och konstrukutsiyalarinig turlari, yog’ochning
mexanik tarkibiga turli omillarning ta’siri, yog’och konstrukutsiyalarini chirishdan va
4
yong’indan himoya qilish, yog’och konstrukutsiyalarinig afzalliklari va kamchiliklari,
yog’och
konstrukutsiyalarini hisoblash, yog’och konstrukutsiyalardan qurilishda
foydalanish keltirilgan.
To'rtinchi bobda qurilish konstruksiyasi sifatida tosh, g’isht va o’zaklangan
konstruktsiyalar, g’ishtli devorlar konstruktsiyasi, mayda blok va tabiiy toshdan
terilgan devorlar kabi mahalliy xomashyolar asosida
qurilish tajribasidan
mujassamlangan bilimlar keltirilgan.
Beshinchi bobda keng qo'llanilayotgan konstruksiyalar: beton va temirbeton
konstruksiyalar
uchun
zarur
axborotlar
berilgan,
eng
keng
tarqalgan
konstruksiyalarning xususiyatlari, mohiyatlari va sifatlari tahlil qilingan. Ularning
mexanik ko'rsatkichlari va qo'llashda zarur bo'lgan sifatlari muhokama qilingan.
Oltinchi bobda zamin va poydеvorlarni hisoblash,
loihalash va ularga
qo’yiladigan talablar keltirilgan.
Umuman, kitobda «Bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari»ga doir
eng zarur va dolzarb axborotlar mujassamlashtirilgan bo'lib, bu qo’llanmada kasb-
hunar kolleji o’quvchilari uchun mo'ljallab tayyorlangan.