Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə15/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

BOG'LOVCHI
Gapning uyushiq bo'laklari va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so'zlarga bog'lovchilar deyiladi: Olma, o'rik vagilosgulladi. Ukeldi lekin indamadi. Havo bulut, lekin yomg 'ir yog 'madi.
Ma'no va vazifalariga ko'ra bog'lovchilar 2 xil bo'ladi:
l.Teng bog'lovchilar
2.Ergashtiruvchi bog'lovchilar
Teng bog'lovchilar - uyushiq bo'laklarni hamda, bog'langan qo'shma gap qismlarini ya'ni teng huquqli qismlarni bog'laydi. Yuqoridagi bog'lovchilar teng bog'lovchilardir. Ular 4 xil:
l.Biriktiruv bog'lovchilari
2.Zidlov bog'lovchilari
3.Ayiruv bog'lovchilari
4.Inkor bog'lovchilari
Biriktiruv bog'lovchilari- va, hamda, ham - sof bog'lovchilardir; -da, -u, -yu, bilan vazifadosh bog'lovchilardir. -da, -u, -yu - yuklama ~ bog'lovchilar; bilan — ko'makchi - bog'lovchilardir: Opam bilan singlim keldi — bog'lovchi; Opam singlim bilan keldi — bogiovchi emas, ko'makchi.
Zidlov bog'lovchilari- ammo, lekin, biroq, balki: havo bulut, lekin yomg'ir yog'madi. U o'qidi, lekin tushunmadi.
-u, -yu vazifadosh zidlov bog'lovchisidir: Qo'ng'iroq chalindi-yu, dars boshlanmadi .Balki — vazivadosh bog'lovchi bo'lib, gapda ba'zan modal so'z? ba'zan zidlov bog'lovchisi sifatida qo'llanadi. Qiyos qiling: Bu xabar unihayron qoldirmadi, balki shodlantirdi. Balki, bugun yomg'ir yog 'ar.
Aviruv bog'lovchilari- goh, dam, ba'zan, bir — doim takrorlanib qo'llanuvchi bog'lovchilardir. Yo, yoki - sodda va takror holda qo'llanuvcr bog'lovchidir: Dam musiqa yangraydi, dam kulgi eshitiladi. Bir menga bir do 'stiga qaraydi. Ayiruv bog'lovchilari galma-galdan yuzaga keladiga-voqea-hodisalarni ko'rsatadi.
Inkor bog'lovchilari- na ...na. Uyushiq bo'lak va gaplarni inkor ma'nosini yuklagan holda bog'laydi: na o 'qidi, na yozdi. Bunda gapning kesimi tasdiq, shaklida bo'ladi. Na bog'lovchisi inkor ma'nosini ifodalaydi: Na eshikni, na derazalarni ochdi.
Ergashtiruvchi bog'lovchilar- tobe. hokim qismlarni, o'zaro tobe munosabatda bo'lgan gap bo'laklari va gaplarni bog'laydi: Hunar o'rgan chunki hunarda sir ko'p. Ular 3 xil.
1. Aniqlovchi bog'lovchilar — ki, ya 'ni

  1. Sabab bog'lovchilari - chunki, toki

  2. Shart bog'lovchilari — basharti, agar, garchi.

YUKLAMAIAR
Ayrim so'zga yoki gapga qo'shimcha ma'no yuklash uchun qo'llanadi: Bugun darsga kelding-mi? Topshiriqni bugunog bajaring!
Yuklamalarning quyidagi turlari mavjud:

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin