T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
130
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi qabul qilin-
gan
strategiyasida, respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini
30 mlrd. AQSh dollariga yetkazish, xususiy sektorning YaIM dagi ulushini 80 % ga, eksportdagi ulushini 60
% ga yetkazish mo‘ljallangan. Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va
mashhur brendlarni jalb qilish, iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm fan
muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari o‘rganildi.
2
Kichik biznes subyektlarining davlat tomonidan bunday qo‘llab-quvvatlanishi xorijiy tadbirkorlar xalqaro
bozorlarda katta raqobat ustunligiga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda kichik biznes subyektlari
mahsulotlarining 25.0 % dan ko‘prog‘i xalqaro bozorlarda raqobatbardosh hisoblanadi va bu salmoq yil sayin
muttasil ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda jahondagi eksport hajmining deyarli uchdan bir qismi kichik
biznes subyektlari ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, AQShda kichik biznes subyektlarini
davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash tizimida eksportga yo‘naltirilgan kichik firmalarga alohida e’tibor beriladi. Ushbu davlatda
231 mingtaga yaqin kichik firma o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarda realizatsiya qiladi. Kichik biznes subyekt-
lari hissasiga mamlakat eksportining 30.0 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi.
Eksportni kengaytirishni davlat strategiyasi AQShning Savdoni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi
tomonidan ishlab chiqiladi va unda yuqori texnologiya va fan sig‘imiga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish
va xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan kichik firmalarni qo‘llab-quvvatlash markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu
qo‘mita tomonidan 2035 yilga borib kichik biznes subyektlarining mamlakat eksporti hajmidagi ulushini hozirgi
30,0 % dan 50% ga yetkazish strategik rejalari ishlab chiqilgan.
Eksportga yo‘naltirilgan kichik firmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun, ayniqsa, Kichik biznes ma’muriyati katta
imkoniyatlarga ega. Ushbu ma’muriyatning kichik korxonalarning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga uslu-
biy, texnikaviy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatishga da’vat etilgan Xalqaro savdo departamenti tashkil
etilgan. Departament tomonidan “Xalqaro savdo uchun kreditlar” dasturi ishlab chiqilgan.
3
Kichik biznes rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida, ayniqsa innovatsion rivojlanishda muhim o‘rin tutadi.
Kichik biznesning ko‘plab vazifalari qatorida uning innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga moyilligini alohida
ko‘rsatish mumkin. Ma’lumki, innovatsiya (ingl. “innovation” – yangilik) – faoliyatda yangi texnologiya, mahsulot
va turli xizmatlar, ishlab chiqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv ko‘rinishidagi yangiliklarning qo‘llan-
ilishini anglatadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda innovatsiyalarning nisbatan oson joriy etilishini, birinchidan, kichik
biznesda iqtisodiy faoliyat ko‘lamining ixchamligi unda innovatsion yondashuvlarni amalga
oshirishning nis-
batan qulayligi va kam xarajat talab etishiga imkon yaratadi. Kichik biznes korxonalari tashkiliy va boshqaruv
tuzilmasining soddaligi innovatsiyalarni joriy etish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish jarayonlarining nisbatan
qisqaligini ta’minlaydi. Uchinchidan, sohada mulkchilik yakka shakllarining ustuvorligi innovatsiyalarni joriy
etishdan manfaatdorlikning kuchli bo‘lishiga olib keladi. Masalan, ishlovchilar soni 1000 kishidan kam bo‘lgan
AQSh kompaniyalarida 10 ming kishi band bo‘lgan firmalarga qaraganda yirik texnik yangiliklarni 17-marta
ko‘proq ishlab chiqiladi.
4
Kichik innovatsion biznesga ahamiyat bersak, AQSh kichik innovatsion firmalarida
ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatlarning samaradorligi yirik korporatsiyalarga nisbatan
4 baravar yuqori. Bundan tashqari, kichik innovatsion biznes 1 nafar ishchiga to‘g‘ri keluvchi innovatsiyani yirik
biznesga nisbatan 2.5 baravar ko‘proq yaratib, bir yil muddatga tezroq amalga oshiradi. Ayni paytda buning
uchun mablag‘larni 75 % ga kamroq sarflaydi.
5
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Kichik biznes subyektlari eksport salohiyatini oshirishda innovatsiya va raqamlashtirish uchun xorij tajri-
basidan foydalanishni tadqiq qilishda tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, iqtisodiy-statistik umumlashtirish, tahlil va
sintez, qiyosiy va omilli tahlil, jadval kabi usullardan foydalanilgan.
A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Kichik biznes subyektlarini eksport salohiyatini oshirish va ushbu soha uchun
innovatsiya va raqamlash-
tirishning ahamiyati va zururligi har bir korxonada muhim hisoblanadi. Shu munosabat bilan mavzu doirasida
eksport salohiyati tushunchasiga ko‘plab iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlari va fikrlari ko‘rsatib o‘tilgan.
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi
28.01.2022-yildagi PF–60 farmoni https://lex.uz/docs/5841063
3
Abduraxmanova G. Q. Kichik biznesda aholini ish bilan ta’minlash. –T. : “Iqtisodiyot”–2014. 114-b.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017. https://president.uz/uz/lists/
view/1371
5
Yusupov B. O‘zbekistonda innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda kichik tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish. TDIU mustaqil tad-
qiqotchi “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnal. №2-aprel, 2018-yil. www.interfinance.uz
131
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
1. Eksport salohiyatini ko‘p bosqichli o‘rganishga qaratilgan yondashuvlar, ular eksport faoliyatining bar-
cha darajadagi subyektlari – mamlakat iqtisodiyoti, alohida tarmoqlar, korxonalar, tovar va xizmatlarni
o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin. Ushbu yondashuv A. I. Volkova va I. A. Karachevning nuqtayi
nazarini
o‘z ichiga olib, unga ko‘ra “eksport salohiyatini tahlil etishda uchta daraja makrodaraja, mezodaraja va
mikrodarajadagi salohiyatni ko‘rib chiqishni taklif etadi”. Shuningdek, ushbu yondashuvlar doirasida
ichki omillar (eksport qilinadigan tovarlarning raqobatbardoshligini belgilovchi mikrodarajaviy omillar)
va tashqi (makro va mezodarajaviy omillar) ajratiladi. Ular birgalikda iqtisodiy subyekt potensialining
raqobatbardoshligini tavsiflaydi.
6
2. Eksport salohiyati resurslar va imkoniyatlar yig‘indisi sifatida ifodalanadigan yondashuvlar. Ushbu yon-
dashuvlar sanoat tarmog‘i yoki korxona darajasiga ko‘proq mos keladi. Masalan, M. S. Sichev tomoni-
dan eksport salohiyati quyidagicha bayon etilgan: “eksport tovarlarini ishlab chiqarishda ishtirok
etuvchi
turli xil resurslarni (tabiiy, mehnat, moddiy, moliyaviy, axborot va ulardan samarali foydalanishni (asosiy
omil sifatida) ifodalovchi ichki salohiyat; tashqi salohiyat – subyektning marketing, logistika, xizmat
ko‘rsatish faoliyatida, tovarni sotish jarayonida namoyon bo‘luvchi imkoniyatlari va qobiliyatlaridir”.
7
TA H L I L VA N A T I J A L A R .
Eksportga yo‘naltirilgan kichik firmalarni axborotlar bilan ta’minlash, maslahatlar berish, uslubiy qo‘llab-quv-
vatlash uchun AQShda ko‘p miqdorda elektron tarmoqlar amal qiladi. Shu jumladan:
●
eksport tavakkalchiliklarini baholash va tahlil etish tizimi;
●
eksportni texnikaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
sheriklik;
●
eksportchilarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash axborot tarmog‘i;
●
eksportchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha sayt;
●
savdo vositachiligi sayti;
●
amaliy maslahatlar federal sayti;
●
eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi va boshqalar.
Eksportga yo‘naltirilgan kichik korxonalar davlat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanayotganliklari
uchun ham AQShda bunday firmalar soni yiliga 10,0–12,0 %ga ularning eksport hajmi esa, 18,0% ga ortib
bormoqda.
8
Kichik biznes xizmati tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga moliyaviy yordam
ko‘rsatadi. Uning kafolatlari asosida mamlakat barcha banklari tomonidan eksportga yo‘naltirilgan kichik firma-
larga 2 yildan 10 yilgacha muddatga 5,0 ming funt sterlingdan 100,0 ming funt sterlinggacha (ikki yil davomida
muvaffaqiyatli tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotganlar uchun esa 250,0 ming funt sterlinggacha kredit
ajratiladi. Ushbu ko‘rsatkichni rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, kichik biznesning YaIMda-
gi ulushi Fransiyada 62 foizni, Italiyada 60 %ni, Yaponiyada 55 foizni, Germaniyada 54 foizni, Buyuk Britaniya-
da 53 foizni, AQShda 52 foizni, Qozog‘istonda 25,6 foizni, Rossiyada 20,0 foizni tashkil etadi.
9
Bu ko‘p jihatdan yirik korporatsiyalar uchun xamma narsani o‘z kuchi bilan ishlab chiqarish manfaatli
bo‘lmay qolganligi bilan izohlanadi. Ular o‘zlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan
kichik biznes tuzilmalari bilan autsorsing va subkontrakting shartnomaviy aloqalar asosida hamkorlik qilmoqda-
lar. Ayni paytda yirik kompaniyalar kichik firmalarni mashina-uskunalar, xom ashyo, materiallar bilan ta’minlash-
da yordam ko‘rsatadilar, yangi texnologiyalarni joriy qilishga ham yordam beradi.
Mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus tashkilotlar tuzilgan. Ularning eng yetakchisi
Fransiya tadbirkorlarining xarakati hisoblanadi. Bu xarakatga 400 nafar tarmoq federatsiyasini birlashtirgan
kichik biznes konferensiyasi ham kirgan.
2017-yilda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri raqamli asrda
kichik korxonalarning raqobatbardoshligi va innovatsion salohiyatini oshirish bo‘ldi. 1-jadvalda ushbu yo‘nalish-
da ko‘rib chiqilgan asosiy ustuvorliklar keltirilgan.
2017-yilda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri raqamli asrda
kichik korxonalarning raqobatbardoshligi va innovatsion salohiyatini oshirish bo‘ldi. 1-jadvalda ushbu yo‘nalish-
da ko‘rib chiqilgan asosiy ustuvorliklar keltirilgan.
6
Волкова А. И., Карачев И. А. Факторы роста экспортного потенциала малого инновационного предприятия // Вестник
Финансового университета. – 2016. – № 6. – С. 31–38.
7
Сичев М. С. Развитие методического обеспечения анализа и оценки экспортного потенциала предприятия: дис. … канд. экон.
наук. – Йошкар-Ола, 2012. – 156 с.
8
Abduraxmanova G. Q. Kichik biznesda aholini ish bilan ta’minlash. – T. : “Iqtisodiyot” –2014. 114-b.
9
Internet ma’lumotlari.