Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


XI. 5. Sahnalashtirilgan o‘yinlar



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

XI. 5. Sahnalashtirilgan o‘yinlar 
Sahnalashtirilgan o‘yinlar ijodiy o‘yinlar sirasiga kiradi. 
Unga ijodiy o‘yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, 
roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa 
elementlarning uyg‘un1igi, bolalarning mustaqillik va o‘z-o‘zini 
uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o‘yin badiiy asar asosida 
quriladi: o‘yin syujeti, rollar, qahramonlarning hatti- harakatlari, 
ularning nutqi asar matniga ko‘ra belgilanadi. 
Sahnalashtirilgan o‘yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan 
olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini 
beradi. Bu o‘yin1ar bolalarda iroda, intizom, o‘z harakatlarini 
boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni 
tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni 
qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda 
badiiy asardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham, 
qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kirtilishi bilan bola 
asardagi rolga kirib, o‘sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga 
harakat qiladi. 


203 
Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his 
etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. 
Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish boladagi xayolni 
rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan 
ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinda badiiy 
asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab 
olinadi. 
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va 
qiziqishiga mos, tushunarli bo‘lib, bola unga kirishib ketgan 
taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to‘g‘ri aks ettiriladi. 
Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo‘yicha sahnalashtirilgan o‘yin 
o‘tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga 
yordam beradigan tayyorgarlik ishini o‘tkazishi kerak. 
Bu ish oldindan bir qator mashg‘u1ot va oryinlar o‘tkazish 
orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o‘yinga tayyorlanish uchun 
ma’1um bir vaqt ajratiladi va har bir mashg‘ulotda aniq masalalar hal 
etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she’r o‘qiyotib jonli nutqqa 
yaqinlashadi, bolalarga so‘zlarni, tovuslılarni qanday talaffuz etish 
kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan 
so‘zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz etishni 
talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o‘tkaziladigan 
har bir mashg‘ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar 
“Sholg’om”, “Bo‘g‘irsoq”, “Tulki, xo‘roz va quyon” kabi ertakni 
sahnalashtirishni juda sevadilar. 
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy 
rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon,
xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuv-
chilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. 
Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak 
qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. 
Har xi1 she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari 
manashunday o‘rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi bosqichlar 
bo‘yicha o‘tkazish mumkin: 
1-bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot 
tanlaganda quyidagi talabga rioya qilish kerak: 
Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko‘p bo‘1ishi 
kerak.Asarda mazmun yaxshi bo‘lib qolmasdan, harakatlarning xili 
ham ko‘p bo‘1ishi kerak. Asar ifodali o‘qislıga ınos kelishi shart. 


204 
Mazmuni qiziqarli bo‘lishi kerak. Asar bolalarning yoshiga mos 
kelishi kerak. 
2-bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki 
ertakning mazmunini o‘qib berish yoki qo‘g‘irchoq, soya teatrida 
ko‘rsatish orqali tanishtiriladi. 
3-bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni 
qayta o‘qib berish, postanovka ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, 
didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. 
4-bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun 
o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlab berish va shu bilan 
birga to‘g‘ri rahbarlik qilish kerak. Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta 
guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda bolalar 
bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko‘rsatadi. 
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar 
ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. 
“Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq” kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov 
guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina 
olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Sahna-
lashtirish o‘yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi. 
Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi 
asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining 
ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks 
ettirilgan asarlar tanlanadi. 
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga 
qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni 
yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, 
rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini 
yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar 
jonlantiriladi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin