Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. O‘yin qanday turlarga bo‘linadi? 
2. Ijodiy va qoidali o‘yin turlari haqida fikr bildiring
3. Syujetli-rolli, sahnalashtirilgan, qurish-yasash, didaktik o‘yinlarga 
misol keltiring. 
4. O‘yin MTMlarda qaysi paytlarda o‘tkaziladi? 
5. O‘yinchoq1arga qanday talablar qo‘yi1adi? 
6. Harakatli o‘yinlar qachon rejalashtiriladi? 
7. Hozirgi pedagogik adabiyotlarda o‘yinchoqlar qanday turlarga 
bo‘linadi?


210 
XII. MODUL. QOIDALI O‘YINLAR BOLAGA TA’LIM 
BERISH SHAKLI SIFATIDA 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
qoidali o‘yinlar, asrlar 
davomida, didaktik o‘yinlar, ta’lim-tarbiya vositasi, amaliy faoliyat, 
sofdillik, rostgo‘ylik, tevarak-atrof, hayotiy tajriba, o‘yin 
texnologiyasi 
XII. 1. Qoidali o‘yinlar. Didaktik o‘yin turlari 
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun 
yaratgan o‘yinlari va bolalarning o‘zlari yaratgan ba’zi o‘yinlari 
mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o‘tib kelgan va xalq 
og‘zaki ijodining o‘ziga xos shakliga aylangan. Qoidali o‘yinlar
 
MTMda ta’lim-tarbiya vositasi sifatida keng qo‘l1aniladi.
Qoidali o‘yin ta’lim bilan bevosita bog‘1iqdir. Ularning har biri 
bola shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi, biroq o‘yinning u yoki bu turiga 
mansub deyish uning asosiy tarbiyaviy ta’siriga ko‘ra aniqlanadi. 
Masalan: “Oq terakmi ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak” harakatli 
o‘yinida bolalardagi chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari 
rivojlanadi. 
Didaktik o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlarning muhim elementi 
qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o‘yin mazmunini amalga 
oshirishni ta’minlaydi. Didaktik o‘yin ta'lim bilan bevosita bog‘1iq 
bo‘lib, unga yordam beradi. 
Didaktik o‘yin-bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va 
imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodidir. Tajribali 
tarbiyachi bu o‘yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, lıar xil 
rejalar, vazifalarni qo‘rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi. 
Didaktik o‘yinni amalga oshirishda har doim g‘oyaviylik prinsipiga 
asoslanish kerak. Didaktik o‘yin tarbiyachining vazifa hamda 
maqsadlariga muvofiq kelishi lozim. 
Didaktik o‘yinlar bolalarning birgalikda o‘ynab, o‘z manfaatlarini 
jamoa manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishi, bir-biriga ko‘mak-
lashish va o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan xursand bo‘lishi kabi yaxshi 
munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. O‘yinlar shaxsning 
sofdillik, rostgo‘ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi. 
Didaktik o‘yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki 
unda bolalar mashg‘ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu 
nuqtayi nazardan qaraganda, olgan bilimlaridan har xi1 usulda 
foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday 


211 
o‘yinlarga kichik bolalar uchun “Rangiga qarab top”, “Shakliga qarab 
top” kabi o‘yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Katta guruh bolalari uchun “Ishchilar nimalar va qanday ishlarni 
bilishadi?”, “Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?”, “Kim ko‘proq 
narsalarning nomini ayta oladi?” va boshqa o‘yinlarni ko‘rsatish 
mumkin. 
Didaktik o‘yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini 
mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va 
mashg‘u1ot1arda olgan bilimlarni amalda qo‘1lay olishga o‘rganadi, 
ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarni, sensor jarayonni 
rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi. 
Didaktik o‘yinlar ta’liın jarayonini yengilroq va qiziqarliroq 
qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o‘yinda amalga 
oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi 
o‘zlashtiradilar Didaktik o‘yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy 
rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda o‘yin elementlari qancha 
ko‘p bo‘lsa, bolalarga u shııncha quvonch bag‘ishlaydi. 
Didaktik o‘yinning muhim tomoni – uni o‘tkazishdan ko‘zda 
tutiladigan g‘oyadir. O‘yin g‘oyasi bolalarda o‘yinga qiziqish 
uyg‘otadi, ko‘pincha bu g‘oya didaktik o‘yinni boshlashga sababchi 
bo‘ladi. Masalan, “Xaltachada nima bor?”, yoki “Kim qanday 
qichqiradi” va shunga o‘xshashlar. 
Har bir didaktik o‘yinda o‘yin mazmuni, g‘oyasidan kelib 
chiqqan qoidalar bo‘1adi. Unda qoidaning mavjudligi harakat 
o‘ynalishini yoki o‘yinning borishini belgilab beradi, bolalarning 
xulqini, o‘zaro bir-biriga bo‘lgan munosabatini boshqarib, kerak 
tomonga o‘ylantirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi 
o‘lchovdir. 
Didaktik o‘yinda amal qilinadigan qoidalar o‘yin harakatlarining 
to‘g‘ri-noto‘g‘riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon 
hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisbatan “U o‘yin qoidasini 
buzib o‘ynayapti”, – deyishlarining o‘zi ularning o‘yin qoidalariga 
qandaydir o‘zgartirib bo‘lmaydigan qonundek munosabatda bo‘lish-
larini ko‘rsatadi. 
Bolalarning o‘yin qoidalarini o‘rganib olishlari va ularga rioya 
qilishlari, ularda mustaqillikni, o‘yin jarayonida o‘zini-o‘zi, o‘zaro 
bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi. 


212 
O‘yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va tarbiyachi 
nuqtayi nazaridan baholash lozim. 
Agar o‘yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, unda 
bu o‘yindan bolalar qanday ma’naviy va axloqiy ozuqa olganlarini 
hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish bolalardan ma'1um 
darajada zo‘r berishni, ya’ni ularning aqliy faoliyatiga talabni 
kuchaytiradi. 
Bolalar fahm-farosatlari, topag‘onlik1ari, diqqat va xotiralarini 
namoyish qiladilar. Bularning hammasi bolalarning o‘z kuchiga 
ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi bilan to‘1diradi, ular 
bundan ma’naviy qoniqish hosil qiladilar. Didaktik o‘yinning 
natijasini muhokama qiladigan tarbiyachi quyidagilarga e’tibor berishi 
lozim: qo‘yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat 
bajarildimi, shu ko‘zlangan nuqtayi nazardan ma’lıım natijalarga 
erishildimi yoki yo‘qmi. 
Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya’ni bir 
tomondan, bolalarda qiziqish uyg‘ota olsa va ular faoliyatini amalga 
oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan, qo‘yilgan hamma maqsad, 
vazifaga erishilsa, bunday o‘yin yaxshi natija beradi, deb hisoblash 
mumkin. 
O‘yin qatnashchilarini rag‘batlantirish, maqtash, yaxshi 
qatnashganlari uchun yetakchi rolni berish, ba’zan esa shu o‘yinda 
foydalanilgan o‘yinchoqni o‘ynashga berish yoki mevalarni yeyishga 
berish mumkin, ammo bolalar bunday ınukofotlarni olaman deb har 
qanday yo‘l bilan bu ishga intilishlariga yo‘l qo‘ymas1ik kerak. 
O‘yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O‘yin harakatlari 
xilma-xil ishlarda: narsalarning joyini almashtirish, yig‘ishtirish, 
ularning rangiga, katta-kichikligiga, shakliga qarab bir-biridan 
ajratish, tanqidiy harakatlar va lıokazolarda namoyon bo‘1adi. Katta 
bolalarning o‘yin harakatlari esa murakkabroqdir: bu o‘yin harakatlari 
bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati 
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish bo‘lishini, harakatlarning izchillik va 
navbati bilan amalga oshirilishini talab etadi. 
O‘yin natijasi didaktik o‘yinning muayyan natijasi bo‘ladi, natija 
esa o‘yinning finali hisoblanadi. Masalan: topishınoqlarni topish, 
berilgan o‘yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni namoyon qilish 
kabilar o‘yin natijasi bo‘lib, ularni bolalar erishilgan muvaffaqiyat deb 
tushunadilar. O‘yin mazmuni, g‘oyasi, harakatlari va qoidalari o‘zaro 


213 
bir- biri bilan bog‘1angan bo‘lib, hatto ulardan birortasi bo‘lmasa ham 
o‘yinni o‘tkazib bo‘lınaydi. 
Didaktik o‘yinning o‘yin faoliyati sifatidagi o‘ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o‘zaro munosabatlari 
o‘yin tarzida bo‘ladi. Tarbiyachi o‘yin qatnashchisi yoki uning 
tashkilotchisi bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha o‘yin mazmuni bilan 
belgilanadigan va o‘yin harakatlari talab etadigan biron-bir rolni 
bajaradilar. Masalan, “Magazin” o‘yinida bilish mazmuni shundan 
iboratki, xaridor bolalar o‘zlari sotib oladigan narsalarning belgilarini 
aytishlari, sotuvchi bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini 
xaridor aytgan belgilar boryicha bilib olishlari kerak. O‘yin 
kuzatuvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat 
qiladi. O‘yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko‘rib 
chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. 
O‘yin qoidalari xaridorning oladigan narsasini tanlab olish, sotuvchiga 
xushmuomala bo‘lishi, oladigan buyumni tasvirlab berishi, uni har 
tomonlama ko‘rib chiqish va boshqa buyumlar bilan taqqoslashi, 
belgisini aytish va pul to‘Iashidan: sotuvchilarning vazifasi esa xaridor 
gapirganda ularni zo‘r e’tibor bilan tinglash, so‘zlarini bo‘lmaslik, 
so‘ragan buyumlarni olib, qog‘ozga o‘rab berishdan iborat bo‘ladi. 
Ko‘pincha didaktik o‘yinlar bolalarning bilimiga biron-bir 
yangilik kiritmaydi, ammo ularni o‘z bilimlarini yangi sharoitda 
ishlata bilishga o‘rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy faoliyatning 
turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab etadi. Masalan, 
“Ajoyib xaltacha” o‘yinida bolalarga o‘zlariga tanish bo‘1gan 
o‘yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa 
bola o‘yinchoqni boshdan – oyoq yaxshilab ko‘zdan kechirishi va 
uning o‘ziga xos begilarini eslab qolishi kerak bo‘ladi. 
Didaktik o‘yinning mazmuni va turlari. Didaktik o‘yinning 
mazmuni “MTM ta’lim-tarbiya dasturi”da bayon qilingan va 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
A) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va ishlatilishi 
to‘g‘risida bilimlar berish; 
B) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli to‘g‘ri-
sidagi bilimlar; 
V) 
tabiat 
voqealari, narsalar, buyumlar, yil 
fasllari to‘g‘ri-
sidagi bilimlar; 


214 
G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl vaqt 
va fazoviy tushunchalar berish. 
Didaktik o‘yinlar ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, 
turli bolalar bog‘chasining ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh 
guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh guruhning o‘ziga xos 
ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e'tiborga olgan holda didaktik 
o‘yinning tutgan o‘rni va vazifasi, mazmuni, o‘tkazish uslublari 
belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘1gan bolalar 
bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlardan asosiy maqsad — bolalarni 
ranglarni bir- biridan farqlash va nomini aytishga o‘rgatish, har xi1 
o‘lcham1ar (katta, kichik), shakllarni (sharcha, kubcha), bilishga, 
ko‘rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o‘stirishga 
yorda beradi. Masalan, "Juft kartochkalar”, “Kattalar va kichkinalar”, 
“Qo‘g‘irchoqni 
sayrga 
olib 
chiqish 
uchun 
kiyintiramiz”, 
“Qo‘g‘irchoqni cho‘miltiramiz”, “Bu nimaning ovozi?”, “Xaltachada 
nima bor?” va shunga o‘xshash o‘yinlar. 
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq 
qilishga o‘rgatish uchun musiqaviy didaktik o‘yinIar ham o‘tkazi1adi. 
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o‘yin1ar quyidagi maqsadlarda 
o‘tkaziladi: bolalarda didaktik o‘yinchoqlar bilan yakkama-yakka 
o‘ynash ko‘nikmasini rivojlantirish, Jamoa o‘yinlari tashkil etish; 
narsalarni faqat bir rangga qarab ajrata olish, katta-kichikligiga qarab 
farqlash; xalqachalarni va kubchalarni muntazam shaklda terib, 
ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to‘rt 
burchakli, olti burchakli kesma rasmlardan “Idish tovoqlarimiz”, 
“O‘yinchoq1ar” kabilarning tasvirini yig‘ish; narsalarni farqlash va 
nomini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish va hokazo. Musiqaviy – didaktik 
o‘yinlarda esa musiqa ovozlarining ba’zi bir xususiyatlarini farq 
qilishga o‘rgatish, qadam va yugurish ritmi (“Kim kelayotir”, 
“Sichqonlar yugurishayotir”) ovoz va cholg‘u asboblari tembrlarini 
(“Musiqaviy o‘yinchoqni o‘ylab top”, “Ovozidan bilib ol” ajrata 
bilishga o‘rgatish vazifalari ham hal etiladi. 
O‘rta guruhda didaktik o‘yinlar orqali bolalar eshitish, ko‘rish, 
sezish a’zolari yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun 
ishlatiladigan materialning xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi 
ko‘rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, guruhlarga ajratishni 
o‘rgatish vazifalari amalga oshiriladi. 


215 
Yana didaktik o‘yin davomida bolalar o‘rtaga qo‘yilgan masalani 
hal etishda sabr-matonatli bo‘1ishga, qiziquvchanlikka, diqqat-
e‘tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik o‘yin1ar orqali 
tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga, ritmiga, tembriga, 
dinamikasiga qarab bir-biridan farq qila olishga o‘rgatib boriladi. 
Katta guruhda didaktik o‘yinlar quyidagi vazifalarni hal etishni 
maqsad qilib qo‘yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir 
biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi kichik farqlarni (rangi, 
shakli, katta-kichikligi, materiallarni seza bilish, narsalarning 
joylanishidagi o‘zgarish1arni) aytib bera olish kabi sensor qobili-
yatlarni tarbiyalash; biron hayvon, o‘simlik, transport ta’rif-tavsif qilib 
berilganda, ularning nomini topa bilish malakasini o‘stirish, 
bolalarning umumiy tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga 
qarab guruhlarga bo‘lish qobiliyatini rivojlantirish, so‘z faolligini 
faollashtirish va to‘1dirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, 
mozaika va boshqalar) yasash malakasini o‘stirish. 
Musiqaviy didaktik o‘yinlar orqali tovushlarni bir-biridan farq 
qilishni o‘rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg‘u 
asboblari ovozining tembrini farq qilish (“Kim kuylayapti?” ajrata 
olish Shiqildoqli childirma”), ovozning dinamikasini (“tez, sekin 
kuylaymiz”) uchun foydalanish kabilar amalga oshiriladi. 
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o‘yinlar hamma yosh 
guruhlaridagi kabi alohida o‘rin tutadi va bu guruhda didaktik o‘yinlar 
orqali quyidagi ta’1im - tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi: 
bolalarda didaktik o‘yin1arga qiziqish uyg‘otish, har bir narsani 
bilishga havas, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy 
vazifalarni mustaqil hal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga 
narsalarni turkumlarga bo‘1ishda yordamlashuvchi o‘yinlarni, 
domino, mozaikaning har xil turlarini, shashka, sakrovchi bir 
yo‘lkalarni 
jumboq 
o‘yin1ar, 
og‘zaki 
o‘yinlar 
(“Dengiz 
to‘lqillanmoqda”, “Qora va oq”), ranglarni va ulardagi nozik 
ayirmalarni bir-biridan farqlashni o‘rgatadigan o‘yin1ar o‘tkazi1adi. 
Musiqaviy-didaktik o‘yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga 
diqqat bilan quloq solishga (“Tovushlarni takrorla”, “Ikki metalafonni 
galma-gal chalish” va h.k) ritmik shaklni gavdalantirib berishga (“O‘z 
ritmingni o‘ylab ol”, “Bolalar va filchalar”), dinamik farqlarni bir-
biridan ajratishga (”Ovchilar va quyonlar”) o‘rgatiIadi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin