Biotexnologiya


Transgen hayvonlarni o'rganish asosida gen terapiyasi usullarini



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141
720 (1)

Transgen hayvonlarni o'rganish asosida gen terapiyasi usullarini 
ishlab chiqish 
Bir qarashda «terapiya» va «transgen tehnologiyalar» atamalari bir-biriga 
mutlaqo begonadek tuyuladi. Aslida unday emas. Bugungi kunda transgen 
tehnologiyalar asosida tibbiyotning yangi yo'nalishi – gen terapiyasi vujudga keldi. 
Inson genomi bilan ishlanayotganda mutahassisdan juda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. 
Biroq o'ta og'ir kasalliklar bilan og'rigan bemor hayotini saqlab qolish uchun ba'zida 
genomga o'zgartirishlar kiritishga to'g'ri keladi. Olimlar, masalan, saraton, OITS kabi 
kasalliklarni davolash keyinchalik transgen tehnologiyalar yordamida amalga oshiriladi 
deb umid qiladilar.
Gen terapiyasida somatik transfektsiya usulidan foydalaniladi. Bunda bemor 
organizmining ma'lum bir hujayra va to'qimalariga genetik kontruktsiya kiritiladi.
Amerika sog'liqni saqlash assotsiatsiyasi keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, 
AQSHda birgina 1999 yilning o'zida 200 ga yaqin genoterapevtik ishlanmalar klinik 
oldi sinovlariga ruhsat etilgan. Genoterapevtik ishlanmalar boshqa davolash usullari 
kabi transgen hayvonlarda sinovdan o'tkazilmoqda.
Transgen hayvonlar – inson organlari manbai 
Bu fantastik loyihani bajarish ancha murakkab. Lekin dolzarbligi juda yuqori. 
Chunki butun dunyoda donorlik organlariga talab katta. Ko'plab bemorlar ularga buyrak 
yoki yurak ko'chirib o'tkazishlari uchun navbat kutadilar. Lekin navbatlari etib 
kelgunicha hayotdan ko'z ymadilar. Balki ushbu muammoni transgen hayvonlar 
yordamida hal qilish mumkindir degan fikrlar ham yo'q emas. 
Bemorga hayvon organini to'g'ridan-to'g'ri ko'chirib o'tkazib bo'lmaydi. Sababi, 
bemor immun tizimi begona organga qarshilik ko'rsatadi. Ushbu holatni oldini olish 
uchun transgen cho'chqa yaratish lozim. Yaratilgan cho'chqaning begona organga 
qarshilik ko'rsatuvchi genlari nokaut qilingan bo'lishi kerak. Nokaut qilingan genlarni 
o'rniga odamning begona organga qarshilik ko'rsatuvchi genlari kiritiladi.



Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin