43
Organizmlar energiya va uglerodning qanday
manbayidan foydalanishiga
ko‘ra avtotrofl ar va geterotrofl arga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik
moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan
organizmlar
avtotrof organizmlar
deyiladi.
Organik moddalarni sintez-
lash da yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar
foto-
trof
lar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar
xemotrof
lardir.
Fotosintez.
Fototrof organizmlarga xlorofi ll
pigmentiga ega organizmlar,
yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar
hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofi ll pigmenti yordamida yorug‘lik
energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga
organik birikmalar sintezlanishi
fotosintez
deyiladi (23-rasm).
23-rasm.
Fotosintez jarayoni.
Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan
bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida
avtotrof organizm
hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm
hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya
manbayidir.
Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin:
6CO
2
+ 6H
2
O + quyosh energiyasi → C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
Xlorofi ll pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini
ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez
44
qiluvchi tuzilmalarida ikki bosqichda o‘tadi:
yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari (24-rasm).
Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning ti la -
koidlarida kechadi. Bunda boshlang‘ich mah-
sulotlar sifatida yorug‘lik
energiyasi, suv,
ADF, xlorofi ll ishtirok etadi.
Yorug‘lik kvantlari – fotonlar xlorofi ll
molekulasi elektronlarini qo‘zg‘atadi. Elek-
tronlar energiyasi hisobiga ADF va fosfat
kislotadan ATF sintezlanadi. Ya’ni yorug‘lik
energiyasi ATFning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Elektronlar energiyasining
bir qismi vodorod (H
Dostları ilə paylaş: