Biologik kimyo



Yüklə 13,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/42
tarix01.11.2019
ölçüsü13,42 Mb.
#29484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Biologik kimyo (Sobirova R.A.) - 2006 у.

29484

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI 

OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’IM  VAZIRLIGI

R.A. Sobirova, O.A. Abrorov 

F.X. Inoyatova, A.N.Aripov

BIOLOGIK  KIMYO

O 'zbekiston   R espublikasi  O liy  va  o ‘rta   m axsus ta'lirn 

va zirlig i tom onidan  tibbiyot o liy   o ‘q u v y u r tla r i talabalari 

uchun  darslik  sifa tid a   ta sd iq la n g a n

Toshkent 

«Yangi  asr  avlodi» 

2006

Mazkur  darslik  tibbiyot  oliy  o ‘quv yurtlari  uchun  mo'ljallangan  lotin 

grafikasida  birinchi  o 'q u v  adabiyoti  bo'lib,  um um am aliyot  shifokorlar 

tayyorlashning  zam onaviy  konsepsiyasiga  tayanilgan  va  biologik  kimyo 

faniningyangi rejasi asosida yozilgan. Darstikda oqsillar, nuklein kislotalar, 

karbon suvlar va y o g ‘larning struktura vafunksiyasi to g   risida hamdafanga 

oid bir qator  yan gi  ma ’lum otlar kiritilgan.  Biokimyo fanin in g nazariy va 

amaliy  tibbiyotdagi  aham iyatini  e ’tiborga  oiib,  darstikda  karbon  suvlar, 

yog'lar,  oqsillar  va  am inokislotalar  almashinuvini  buzilishida  nasliy  va 

orttirilgan kasalliklar asoslari ko'rib chiqilgan.

Darslik  sogUiqni  saqlash  ta ’limi  tizimida  tahsil  olayotgan  bakalavr, 

magistr  va  aspirantlar,  o ‘qituvchilar,  ilmiy xodimlar,  shuningdek,  barcha 

yo'nalishdagi shifokorlar uchun mo'ljallangan.

A.A. XODJIMETOV,

TTA bioorganik va biologik kimyo kafedrasi mudiri,biologiya 

fanlari doktori, professor

R.S. SALIHOV,

0 ‘zR FAga qarashli biokimyo instituti  Hujayra biologiyasi 

laboratoriyasining mudiri.  Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biologiya 

fanlari doktori, professor

I S B N  

978-9943-08-010-2

©  R.A.  Sobirova, O.A. Abrorov,  F.X. Inoyatova, A.N. Aripov, «Biologik 

kimyo». «Yangi  asr  avlodi»,  2006 yil



KIRISH

Biologik kimyo -  tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning 

kimyoviy tabiati, ularning o ‘zgarishi, shuningdek, bujarayonlarni a  zo 

va to'qimalarfaoliyati bilan  bog'liq holda o'rganadigan fan.

Tahlil etilayotgan  obyektga  bog'liq  holda,  shartli ravishda,  odam 

va hayvon, o ‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo ‘limlaiga 

b o 'linadi. Modda almashinuvi va metabolizm -  organizmda kechadigan 

barcha  kimyoviy  reaksiyalar  yig'indisidir.  Ular  tirik  sistenianing 

turg'unligi  va  o ‘z-o ‘zini  hosil  qilishga  yo'naltirilgandir.  Hayvonlar 

organizmi,  shuningdek,  odam  organizmi  ovqat  mahsulotlari  qabul 

qilishga  muhtojdir.  Ular  suv  va  mineral  komponentlardan  tashqari 

murakkab organik tarkibga ega bo ‘Igan oqsil, y o g ‘, uglevodlarni qabul 

qilishi kerak.

Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy, 

umumbiologik masalalarni hal etishdan iborat. lnsonning ekosistemaga 

bog'liqlik muammosini hal etishi,  ularni nafaqat bilishi,  balki ulardan 

muhofaza bo ‘lishi va foydalana  olishi kerak.

Biokimyo fani 3 bo ‘limdan  iborat:

1.  Statik biokimyo.

2.  Dinamik biokimyo.

3.  Funksional biokimyo.

Statik  biokimyo  tirik  organizm  tarkibiga  kiruvchi  moddalarning 

kimyoviy  tarkibi  va  xususiyatlarini  o'rganadi.  Bu  bo'limning  asosiy 

masalalari bioorganik kimyo tomonidan  o ‘rganiladi.

Dinamik  biokimyo  organizmga  moddalarning  qabul  qilinishidan 

boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo  Igan 

barcha o ‘zgarishlarni tahlil qiladi.

F u nksional  biokimyo  a ’zo   va  to ‘qima funksiyalariga  bog ‘liq 

ravishda,  ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi.

Biologik lamyoning barcha  bo ‘limlari o ‘zaro uzviy bog ‘langan  va 

zamonaviy biokimyoning qism lari hisoblanadi.

Agarda  ilgari  biologik  kim yo  o ‘z   ichiga  to ‘qima,  a ’zo  va  butun 

organizm  masalalarini  olgan  bo'lsa,  hozirda  bu fa n   molekula  va 

submolekulyar  tahlillar darajasida  o ‘rganiladi.  Biologik  kimyoning 

yo'nalishlari  quyidagi  muammolarni  hal  etishga  qaratilgan  bo'lishi 

kerak:  yuqori  organizmlar  hujayralarming  differensirovkasi,  genom 

faolligining  mexanizmi,  irsiy  kasalliklar  rivojlanishining  molekulyar 

asoslari va boshqalar.

Tibbiyot institutlarida klinik biokimyo alohida o ‘rin tutadi. Bo ‘lajak 

u m u m a m a liy o t  sh ifo k o r i  p a to lo g ik  ja ra yo n   riv o jla n ish in in g  

mexanizmlarini  t o ‘liq  o'zlashtirishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Turli 

kasalliklar asosida metabolikjarayonlarning buzilishi yotadi. Sog ‘lom 

organizmda  katabolizm  va  anabolizm jarayonlari  uzviy  bog'langan. 

Bu jarayonlar muvozanatining buzilishi kasallikning rivojlanishiga olib 

keladi. Masalan, agarda organizmda katabolizm jarayonlari pasaysa, 

u  yoki  bu  moddalarning  to'planishiga  olib  keladi  va  o 'z  navbatida 

to ‘planish  kasalliklarini  rivojlantiradi  (glikogenoz,  sfingolipidoz  va 

boshqalar). Irsiy kasalliklar alohida o ‘rinni egallaydi,  chunki ularda, 

hujayra  genetik  apparatida  u  yoki  bu  moddalar  sintez  nazoratining 

buzilishi mavjud.  Shuning  uchun,  b o 'lajak shifokor,  tirik  organizmda 

u la rn in g   rivojlanish  m exanizm ini  tushunish  uchun  biokim yoviy 

jarayonlarni yaxshi  bilishi  kerak.  So ‘nggi paytlarda  klinik  biokimyo 

jadal  rivojlanmoqda,  klinik  laboratoriyalarda  kasalliklarning  kelib 

chiqish sabablarini aniqlash uchun sharoitlaryaratilgan bo 'lib,  tashxis 

usullari takomillashtirilmoqda.

I   B O B

OQSILLAR  VA  ULARNING  FUNKSIYASI

Oqsillam ing  tirik  tabiatdagi. m uhim   ahamiyatini  hisobga  olib, 

shuningdek,  oqsillaming  tirik  organizm  massasining  yarmini  tashkil 

etishi  va qator ajoyib xususiyatlarga  ega bo‘lishi,  oqsil  strukturasi va 

fu n k siy asin i  tu sh u n ish ,  b io lo g iy a   v a  tib b iy o t  u c h u n   m u h im  

muammolami yechishda asos bo'lishi, tibbiyot institutlarida biokimyo 

kursini o ‘rganishni -   shu sinf, organik moddalardan boshlashni taqozo

etadi. 


.  ,


Tirik  organizmlar  uchun  xos  b o ‘lgan  turli-tuman  va  jud a  ko  p 

funksiyalam i  oqsillar  bajaradi,  biz  ulam ing  ba’zilari  bilan  kursni

o‘rganish davomida tanishamiz.

Shved kimyog'ari I.Ya.Berselius 1938-yilda azot saqlovchi orgamk 

birikm alarni  o ‘simlik  va  hayvon  to ‘qim alaridan  ajratib  olib,  uni 

proteinlar  deb  nom lagan  (g rek ch a  protos  -   birlam chi,  m uhim

demakdir). 

.

Hozirgi  tibbiyot  adabiyotlarida  azot  saqlovchi  yuqori  molekulau



birikm alarni  oqsillar  deyiladi.  O qsil  term ini  -   tuxum   o q silin i 

qizdirilganda oq rang hosil b o ‘lishiga asoslangan. Oqsillar har qanday 

tirik  organizm  to'qim asining  asosiy  qismi  hisoblanib,  to 'q im ad a 

boiadigan  turli  jarayonlarda  m uhim   ahamiyatga  ega.  O qsillar  tirik 

organizmlar ham strukturasi, ham funksiyasining asosini tashkil etadi. 

M olekulyar  biologiya  asoschilaridan  b o 'lg a n   F.K rikning  ta  b in  

bo‘yicha, oqsillar juda muhim moddalar bo‘lib, turli funksiyalam i juda 

yengil va nozik bajarishlari mumkin. Tabiatda taxminan  10l0-10'- turli 

oqsillar  b o ‘lib,  106  turli  tirik   organizm lar,  viruslardan  bo shlab  

odamgacha, faoliyatini ta’minlab beradi. Bugungi kunda, k o ‘p sondagi 

tabiiy  oqsillardan juda kam  qismining  tuzilishi 

va 

strukturasi  aniqdir. 

Har  bir  organizm  o‘ziga  xos  oqsillar  to‘plami  bilan  xarakterlanadi. 

Fenotipik  belgilar  va  funksiyalaming  turli-tumanligi  bu  oqsillaming 

spetsifikligi, ko‘pchilik holda multimolekulyar strukturaga ega bo'lishi 

bilan belgilanadi.



E.coli  hujayrasida  3000  ga  yaqin,  odam  organizmida  esa  100000 

dan  ortiq  turli  xil  oqsillar  mavjuddir.  Barcha  tabiiy  oqsillar  k o ‘p 

b oim agan oddiy  Struktur bloklardan  tashkil  topgan  b o iib ,  monomer 

molekulalar aminokislotalardan  iboratdir.  Aminokislotalar  polipeptid 

z a n jird a   b ir-b iri  b ilan   b o g ia n g a n .  Tabiiy  o q silla r  20  xil 

aminokislotalardan  tashkil  topgan.  Bu  aminokislotalar  turli  ketma- 

kethklarda  bogianishlari  mumkin.  Shuning  uchun  ular,  juda  k o ‘p 

miqdordagi, turli-tuman oqsillami hosil qiladilar. K o‘rsatilgan sondagi 

ammokislotalarni  polipeptidda  turlicha  joylashtirish  orqali  har  xil 

izomerlami  hosil  qilish  mumkin.  Agar  2  ta  aminokislotadan  faqat  2 

izomer hosil qilish mumkin bo is a , 4 aminokislotadan, nazariy jihatdan

24  izomer hosil  qilish mumkin.  DNK  molekulasida  nukleotidlaming’ 

ketm a-ket joylashishi  sintezlanayotgan  oqsil  polipeptid  zanjiridagi 

aminokislota qoldiqlarining ketma-ketligini  belgilaydi.  Hosil  b oigan 

polipeptid zanjiri funksional axborotga ega boiib, unga mos ravishda 

o ‘z-o‘zidan stabil uchlamchi  strukturaga ega boiadi.

Oqsil mson organizmi massasining 25% gacha, quritilgandan keyin 

esa 45-50% ni tashkil qiladi.  Oqsillaming turli a ’zo va to'qimalardagi 

m iq d o ri  tu rlic h a   b o i a d i   (1 -ja d v a l).  O qsil  inson  va  hayvon 

organizmlarida quyidagi vazifalami bajaradi:

1.  S truk tu rali  funksiya  -   barcha  to ‘qim alar,  hu jay ralar  va 

organoidlar oqsildan tashkil topgan. Bu yerda fibrillar oqsillar (kollagen,



keratin,  elastin va boshqalar) muhim vazifani bajaradi.

2.  Katalitik funksiya -  organizmdagi biokatalizatorlar -  fermentlar 

oqsil  tabiatiga  ega  va  barcha  biokimyoviy  reaksiya  sodir  boiishini 

boshqaradilar, ya’ni reaksiyalar tezligini m aium  tartibda borishiga va 

boshqarilishiga imkon beradi.

3.  E n erg etik   fu n k siy a  -   o q silla r  oshqozon  ichak  trak tida 

p a rc h a la n ib , 

oddiy 


a m in o k islo ta la r 

shaklid a 

s o 'rila d i. 

Aminokislotalaming m aiu m  qismi oksidlanib energiya hosil qiladi.

4.  Transport  vazifasi.  O qsillar  suvda,  qonda  yaxshi  eriydigan 

xususiyatga ega va suvda, qonda erimaydigan moddalar bilan kompleks 

hosil  qilib  ulaming  eruvchanligini,  tashilishini  ta’minlaydi.  Masalan: 

qon  plazmasi  oqsili  albumin  yog‘  kislotalar,  lipidiar,  boshqa  oqsillar 

temir, mis,  vitamin, gormonlami nishon a’zolarga tashiydi.

5.  Qisqaruv funksiyasi -  mushak oqsillari tarkibiga kiruvchi aktin, 

miozin,  troponinlar  qisqaruv  qobiliyatiga  ega.  Bu  oqsillar  muskullar 

tarkibiga kirib mexanik ish bajarishda qatnashadi. Qisqarish funksiyasi 

sito sk e le t  oqsillariga  ham  xo sdir,  ular  hujayra  hayot  faoliyati 

jarayonlarini (mitoz jarayonida, xromosomalar ajralishida) ta’minlaydi.



1-jadval

Odamning a’zo va to‘qima!aridagi oqsillar miqdori

Oqsillar miqdori, %

Oqsillar miqdori, %

A’zo va 

to‘qimalar

Quruq

vazniga

nisbatan

Tanadagi

Oqsilning

Umumiv

miqdoridan

A’zo va 

to‘qima!ar

Quruq

vazniga

nisbatan

Tanadagi

oqsilning

umumiy

miqdoridan

Teri


63

11,5


B uyraklar

72

0 ,5



S uyaklar

(qattiq


to 'q im a )

20

18,7



O shqozon 

osti  bezi

47

0,1


T ishlar

(qattiq


to 'q im a )

18

0,1



H azm   qilish 

y o 'li


63

1,8


K o 'n d ala n g

ta rg 'il

m ushak

BO

34,7



Y og‘

to 'q im a s i

14

6 ,4


M iya  va 

nerv


to 'q im a si

45

2,0



Q olgan

to 'q im a la r:

Jig ar

57

3,6



suyuq

85

1,4



yurak

60

0,7



qattiq

54

14,6



o 'p k a

82

3,7



taloq

84

0,2



Butun

tan ad a


45

100


6.  Himoya  funksiyasi.  O rganizm ga  tushgan  begona  oqsillar, 

viruslar,  bakteriyalar  toksinlari  antigenlar  deb  hisoblanadi  va  ularga 

qarshi  himoya  oqsillar-antitelolar  hosil  b o iib   antigenlar bilan  birikib 

zararsizlantiradi. Qon plazmasidagi fibrinogen va trombin oqsillari qon 

ivishida  ishtirok  etib,  organizmni  turli jarohatlanish  sodir  b o ig an d a, 

qon yo'qotishdan  saqlaydi.

7.  Tayanch vazifasini bajaradi. Teri, suyak, timoq, soch, pay, tog'ay 

oqsillardan  tashkil  topgan  b o iib ,  inson  tanasida  tayanch  vazifasini 

bajaradi.

8.  Boshqaruv vazifasi. Ba’zi boshqaruv moddalar- gormonlar oqsil 

tabiatiga ega.  Masalan,  insulin gormoni,  yuqori  biologik aktiv  m odda 

b o iib , modda almashinuvini  boshqaruvida ishtirok etadi.

9.  Irsiy vazifasi. Irsiy axborotni saqlovchi xromosomalar murakkab 

oqsillar nukleoproteidlardan iborat.



Oqsillarning elementar tarkibi

Oqsillaming elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 50,6 -  54,5%, 

azot 15-17%, kislorod 21,5 -2 3 ,5 % , vodorod 6 ,5 -7 ,3 % , oltingugurt-

0,5% ni tashkil qiladi.  Oqsil molekulasida azot miqdori doimiy bo‘ladi 

v a o ‘rtacha 16%ni tashkil etadi.  Bu elementlardan tashqari oz miqdorda 

fosfor  temir,  rux,  mis,  m arganets,  magniy  va  yod  uchraydi.  Azot 

miqdoridan foydalanib plazmadagi oqsil miqdori aniqlanadi.  Oqsillar 

kislota, ishqor va ferment yordamida gidrolizlanganda aminokislotalar 

hosil bo ‘ladi.

Oqsillarning aminokislota tarkibi va aminokisiotalarning tasniii

Oqsillar tarkibiga 20 xil aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalar 

L -q a to r  a -a m in o k is lo ta la r  h iso b lan ad i.  O qsil  m o lekulasidag i 

aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1.  Strukturasi bo‘yicha aminokislotalar 3 sinfga bo'linadi: alifatik, 

aromatik va geterotsiklik.

2.  Elektrokimyoviy xossalari bo'yicha aminokislotalarni quyidagi 

u ch  sinfga  bo'lish  mumkin:  nordon,  neytral  va  asosli  xossaga  ega 

b o ‘lgan.

Zamonaviy ratsional aminokislota tasnifí radikallaming polyarligiga 

(R-guruhlar), ya’ni pHning fíziologik qiymatlarida suv bilan reaksiyaga 

kirish qobiliyatiga asoslangan (pH 7,0ga yaqin). Radikallami saqlovchi 

aminokisiotalarning 5 sinfi quyidagicha tafovut etiladi (2-jadval):

a) nopolyar (gidrofob);

b) polyar (gidrofil);

d) aromatik (ko‘pincha nopolyar);

e) manfiy zaryadlangan;

f) musbat zaryadlangan.

Nopolyar R-guruhlar

l

CH3-fCH-COOHI 



¡NH

2 __j


L-alanin

H-fCH-COOH I

11 

I

INH



j

 

|



i----------- 1

L-glitsin

L-prolin

L-izoleytsin



2-ja d va l

Radikallarning polyarligiga asoslangan aminokislotalarning tasnifl

Aminokislotalai

Qabul qilingan qisqartirishlar va bir 

harfli simvollar

M/In

Oqsillardag:



o‘rtacha

Ingl.


simvol

0 ‘zb.


miqdori, %

I. Nopolyar R-guruhlar

glitsin

Gly


G

Gli


75/5,97

7,5


A lanin

Ala


A

A la


89/6,02

9 ,0


Valin

Val


V

Val


117/5,9-!

6 ,9


Leytsin

Leu


L

Ley


113/5,9'/

7,5


Izoleytsin

He

I



He

113/5,97


4 ,6

Prolin


Pro

P

Pro



115/6,1<

4 ,6


II. Polyar, zaryadlanmagan R-guruhlar

Serin


Ser

S

Ser



105/5,68

7,1


T reonin

T hr


T

T re


119/6,53

6 ,0


Sistein

Cys


c

Sis


121/5,02

2 ,8


M etio n in

M et


M

M et


149/5,75

1,7


A sparagin

Asn


N

A sn


132/5,41

4 ,4


G lutam in

Gin


o

Gin


146/5,65

3,9


III. Aromatik R-guruhlar

F enilalanin

Phe

F

Fen



165/5,98

3,5


T irozin

Tyr


Y

T ir


181/5,65

3,5


T riptofan

Trp


W

T rp


204/5,88

1,1


IV. Manfiy zaryadlangan R-guruhlar

Asparagin  kislotasi

Asp

D

A sp



133/2,97

5,5


Glutamin kislotasi

G lu


E

G lu


147/3,22

6 ,2


V. Musbat zaryadlangan R-guruhlar

Lizin


Lys

K

L iz



146/9,74

7,0


A rginin

Arg


R

A rg


74/10,76

4 ,7


G istidin

His


H

G is


155/7,59

2,1


CHj-jCH-coOHj 

OH  ¡.NHj____ J

L-serin

CH2-¡CH-COOH¡ 





SH  [ N f t ____ J

L-sistein

O œ Ç -C H j-C H j-tC H -C O O H   I 

L-glutamin

NHj

с н 3-с н -| с н -с о о н |  



СН2-С Н г +СН-СООН I

¿H   [NH¡______I 

S -C H

3

 



¡ NH

2

____ I



o

=

c



-

c h


2+

c h


-

c o o h


I  I


NH

I NHj 



J

L-treonin 

L-metionin

Manfiy zaryadlangan  R-guruhlar

L-asparagin

HOOC-CH


j

-C H


j

+C H -C O O H  ¡

HOOC-CH,+CH-COOH

I  I


|NHj

L-glutamin  kislota

L-asparagin  kislota

M usbat zaryadlangan  R-guruhlar

CH

j

^ H



j

-C H


j

-C H


j

-JCH-COOH  I 

/— ^ C H 2-C H -C O O H   I

NH2


INH2

HN-v^N 


NHj

L-lizin


L-gistidin

HN

H,N



p.—


 —

 _ —


 —

 -, 


.C-N H -CH j-C H j-C H j-^CH -CO O H  

\

У

11

INH



2

L-arginin 

Aromatik  R-guruhlar

1“

'NHj



-C O O H  ; 

HO

L-fenilalanin



с н г-| с н -с о о н   I 

L-tirozin

NH

L-triptofan



CH,-teH-C00H  i 

1



[NHj 


I

Oqsillarda sanab o‘tilgan aminokislotalar turli miqdorda va ketma- 

ketlikda  uch raydilar.  Vaholanki,  b a ’zi  in d iv id u a l  o q silla r  bu 

aminokislotalaming barchasini saqlamasligi mumkin.  Ba’zi oqsillarda 

ko‘rsatilgan aminokislotalardan tashqari ulaming unumlari aniqlangan: 

oksiprolin, oksilizin, diyodtirozin, fosfoserin va fosfotreonin:



C H s-C H -lC H jU -C H -C O O H

I  I 

1

NHj  OH 



n h

2

Oksilizin 



Oksiprolin 

3,5-Diyodtirozin

OH

° H 


H2o 

^H 2 - o - p = o

+  [Й 0 -Р = 0  

C H -N H 2  

0H



I



O H  

C O O H


Fosfoserin

Oksilizin  va  oksiprolin  biriktiruvchi  to 'q im a  oqsili  kollagenda, 

diyodtirozin  esa  qalqonsimon  bez  gorm oni  strukturasining  asosi 

hisoblanadi.  Mushak  oqsili  miozinda  L-N -m etillizin;  protrombin 

tarkibida  y-karboksiglutam in  kislota,  g lu tatio n p e ro k sid aza d a 

selenotsistein bo'ladi:

Y

C H 2- ( C H 2)3- C H - C O O H   H O O C - C H - C H 2 - C H - C O O H  



C H 2- C H - C O O H  

С Н з- N H  

N H j 

C O O H  



N H j  

HSe 


NH 2

e-N-metillizirj 

Y-kartx)ksiglutamin 

selenotsistein



kislota

Qator  a-am inokislotalar,  oqsil  tarkibiga  kirm asa  ham  modda 

almashinuvida muhim  vazifalami  bajaradilar,  ularga omitin, sitrullin, 

gomoserin, gomotsistein, dioksifenilalanin va boshqalar kiradi.

3. 

Biologik  va  fiziologik  funksiyasi  b o 'y ic h a   aminokislotalar 



almashinadigan va almasha ohnaydigan sinflarga bo‘linadi.

Almashib  bo‘lmaydigan  aminokislotalar  inson  tanasida  boshqa 

moddalardan  sintezlanmaydi.  Ular asosan  oziq-ovqat  tarkibida  qabul 

qilinadi.  Bu  sinfga  quyidagi  8  ta  aminokislota  kiradi:  valin,  leytsin, 

treonin, lizin, metionin, izoleytsin, fenilalanin va triptofanlar.

Qisman almashadigan aminokislotalar inson tanasida kam miqdorda 

sintezlanadi.  Shuning uchun, bu aminokislotalami inson qisman oziq- 

ovqat  orqali  qabul  qilib  turishi  lozim.  Bu  aminokislotalarga  arginin, 

gistidinlar kiradi.

СН

2



- ЮН;

CH -N H 2

COO H

Ç ^ O O H



C H - C O O H

I  


N Hj

Almashinadigan  aminokislotalar  inson  tanasida  yetarli  darajada 

uglevod  va  boshqa  aminokislotalar metabolitlaridan  sintezlanadi.  Bu 

aminokislotalarsiz  inson  tanasida  biokimyoviy jarayonlar  uzoq  vaqt 

buzilmaydi. Bulargaglitsin, alanin, serin, sistein, prolin, sistin, asparagin 

va glutamin kislotalar kiradi. Aminokislotalar kimyoviyjihatdan amfoter 

elektrolitlar  deyiladi.  Suvda  eriganda eritmada  dipol  va  gidrat qobiq 

hosil qiladi.

Glitsindan  boshqa  hamma  aminokislotalar  optik  faol  moddalar 

b o iib , ular D, L-izom er holida uchraydi. Aminokislotalaming D va L 

izomerlari  fazoviy  izom er  boigani  sababli  moddaning  ko‘zgudagi 

ko'rinishiga o'xshash b o iad i.

D-qatordagi  am inokislotalar  oqsil  tarkibida  uchramaydi.  Ular 

antibiotik va bakteriya tarkibidan topilgan.

Hozirgi paytda aniqlanishi bo‘yicha,  barcha oqsillar molekulasida 

ayrim aminokislotalar k o ‘p miqdorda uchraydi. Masalan, prota’minda 

85% -  arginin, fibrinda -  50%  glitsin, kollagenda prolin, oksiprolin va 

lizinlar ko‘p miqdorda b oiadi.  Biokimyoda aminokislota atamalarini 

qisqartirib birinchi uch harfi bilan yozish qabul qilingan. Masalan: ala, 

gli, tri, liz, gis va hokazo.



Oqsillarning fizik-kimyoviy xususiyatlari

Oqsillarda o‘ziga xos  boigan eritmalaming yuqori yopishqoqligi, 

kam  diffuziya,  b o 'k ish   qobiliyati,  optik  faolligi,  elektr  maydonida 

harakatlanishi, past osmotik bosim va yuqori onkotik bosim, 280 nmda 

nurlami yutish kabi  fizik-kimyoviy xususiyatlari mavjud.

Oqsillarda  erkin  N H ,-  va  COOH-guruhlari  b o ig an lig i  sababli 

aminokislota kabi amfoterlik xususiyatiga egadirlar. Ular uchun kislota 

va asoslaming barcha xususiyatlari xosdir.  Muhit pHi, kislota va asos 

tabiatiga  ega  b o ig a n   aminokislotalaming  nisbatiga  bo g iiq   ravishda 

oqsillar eritmalarda m anfiy yoki musbat zaryadga ega b o iib , anod yoki 

katodga qarab harakatlanadilar. Ulaming bu xususiyatidan elektroforez 

usuli  bilan  oqsillami  ajratishda  foydalaniladi.  Shuningdek,  oqsillarda 

gidrofil xususiyatlari  ham mavjuddir.

Oqsillarning molekulyar massasi

Oqsillar yuqori molekulali biopolimerlar b o iib , molekulyar massasi 

6  mingdan  bir  necha  milliongacha  boiib,  ular  oqsil  strukturasidagi 

polipeptid zanjirlaming  soniga bogiiq.



O qsillarning  m assasi  turli  usullar  bilan  aniqlanadi.  Masalan, 

ultratsentrafugirlash,  gelfiltratsiya  va  elektroforez  usullari.  Ayrim 

oqsillarning molekulyar massasi quyidagicha daltonlarga teng bo‘ladi:

3-jadval

Ba'zi oqsillarning molekulyar massalari

Ribonuklaza

13700

Mioglobin



176600

Qon zardobi albumini

69000

Qon zardobi globulini



176000

Inson fibrinogeni

450000

Aktomiozin



5000000

Nukleoproteid TMV

40000000

Massa  birligi  dalton  (Da)  vodorod  atom  massasiga  to‘g‘ri  keladi 

(1,0000).  Massa birligi kilodalton (kDa)  1000  daltonga to‘g‘ri keladi. 

Ko‘pchilik oqsillarning massasi  10 dan  100 kilodaltonga tengdir.

Bir necha ming  oqsillarning  aminokislota  tarkibi  va ketma-ketligi 

aniqlangan.  Shuning  uchun,  ulaming  m olekulyar  og‘irligini  yuqori 

aniqlik  b ilan   to p ish   m um kin.  O q sillar  m o le k u ly a r  o g ‘irligini 

sedim entatsion  analiz  usuli  bilan  aniqlash  ultratsentrifugalarda 

o‘tkaziladi, bunda 200000 dan ortiq, ya’ni yer tortish kuchidan yuqori 

markazdan  qochuvchi  tezlanishni  (g)  hosil  qilish  mumkin  bo‘ladi. 

Odatda,  molekulyar  o g ‘irlikni  oqsil  molekulasining  sedimentatsion 

tezligi  yoki  sedimentatsion  muvozanati  b o ‘yicha  hisoblab  topadilar. 

Molekulalaming markazdan periferiyaga siljishi davrida erituvchi-oqsil 

o‘rtasidakeskin chegara hosil bo‘ladi (avtomatik aniqlanadi). Erituvchi 

va oqsilning optik xususiyatlaridan sedimentatsiya tezligini aniqlashda 

foydalaniladi va u sedimentatsiya konstantasi S bilan belgilanadi, oqsil 

zarrachasining massasi va shakliga bogiiq:

V

S = --------- ,

(D: .r

bunda, V -  erituvchi -  oqsil chegarasining tezligi, sm/s; co- rotoming 



burchak  tezligi,  rad/s;  r  -   rotor  markazidan  oqsil  eritmasi  solingan 

yacheyka o‘rtasigacha bo‘lgan masofa (5 m).



Sedimentatsiya konstantasi shartli ravishda birlik deb qabul qilingan 

va Svedberg (S) deb nomlangan. Ko'pchilik oqsillarning sedimentatsiya 

konstantasi  1-50  S  oralig‘ida  bo'ladi,  ba’zi  hollarda  bu  qiymat  100S 

dan ortiq bo‘lishi mumkin.

Molekulyar og'irlikni topish uchun sedimentatsiya konstantasidan 

tashqari  svedberg  tenglamasi  uchun  erituvchi  va  oqsilning  zichiigi 

haqida qo‘shimcha m a’lumotlar zarur:

R.T.s

M = --------------- ,



D(l-up)

Bunda  R  -   gaz  doimiyligi  erg  (mol.grad);  T  -  absolyut  harorat 

(Kelvin shkalasi bo'yicha); s -   sedimentatsiya konstantasi; p -  eritma 

zichiigi;  v -  oqsil molekulasining parsial solishtinna hajmi; D —

difïuziya 

koeffitsienti.

Ultratsentrifugalash  usuli  bilan  oqsillar  molekulyar  og‘irligini 

aniqlash  murakkab,  ko‘p  vaqt  va qimmatbaho  apparatlar talab  etadi. 

Shuning  uchun,  keyingi  yillarda,  2  ta  oddiy  usul  ishlab  chiqilgan 

(g e lx ro m a to g rafiy a  va  elektroforez).  G el-xrom atografiyadan 

foydalanganda  birinchi  navbatda  kolonkani  kalibrlash  zarur.  Buning 

uchun, sefadeksli kolonka orqali molekulyar og'irligi ma’lum bo'lgan 

bir  necha  oqsillar  o'tkaziladi  va  grafik  chiziladi,  bunda  molekulyar 

og'irlik logarifm ko'rsatkichlari ulaming  elyutsion hajmlari to‘g‘risiga 

joylashtiriladi, ulami  1 -rasmda ko‘rsatilganidek topiladi.

£■

V)

1



h

i

1

i



c

i


Yüklə 13,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin