Biokimyo pmd


Absolut-guruh spetsifikligiga



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Absolut-guruh spetsifikligiga
bir xil tipda tuzilishga ega bo‘lgan
substratlarga ta’sir etadigan fermentlar kiradi. Masalan: glyukozidaza,
karboksipeptidaza, aminopeptidaza va boshqalar.
Nisbiy-guruh spetsifikligiga
kimyoviy bog‘ turiga nisbatan spetsifik
bo‘lgan fermentlar kiradi. Masalan: lipaza, esterazalar triglitserid,
diglitserid, monoglitserid molekulasidagi murakkab efir bog‘larini
uzadilar va boshqalar.
Nisbiy spetsifiklik
xususiyatiga sitoxrom R
450
, pepsin, ximotripsin,
tripsin va boshqa proteolitik fermentlar ega.
Sterioximik spetsifiklikka
faqat bir fazoviy izomerga ta’sir etuvchi
fermentlar egadir. Masalan: aminokislotalarning L – oksidaza yoki D –
oksidazalari faqat tegishli izomerlargagina ta’sir etadilar.
Fermentlarning spetsifik ta’siri 2 gipoteza yordamida tushuntiriladi:
Fisher gipotezasi – ferment va substrat bir-biriga kalit qulfga to‘g‘ri
kelganidek mos kelishi kerak. Koshland gipotezasi – majburan to‘g‘ri
kelishlik, ba’zan ferment o‘zining konformatsiyasini o‘zgartirish va
substratiga mos kelishi mumkin. Buni qo‘lpaypoq va kaft misolida
tushuntirish mumkin.
Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi
Fermentlar nomlanganda substratlarning oxiriga – aza suffiksi
qo‘shiladi (Dyuklo taklifi bo‘yicha, 1883-y). Masalan: arginaza
argininning gidrolizini katalizlaydi, saxaraza - saxarozaning, fosfataza
– fosfo – efir bog‘lari va boshqalar.


120
Boshqa usul — katalizlanuvchi reaksiya nomiga – aza suffiksi
qo‘shiladi. Masalan: degidrogenaza vodorodning ajralib chiqish
reaksiyasini, gidrolaza – gidroliz reaksiyasini, transferaza – kimyoviy
guruhlarni o‘tkazish reaksiyalarini katalizlaydi. Yuqorida
keltirilganlarga qaramasdan ba’zi fermentlar o‘zlarining travial
nomlarini saqlab qolganlar: tripsin, pepsin, katalaza, ularning nomi
katalizlanuvchi reaksiya turiga, shuningdek, substratning nomiga to‘g‘ri
kelmaydi. 1961-yilda V xalqaro biokimyog‘arlar kongressida
fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi qabul qilingan va uning asosiga
quyidagi tamoyillar qo‘yilgan:
fermentning nomi o‘z ichiga olishi kerak:
– substrat nomini;
– koferment nomini;
– katalizlanuvchi reaksiya turini.
Masalan, ushbu nomenklatura bo‘yicha LDG quyidagicha
nomlanadi: L – laktat – NAD – oksidoreduktaza. Bu nomda birdaniga
3 xususiyat o‘z aksini topgan:
– substrat – laktat (sut kislota);
– koferment – NAD;
– reaksiya turi – substrat va vodorod akseptori (NAD) o‘rtasida
oksidlanish va qaytarilish reaksiyasi.
Har bir fermentga barcha fermentlar ro‘yxatida alohida nomer (shifr)
berilgan. Masalan: laktatdegidrogenaza 1.1.1.27 shifriga ega. Birinchi
raqam sinfning nomerini, ikkinchi - sinfchaning, uchinchi – kenja
sinfning, to‘rtinchi – ko‘rsatilgan guruhda egallagan o‘rnini ko‘rsatadi.
Fermentlarning tasnifi katalitik ta’sirga uchrayotgan reaksiya turiga
asoslangan. Barcha fermentlar 6 sinfga bo‘linadilar:
1. Oksidoreduktaza.
2. Transferaza.
3. Gidrolaza.
4. Liaza.
5. Izomeraza.
6. Ligaza (sintetaza) (13-jadval).
Fermentlarning har bir sinfi individual o‘zgarishlarga bog‘liq
ravishda yana kichik sinf, kenja sinflarga bo‘linadi.
1. OKSIDORÅDUKTAZAlar (degidrogenazalar). Ushbu sinf
fermentlar 14 guruhga bo‘linadi. Ular hujayradagi oksidlanish-
qaytarilish reaksiyalarini katalizlaydi va vodorod atomi, elektronlarni
substratdan oxirgi akseptorga o‘tkazuvchi ko‘p bosqichli reaksiyalarni
amalga oshiradilar.


121
2. TRANSFÅRAZAlar. Guruh va molekulyar qoldiqlarni bir
birikmadan ikkinchisiga o‘tkazish reaksiyalarini tezlashtiradilar.
Fosfotransferaza, aminotransferaza, metiltransferaza, formiltransferaza
va boshqalar tafovut etiladi (200 ferment).
3. GIDROLAZAlar. Fermentlar suv biriktirish yo‘li bilan organik
moddalarning parchalanish reaksiyalarini tezlashtiradilar. Ularning 9
guruhi mavjud, 169 dan ortiq fermentlar kiradi. Ularga misol bo‘la oladi:
esterazalar, glikozidazalar, peptidazalar, amilazalar va boshqalar.
4. LIAZAlar. C-C, C-N, C-O va boshqa bog‘larni uzish orqali
organik moddalarning nogidrolitik parchalanish reaksiyasini
katalizlaydi. Bu sinf o‘z ichiga 9 guruhni oladi. Ularga quyidagilar
kiradi:
uglerod-uglerod liazalar (C-C)
uglerod-kislorod liazalar (C-O)
uglerod-azot liazalar (C-N)

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin