Biokimyo pmd


-jadval. Ferment sinflari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

13-jadval.
Ferment sinflari


122
5. IZOMÅRAZAlar. Ichki molekulyar o‘zgarish jarayonlarini
tezlashtiradilar (vodorod, fosfat va atsil guruhlarini tashish, qo‘sh
bog‘larni o‘rnini o‘zgartirish va boshqalar). Masalan:
triozafosfatizomeraza, fosfoglitseromutaza va boshqalar. Bu sinf 9
guruhga bo‘linadi.
6. LIGAZAlar (sintetazalar). Biosintetik jarayonni amalga oshirish
uchun donor, energiya sarfi bilan kechadigan organik moddalar sintezi
reaksiyalarini tezlashtiradi (masalan, energiya donori bo‘lib ATF
hisoblanadi). Sinf o‘z ichiga 7 guruh fermentlarni oladi. Ligazalar C-
C, C-N, C-O bog‘larning hosil bo‘lishini katalizlaydi (masalan, oqsil
sintezida qatnashuvchi fermentlar).
Fermentlar faolligini o‘lchash birliklari
Fermentativ reaksiya tezligining ferment konsentratsiyasiga
bog‘liqligi tabiatan chiziqli bo‘ladi. Ferment miqdorini ko‘pchilik
hollarda absolyut miqdorlar (masalan, grammlar hisobida) bilan o‘lchash
mumkin bo‘lmaganidan reaksiya tezligining ferment miqdoriga chiziqli
tarzda bog‘liqligiga asoslangan shartli birliklardan foydalanishga to‘g‘ri
keladi.
Ferment birligi (Å) deb 1mk mol moddaning bir daqiqa ichida
kimyoviy o‘zgarishga uchrashini katalizlaydigan ferment miqdoriga
aytiladi. To‘qimalardagi ferment birliklarining soni mana bunday
formulaga muvofiq aniqlanadi:
o‘zgarishga uchragan substrat miqdori, mk mol
———————————————————— = nÅ
to‘qima namunasi, g
x
inkubatsiya vaqti, daqiqa
Misol: laktatdegidrogenazani aniqlash uchun 100 mg jigar to‘qimasi
olingan edi. Tortib olingan shu namuna substrat eritmasiga 15 daqiqa
davomida inkubatsiyalandi va 210 mk mol mahsulot hosil bo‘lganligi
topildi. Demak, jigar to‘qimasining har bir grammiga 210/(0,1x15)=140
birlik laktatdegidrogenaza mavjud.
Ko‘pincha fermentning solishtirma faolligi aniqlaniladi: solishtirma
faolligi namunadagi ferment birliklarining shu namunadagi oqsil (mg
hisobida olingan oqsil) massasiga bo‘lingan soniga tengdir. Masalan:
1g jigar to‘qimasida 140 birlik laktatdegidrogenaza va 200 mg oqsil
bo‘lsa, bu holda jigardagi laktatdegidrogenazaning solishtirma faolligi
140/200=0,7 (mk mol/min)mg bo‘ladi. Solishtirma faollikdan


123
fermentlarni tozalash vaqtida, ayniqsa, ko‘p foydalaniladi: boshqa
oqsillar chiqarib tashlangandan keyin sayin preparatda ajratib
olinayotgan ferment ulushi ortib boradi. Demak, solishtirma faollik
ham kuchayib boradi. Solishtirma faollikning ortib borishiga qarab
tozalash ayrim bosqichlarining samaradorligiga baho beriladi.
Tozalangan, individual ferment bo‘lsa, uning molyar faolligini
o‘lchash mumkin: molyar faolligi namunadagi ferment birliklarining
mikromollar hisobida ifodalangan ferment miqdoriga bo‘lingan soniga
tengdir. Masalan: tarkibida 0,002 mk mol ferment bo‘lgan fumaraza
eritmasida 240 birlik ferment (mk mol/min hisobida) topilgan bo‘lsa,
fumarazaning molyar faolligi bo‘ladi:
240 mk mol/daqiqa
————————— = 12x10 

daqiqa 
-1
0,002 mk mol
Katal – 1 mol substratni 1 soniya katalizlovchi ferment miqdoriga
aytiladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin