Bino va inshootlar konstruksiyasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix10.03.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#87277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
bino va inshootlar konstruksiyasi hisobi asoslari

2. Alohida loyihalar asosida quriladigan nodir binolar - teatrlar, muzeylar, 
sport binolari, ma'muriy binolar va h.k.
1.6. BINONING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI 
Binolarning konstruksiyalari, ularning nomi va vazifalari quyida keltirilgan:
1. Poydevorlar - binoning yerosti qismi bo'lib, ular bino og'irligini o'ziga qabul 
qilib, uni asosga uzatuvchi konstruksiyalardir.
2. Devorlar - o'z vazifasiga va joylashishiga ko'ra ichki va tashqi to'siq, ya'ni 
xonani tashqi muhit ta'siridan himoyalovchi yoki xonalarni bir-biridan ajratib 
turuvchi elementlar.
Devorlar yuk ko'taruvchi va yuk ko'tarmaydigan turlarga bo'linadi.
Yuk ko'taruvchi devorlar yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, 
mebellar va shu kabilardan tushadigan og'irlikni ko'tarib turadi. Ham ichki, ham 
tashqi devorlar yuk ko'taruvchi bo'lishi mumkin. Binolarni kichik-kichik xonalarga 
ajratuvchi to'siq (parda) devorlar yuk ko'tarmaydigan hisoblanadi. Bunday devorlar, 
odatda, poydevorsiz bo'ladi. To'siq vazifasini o'tovchi devorlar poydevorlarga yoki 
poydevor to'siniga tayanib, o'zini ko'tarib turuvchi va ustunlarga ilingan osma 
devorlar tarzida ham bo'lishi mumkin.
3. Alohida tayanchlar - tom yopmasi va oraliq yopmalardan tushayotgan yukni 
poydevorga uzatuvchi vertikal vaziyatdagi yuk ko'taruvchi elementlardir (ustunlar, 
tirgaklar).
4. Qavatlararo yopmalar - binoning ichki bo'shlig'ini qavatlarga bo'ladi va 
ustunlarga maxsus mahkamlangan rigel yoki «progon xari» deyiluvchi to'sinlarga 
yotqiziladi, ayrim hollarda esa to'g'ridan-to'g'ri ustunga mahkamlanadi. Qavatlararo 
yopmalar doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko'tarish bilan birga devorlarni o'zaro 
bog'laydi, ularning ustivorligini ta'minlaydi va butun binoning fazoviy bikrligini 
oshiradi.
Oraliq yopmalar binoda joylashgan o'rniga qarab quyidagicha bo'ladi:


14 
- qavatlararo yopmalar (binoni qavatlarga ajratadi);
- yerto'la usti orayopmasi (birinchi qavatni yerto'ladan ajratib turadi);
- chordoq yopmasi (tepa qavatni chordoqdan ajratadi).
5. Tom - bino konstruksiyasini va xonalarni atmosfera yog'in-sochinlari va 
boshqa xildagi salbiy ta'sirlardan saqlaydigan konstruksiya. U tepa qavat yopmasi, 
chordoqli va chordoqsiz yopma hamda tom yopmasidan iborat bo'ladi. Chordoq - 
binoning tepa qavati yopmasi bilan tom yopmasi orasida joylashgan bo'shliq qismdan 
iborat.
Chordoqsiz tomda binoning tepa qavati yopmasi bilan tom birlashgan bo'ladi. 
Tomlar nishabli va tekis bo'lishi mumkin. Tekis tomlardan dam olish maydoni 
sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. 
6. Zinalar - bino qavatlarini o'zaro bog'laydi va odamlarni binodan evakuatsiya 
qilish vazifasini ham bajaradi. U zina marshlari va zina maydonchalaridan iborat 
bo'ladi.
Balkon, lodjiya va erkerlar binolarning me'moriy-kompozitsion yechimni 
boyitadigan muhim konstruktiv elementlar hisoblanadi. Ular atrofni o'rab turuvchi 
tabiat bilan xona ichkarisini bog'lovchi qo'shimcha elementlar vazifasini o'taydi. 
Ayniqsa, turar-joy binolarida ularning ahamiyati katta.
7. Liftlar - besh va undan ortiq qavatli turar-joy binolarida qo'llaniladi. Ular uch 
xil bo'ladi:

odamlar xizmati uchun;

yuklar uchun (sanoat binolarida);

xizmat (meditsina) liftlari.
Liftlarning asosiy elementi mashina bo'linmasiga o'rnatirilgan ko'taruvchi 
«Iebyodka»ga po'lat arqonlar yordamida osilgan kabinadan iborat bo'ladi. Lift 
shaxtasi butun balandligi bo'yicha to'rt tomonlama o'raladi va uning ostki qisrnida 
balandligi 1300 mm ga teng bo'lgan chuqurcha bo'lib, u yerga amortizator va tortib 
turuvchi uskuna joylashtiriladi. Mashina bo'limi shaxtaning yuqori bo'limida yoki 
ostki qismida joylashgan bo'lishi mumkin.
Hozirgi paytda turar-joy binolarida o'rnatiladigan lift shaxtalari devorlarining 


15 
qalinligi, aksariyat, 120 mm bo'lgan yig'ma temirbeton elementlardan tashkil topadi.
Lift shaxtalarini, odatda, zinapoya oldiga o'rnatish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan konstruksiyalar binoning asosiy konstruksiyalari 
hisoblanadi. Asosiy yuk ko'taruvchi konstruksiyalardan tashqari, binoda ikkinchi 
darajali konstruktiv elementlar borki, ularsiz bino o'z funksiyalarini bajara olmaydi 
yoki binoga ular yordamchi konstruktiv elementlar (balkonlar, lodjiya va erkerlar) 
sifatida loyihalanadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Balkonlar - yuk ko'taruvchi temirbeton plita, pol va o'rovchi elementlardan 
iborat bo'lib, u bir tomoni bilan devorga ilintiriladi va devor ichida qoldirilgan 
ankerlarga hamda qavatlararo yopma panellariga payvandlanadi.
2. Lodjiyalar - binoning old tomoniga joylashgan bir tomoni ochiq, uch tomoni 
esa yuk ko'taruvchi devor bilan o'ralgan konstruktiv elementdan iborat. Lodjiyalar 
xonani quyoshdan saqlash uchungina o'rnatilgan bo'lib, ular faqat janubiy rayonlarda 
quriladigan binolarda uchraydi.
3. Erkerlar deb, xonaning, binoning old qismidan tashqariga bo'rtib chiqqan, 
tashqi devor bilan o'ralgan, bir va bir necha derazali ma'lum bir bo'lagiga aytiladi. 
Erkerlarni birinchi qavatdan boshlab o'rnatish ko'p qavatli binolar uchun ko'proq 
ahamiyatga ega. Bu holda erkerni o'rab turuvchi devorlarga alohida poydevor 
quriladi. Erkerlar xonani yoritilganlik darajasini va quyosh tushishini oshirganligi 
uchun ular ko'proq shimoliy rayonlarda hamda mo'tadil iqlimli joylarda quriladi.
4. Eshiklar - xonalarni bir-biri bilan bog'laydi, shuningdek, xonaga kirish va 
undan chiqish yo'li hisoblanadi. Ular devordagi yoki parda devordagi eshik o'rni, 
eshik qutisi (kesakisi) va tabaqasidan iborat bo'ladi. Turar-joy binolarida bulardan 
tashqari boshqa konstruktiv elementlar, ya'ni daxliz, ayvon, eshik usti soyaboni va 
boshqalar bo'lishi mumkin.
5. Derazalar - xonalarga yorug'lik, quyosh nuri tushishi hamda xonalarni 
shamollatish uchun xizmat qiladi. Ular deraza o'rni, deraza kesakisi va deraza 
tabaqalaridan iborat.
6. Pollar - turli asoslarga, masalan, ko'pincha lagalarga, temirbeton yopma 


16 
paneli ustidan yoki «podval»siz binolarda birinchi qavatning ostiga to'g'ridan-to'g'ri 
zax o'tkazmaydigan asos ustiga o'rnatiladi.
Polning eng yuqori qatlarni qoplama yoki haqiqiy pol deb ataladi.
Pol materiali oldindan tayyorlangan yuza sathiga o'rnatiladi. Bunda tagiga 
solingan tekislovchi qatlam betondan, sement-qum qorishmasidan, asfaltdan yoki 
gipsdan iborat bo'lishi mumkin.
Qavatlararo orayopmada pol asosi bo'lib, orayopma ko'taruvchi konstruksiya 
hisoblanadi. Bunda tagiga solinadigan beton qatlami bo'lmaydi. Pol konstruksiyasiga 
tovush o'tkazmaydigan, issiqlik va suv o'tkazmaydigan qatlamlar qo'shimcha bo'lib 
kirishi mumkin. Binoning vazifasiga va ishlab chiqarish jarayonlari xarakteriga ko'ra 
pollar pishiq bo'lishi, issiqni kam o'tkazuvchi sirpanmaydigan, ho'llanganda 
shishmaydigan, 
ko'rinishi 
chiroyli, 
chang 
olmaydigan, 
yurganda 
tovush 
chiqarmaydigan, oson tozalanuvchan, industrial va arzon bo'lishi kerak.
Namlik yuqori darajada bo'ladigan xona pollari namlik ta'siriga chidamli va 
suv o'tkazmaydigan, yong'indan xavfli binolarda esa yonmaydigan bo'lishi kerak.
Pol qurilishiga ko'ra yaxlit, quyma, alohida elementlardan qurilgan va 
bukiluvchan yumshoq rulon materiallardan iborat bo'lishi mumkin.
Qaysi materialdan qilinishiga ko'ra pollar yog'och taxtali, parketli, linoleumli, 
kerarnik plitkali, sementli kabi turlarga bo'linadi. Yaxlit quyma pollarga sementli pol, 
mozaik pol, asfalt pol, mastika pol va tuproq pollar kiradi.
7. Ekspluatatsiya va sanitariya-gigiyena shartlarini ta'minlash uchun binolar 
sanitariya-texnika va muhandislik qurilmalari bilan jihozlanadi. Bularga isitish 
qurilmalari, issiq va sovuq suv ta'minoti, ventilatsiya, kanalizatsiya, gaz ta'minoti, 
elektr energiyasi ta'minoti, telefonlashtirish, radio, televideniya va h.k. kiradi.
1.7. ZAMIN VA POYDEVORLARNI LOYIHALASH 
Zamin va poydevorlarni loyihalashda nazarda tutilgan asosiy maqsad ularni 
turini (ya'ni tabiiy zamin yoki sun'iy zamin) tanlashdan va poydevorning 
o‘lchovlarini (chuqurligi, asosiy maydoni va uning ko‘rinishi, o‘lchamlari va 


17 
hokazo) izlashdan iboratdir. Bunda bino va inshootlarning mustahkamligini, 
turg‘unligini va uzoq muddatga ishlashini ta'minlovchi birdan bir yo‘l, poydevorning 
normal ishlashini va turg‘unligini ta'minlaydigan cho‘kish qiymatini va bir necha 
poydevorlar orasidagi cho‘kish farqini izlashdan iboratdir. Buning uchun 
har bir loyihalashtirilayotgan bino va inshootning zaminga bo‘lgan hisoblash 
bosimi esa o‘z navbatida uning kutiladigan absolyut cho‘kishiga va poydevorlar 
orasidagi cho‘kish farqiga bog‘liq bo‘ladi. Bular esa, umumiy holda, qurilish 
maydonining injener-geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, inshoot 
og‘irligidan zaminga tushadigan yuk miqdoriga, turli qatlamlardagi gruntlarning 
fizik-mexanik xossalariga hamda bino va inshootlarning h a r x i l c h o’ k i s h l a r i n i
q a b u l q i l i s h x u s u s i y a t l a r i b i l a n xarakterlanadi. Hozirgi zamon zamin va 
poydevorlar loyihasi asosini grunt, poydevor va inshoot konstruksiyasini 
birgalikda olib qarash tashkil etadi. 
Shuning uchun zamin va poydevorlarni loyihalashda ikki asosiy masalani hal 
qilish talab etiladi: birinchisi inshootni tegishli mustahkamligi va 
turg‘unligini ta'minlashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi esa material sarfi, ish haqi 
va ularning tannarhi yuzasidan iqtisodiy arzon variantini o‘ylab topishdan iboratdir. 
Odatda zamin va poydevorlarga aloqador bo‘lgan masalalar bir necha 
nus’hada hal etiladi va ulardan texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq 
bo‘lgan loyiha uchun qabul qilinadi. 
Zaminlarni 
deformatsiyaga 
hisoblashda 
poydevorlar 
tuzishni 
arzonlashtiradigan birdan bir yo‘l zaminning yuk ko‘tarish qobiliyatini to‘la-to‘kis 
hisobga olishdan iboratdir. Shuning uchun zamin va poydevorlarni 
deformatsiya metodi bilan hisoblashda har vaqt bino va inshoot zaminiga ta'sir 
etuvchi yuqori bosim hisobga olinishi kerak. Bu yuqori bosim qiymati esa, aytib 
o‘tganimizdek, inshootning yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan deformatsiyasiga bog‘liq 
bo‘lmay, balki zamin o‘lchovlari, grunt qatlamlarining turlari va ularning fizik -
mexanik xossalari bilan belgilanadi. 


18 
Gruntlarning 
fizik-mexanik 
xossalari o‘rganilayotgan vaqtda grunt 
xossalarining faqatgina inshoot eni yoki bo‘yiga emas, balki uning chuqurligi 
bo‘yicha ham turlicha bo‘lishini nazarda tutish kerak. 
Gruntlarning turlicha xossalari ularning geologik tashkil topishi keyinchalik 
turli tuman o‘zgarishlarga duch kelishi natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun 
gruntlarning turlicha xossalari ularning o‘ziga xos tabiati bilan belgilanib, ularning 
solishtirma va hajm og‘irligi, namligi, ichki ishqalanish burchagi va bog‘lanishni 
turlicha bo‘lishi bilan farqlanadi.
Shunday qilib, zamin gruntlari to‘g‘risida to‘la xulosaga kelishi kerak, ularni 
tajriba va dala sharoitida o‘rganilgan fizik-mexanik xossalaridan tashqari ularning 
o‘zgaruvchanligi ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu o‘zgaruvchanlik grunt bir 
jinslik koeffitsienti yordami bilan xarakterlanadi. 
Grunt fizik xossalarini me'yoriy qiymatlarini grunt bir jinslik koeffitsienti 
ko‘paytirish yo‘li bilan izlanayotgan zaminning eng kam qarshilik ko‘rsatish 
qobiliyati aniqlanadi. Grunt bir jinslik koeffitsienti ko‘plab tajribalar natijasini 
yig‘imi sifatida tashkil topadi. Poydevor loyihasini tuzishdan oldin zamin gruntlari 
xossalarini o‘zgaruvchanligini baholash talab etiladi. Bu esa deformatsiya modullari 
nisbati orqali hal etiladi, ya'ni

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin