Biotexnologiya


Transgen hayvon - bioreaktorlar



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141
720 (1)

Transgen hayvon - bioreaktorlar 
Dorivor oqsillar sintez qiluvchi organizmlar bioreaktorlar deyiladi. Istalgan tirik 
organizm (bakteriya, zamburug', o'simlik, hayvon va hattoki hujayra kul'turalari) 
bioreaktor bo'lishi mumkin. Har bir bioreaktor-organizmning afzallik va kamchiligi bor. 


Masalan, bakteriyalar gen muhandisligi usullari yordamida oson modifikatsiyalanadi, 
ular tez ko'payadi va ularni biotehnologiya sanoatida ishlatish qulay. Hozirda 
bakteryalar yordamida odam insulini ishlab chiqarilmoqda.
Biroq odam organizmida oqsillarning normal «ishlashi» uchun ular 
posttranslyatsion davrdagi o'zgarishlardan (atsetillash, fosforlanish, karboksillanish va 
bosq.) o'tishi lozim. Bunday o'zgarishlarni vujudga keltiruvchi biokimyoviy 
mehanizmlar prokariotlarda yo'q. Shu sababli prokariotlarda sintezlangan oqsillarning 
hammasi ham odam organizmiga to'g'ri kelavermaydi. Bundan tashqari, bakterial 
hujayradan dorivor oqsillarni ajratish va tozalash qiyin. Chunki hujayra qayta 
ishlanayotganda bizga kerakli oqsil bilan birga hujayraning boshqa elementlari ham 
ajraladi.
Transgen drojjilar kul'turasi va odam hujayralari kul'turasida yuqoridagi 
kamchiliklar yo'q. Ammo ularning mahsuldorligi past.
So'ngi yillarda biotehnologiya jadal rivojlanmoqda. Lekin farmakologiya uchun 
zarur bo'lgan dorivor oqsillar hali-hanuz donorlik qonidan olinmoqda. Masalan, 
fibrinogen, antitrombin, al'bumin, immunoglobulinlar va boshq. Agarda, odam uchun 
zarur bo'lgan sifatli va arzon dorivor oqsillar etarli darajada ishlab chiqarilganida, 
ko'plab bemorlarning hayotini saqlab qolish mumkin bo'lar edi. Shu kabi muammolarni 
hal etish bugungi kun tibbiyotining asosiy maqsadlaridan biridir. Shuning uchun inson 
salomatligi uchun zarur bo'lgan oqsillarni sintez qiluvchi produtsent-organizmlarni, 
ayniqsa transgen hayvonlarni yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni hal etish strategiyasi quyidagicha: 

sut bezlarida begona gen ekspressiyalanuvchi transgen hayvon yaratish; 

sut bezlaridagi begona gen «ishlab ketib» uning mahsuloti sut bilan ajralib chiqishi; 

sut bilan ajralib chiqqan mahsulotni tibbiy va boshqa foydali maqsadlarda ishlatish. 
Transgen hayvonni sog'ish jarayonida uning suti bilan birgalikda dorivor 
oqsillar ham sog'iladi. Bugungi kunga kelib nafaqat sigirlarni, balki echki, qo'y, 
cho'chqa, quyon va hattoki sichqonni ham sog'ish mumkin bo'lgan mehanik apparatlar 
mavjud. Transgen hayvondan sog'ilgan sut tarkibidagi dorivor oqsilni tozalash ham 
muammo bo'lmaydi. Mabodo, tozalangan oqsil tarkibida begona moddalar qolib ketsa, 
ular organizmga zarar qilmaydi. Chunki bu moddalar sutning bezarar oqsillari yoki 
boshqa moddalari bo'lishi mumkin. 
Hozirda transgen sichqonlar yordamida ularning suti orqali ba'zi bir oqsillar 
olinmoqda. Quyida ushbu olinayotgan oqsillar va ularning sutdagi kontsentratsiyasi 
berilgan: 

α
1
–antitripsin (mg/ml); 

interferon (ng/ml); 

qon ivish faktori IX (mkg/ml); 

zardob al'bumini (mg/ml); 



trofoblastin (mkg/ml); 

urokinaza (mg/ml); 

interleykin-2 (mkg/ml); 

superoksiddismutaza (mg/ml); 

turli immunoglobulinlar va boshqa oqsillar. 
Yirik transgen sut emizuvchi hayvonlar suti orqali olinayotgan oqsillar: 

quyonlar – interleykin-2 (ng/ml) va plazminogen aktivatori (mkg/ml); 

qo'ylar - α
1
-antitripsin (mg/ml) va qon ivish faktori IX (ng/ml); 

echkilar - plazminogen aktivatori (mkg/ml). 
Nega bu ro'yhatlarda sigirlar yo'q degan savol tug'ilishi mumkin? Dastlabki 
dorivor oqsillar 1990 yil transgen sichqonlardan olingan. Ohirgi yillarda boshqa yirik 
sut emizuvchilardan ham olindi. Sigirlardan dorivor oqsil olish uchun eng avvalo 
transgen sigir yaratish zarur. Transgen sigir yaratish uchun juda uzoq vaqt talab etiladi. 
Chunki, sigirlarning jinsiy etilishi 1,5-2 yoshga to'g'ri keladi. Homiladorligi 9 oy davom 
etadi. Dorivor oqsil esa F
2
avloddan boshlab sut bilan ajralib chiqadi. Qisqasi, transgen 
sigir yaratib, undan dorivor oqsil olish uchun 6 yildan ko'p vaqt ketadi.
Hozirda inson sog'ligi uchun muhim bo'lgan rekombinant immunoglobinlar 
sintez qiluvchi transgen hayvonlar yaratish ustida jadal ishlar olib borilmoqda. 
Yana bir o'rinli savol tug'iladi; insonni dorivor oqsillarga bo'lgan ehtiyojini 
qondirish uchun qancha transgen hayvon yaratish kerak? Masalan, butun Er shari 
aholisini qon ivish faktori IX ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ushbu oqsildan 85 
kg, qon ivish faktori VIII ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun esa bu oqsildan bor-
yo'g'i 7 kg olinsa kifoya qiladi. Agar 1 ta transgen sigir bir yilda 6000 litr sut bersa, 
shuncha sut tarkibida 6 kg dorivor oqsil bo'ladi.
Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, dunyo aholisini qon ivish faktori VIII ga 
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 1 ta yoki 2 ta transgen sigir, qon ivish faktori IX ga 
bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 15-20 ta transgen sigir, fibrinogenga (butun dunyo 
uchun yillik ehtiyoj 3 tonna) bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun 500 ta transgen sigir 
yasash kerak bo'ladi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin