Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Didaktik o‘yin turlari:


216 

Narsa va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlar 

Stol ustida qo‘yib o‘ynaydigan o‘yinlar 

Og‘zaki o‘yinlar 
Didaktik o‘yinda bolalar har doim o‘zlarini o‘ynayotgandek his 
etishlari kerak. 
Narsalar bilan o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlardan tarbiyachi 
bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan farq qiladigan 
xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari bilan tanishtirish vositasi 
sifatida foydalanadi. 
Bolalarning narsalar, ularning sifati to‘g‘risidagi bilimlarni 
mustahkamlash uchun har xil o‘yinchoq1ar, suratlar, uy-ro‘zg‘or 
buyumlaridan foydalaniladi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. 
“Xaltachada nima bor?” o‘yinning maqsadi, o‘yinchoq1arning 
nomlari bilan tanishtirish va bu o‘yinchoqlar to‘g‘risida bilimlarni 
mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. “Bu nima?” 
o‘yinida bolalar qo‘g‘irchoqqa har xil narsalar va ularning ishlatilishi 
to‘g‘risida gapirib beradilar. Bunday o‘yin guruhda, bog‘cha 
maydonchasida, uxlash xonasida o‘tkazilishi mumkin. 
Didaktik o‘yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning nomi 
va ular nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu 
narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda tutgan o‘rni haqida 
ham tanishtiradi. Har bir buyum va o‘yinchoq o‘zining aniq tashqi 
ko‘rinishiga ega bo‘lishi kerak, o‘yinda esa qo‘yi1gan maqsad 
narsaning asosiy belgisini ajrata bilishga imkon tug‘dirishi lozim. 
Bunday talabga xalq o‘yinlari o‘z shaklining aniqligi, rangining 
tiniqligi bilan ko‘proq javob bera oladi. Bolalarni o‘y1ashga, aqliy 
vazifalarni bajarishga undaydigan o‘yin1ar ham katta ahamiyatga ega. 
Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash va 
aniqlash uchun quyidagi o‘yinlar o‘tkaziladi: sharlarni rangiga qarab 
to‘plash, “Dumaloqni dumalatish", xalqachalarni ipga o‘tkazish, “Shu 
rangdagi dumaloqni dumalatish”, “Kimda mana bu rangdagi xalqacha 
bor”, “Kim mana bu rangdagi haltachani topa oladi” va h.k. 
Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to‘g‘risida 
tushunchalarni “Xaltachada nima bor”, “Nima o‘zgardi?“, 
“O‘yinchoqlar do‘koni”, “Qo‘g‘irchoqni kiyintiramiz”, “Bu nima?” va 
boshqa o‘yin1ar orqali aniqlash va mustahkamlash mumkin. 
Qo‘g‘irchoq bolalarning eng sevimli o‘yinchoqlaridan biri. Har 
bir bolalar bog‘chasida didaktik jihozlangan o‘yinchoq bo‘lishi kerak. 


217 
Qo‘g‘irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, poyabzal, idish-tovoq, 
mebel o‘yinchoq1ar kiradi. Qo‘g‘irchoq bilan quyidagi o‘yinlarni 
o‘tkazish mumkin: “Qo‘g‘irchoqni kiyintiramiz”, “Qo‘g‘irchoqni 
sayrga 
otlantiramiz”, 
“Qo‘g‘irchoqni 
mehmon 
qilamiz”, 
“Qo‘g‘irchoqlar bayrami”, “Qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kııni”, 
“Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz”. O‘yinlar topishmoqlar bilan qo‘shib
Olib borilganda qiziqarli o‘tadi. Masalan, “Qo‘g‘irchoqni uxla-
tamiz” o‘yinida qo‘g‘irchoqqa karovat tayyorlayotganda tar-biyachi 
“Uzun, yumshoq, yo‘l-yo‘l..…” (matras), “Oq, toza, to‘rt bur-chak...” 
(yostiq), “Paxtali issiq…” yoki “junli issiq”(adyol) va boshqa 
topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo‘g‘irchoqning karovati tayyor 
bo‘lgandan keyin qo‘g‘irchoqni yotqizib, alla aytadi. 
Mebellarning nimaga ishlatilishi, o‘yinchoqlarning nomini 
mustahkamlash 
uchun 
“Qo‘g‘irchoqqa 
xona 
yasatamiz”, 
“Qo‘g‘irchoqqa o‘yinchoq sovg‘a qilamiz” kabi o‘yinlarni o‘tkazish 
mumkin. Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi 
sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muayyan 
predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq, 
qo‘g‘irchoq, quyon-o‘yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-
tovoq. o‘yinlarni narsa va buyumlarnîng tasvirli rasmlari orqali ham 
o‘tkazish mumkin. Bularga r’Bu narsa o‘zi to‘g‘risida nima deydi?”, 
“Kim birinchi bo‘lib aytib beradi?” (bolalar diqqatini rivojlantirishga 
qaratilgan qo‘g‘irchoq, narsava ularning shakli, rangi to‘g‘risida), 
“Kim bo‘ladi?”, “Qaysinisi bir xil qaysinisi har xi1?” kabi o‘yin1arni 
ko‘rsatsa bo‘1adi. 
Bolalarning tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash uchun 
“Hidiga qarab top”, “Mazasiga qarab top”, “Ushlab ko‘rib top”, “Kim 
nimani eshityapti” kabi o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Kichik yoshdagi bolalar bilan so‘zli o‘yin1ar o‘tkazilmaydi. 
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o‘yinlar o‘zining mazmun 
va g‘oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Btı yoshdagi bolalar bilan 
buyum va rasmlar bilangina didaktik o‘yinlar o‘tkaza qolmay, so‘zli 
didaktik o‘yinlar ham o‘tkaziladi. Buyumlar va rasmlar bilan 
o‘tkaziladigan didaktik o‘yinlarda bolalarning narsalar sifati, 
xususiyati, nimadan yasalgani, qayerda qilingani, nima uchun 
kerakligi va hokazolar to‘g‘risidagi bilimi aniqlanadi hamda 
mustahkamlanadi. Bunday o‘yin1arga quyidagilarni misol qilib 


218 
keltirish mumkin: “Nima nimadan yasalgan?”, “Guruh xonasiga 
sayohat”, “Ovoziga qarab top” va boshqalar. 
Umumlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha turlarga ajratishni 
o‘rgatuvchi o‘yinlar katta o‘rin egallaydi. “Qaysi fabrikada nima 
ishlar bajariladi?”, “Fabrikada nima ish qilinadi, dalada nima 
yetishtiriladi?”, “Kimga nima kerak?”, “Kim nima bilan ishlaydi?”, 
“Qayerda o‘sadi?”, “Sayohat” (shahar bo‘ylab, dalaga maktabga va 
hokazo), “Pochta” va boshqalar. 
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlantiruvchi 
didaktik o‘yin1ar ham o‘tkaziladi. Masalan, “Kim sanashni biladi?”, 
“Yuramiz, yuramiz–to‘xtaymiz”, “Bizning kun”, “Yil fasllari” va 
boshqalar. 
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o‘yin1arni o‘tkazish 
mumkin: “So‘z qo‘sh”, “Orkestr”, “Mana bu tovushga so‘z top”, 
“So‘zlardan hikoya tuz” va h.k. 
Yuqorida sanab o‘ti1ganlar jamoa o‘yin1aridir. Bular asosida 
yana bir qancha o‘yin1ar topish mumkin. 
Didaktik o‘yinlarga rahbarlik. Boshqa o‘yin1ar singari, didaktik 
o‘yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. Birinchi navbatda 
didaktik o‘yinni va unga kerakli materialni tanlash kerak. Hamma 
guruhlar didaktik jihozlarga, bo‘yi 40- 50 sm keladigan qo‘g‘irchoqqa 
ega bo‘lishi lozim. Uning jihoziga quyidagilar kiradi: 

ichki kiyim, ko‘ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq; 

pahmoq, satin, shoyi ko‘ylak, fartuk, so‘lakcha; 

qishlik palto, kuzlik palto; 

bosh kiyimlar: shapkacha, panasma, qalqopcha, shlyapacha; 

poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippalı; 

yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar – ko‘rpa- yostiq, 
matras, adyol, choyshab, ko‘rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, 
dasturxon, salfetka. 
Bu hamma narsalar orziga mos rangda (qizil, pushti, to‘q qizil va 
h.k.) har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil bo‘lishi kerak. 
Qo‘grirchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish- 
tovoqlar; va transportni aks ettiruvchi oryinchoqlar ham 
bo‘lishi kerak. 
MTMda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muvofiq bir 
qancha rasmlar turkumi bo‘lishi kerak: 


219 
A)
kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks ettiruvchi, 
ularning mehnatini yengillatuvchi mashinalar rasmlari; 
B) kishilarning turar joylarini aks etiruvchi rasmlar; 
V) kishilarni suvda, quruqlikda, havoda olib yuruvchi vositalarning 
rasmlari; 
G) uy jihozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari, bezakli 
buyumlar, o‘yinchoqlar; 
D) dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi, bahorgi, 
kuzgi ko‘ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab kiyiladigan oyoq 
kiyimlar; 
YE) iste’mol mollari: sabzavotlar, mevalar, uy mahsulotlari, shirin-
liklar; 
J) uy va yovvoyi hayvonlar; qushlar; 
Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o‘simliklar; 
Bu rasmlar asta-sekin to‘planib boriladi. Ular yirik (15- 20sm) va 
karton qog‘oz1arga yopishtirilgan bo‘1ishi kerak. 
Didaktik o‘yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar ham 
ishlatiladi. 
Didaktik o‘yinlarga maxsus o‘rin ajratilishi va bolalar kun 
tartibidan ma’1um joy olishi kerak. Didaktik o‘yin1arni mashg‘u1ot 
bilan bog‘1ab olib borishni yaxshilab o‘y1ab amalga oshirish lozim. 
Bu o‘yinlar mashg‘ulot va o‘yin soatlarida o‘tkaziladi. Ularni butun 
guruh bolalari bilan ham o‘tkazish mumkin. O‘yinning mazmuni va 
undan kelib chiqadigan natija oldindan yaxshilab, aniq o‘ylab olinadi. 
O‘yinning g‘oyasi o‘yin harakatlari, qoidasi va o‘yinning borishi 
shunga bog‘liqdir. Masalan, “Kim qanday qichqiradi?” o‘yinida har 
xil vazifa qo‘yilishi mumkin: 
– bolalarning hayvonlar tovushini bilish-bilmasliklarini aniqlab olish; 
– hayvonlar haqida tushuncha berish; 
– bolalar hayvonlarni tovushidan tanib oladimi-yo‘qligini bilish. 
Bu o‘yindan bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni mashq 
qildirish maqsadida ham foydalanish mumkin. 
Didaktik o‘yinlarda majburiy qoidalar juda ko‘p uchraydi: navbat 
bilan harakat qilish, faqat so‘raganda javob berish, o‘rtog‘iga 
quloq solish, o‘ynaganda boshqalarga xalaqit bermaslik, qoidani 
bajarish, o‘z aybiga iqror bo‘1ish va hokazo. Didaktik o‘yinlarda 
bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Bir xil bolalarga 
qiyin topishmoq aytilsa, boshqasiga yengilrog‘i, osonrog‘i aytiladi; 


220 
yomon gapiradigan bolalar ko‘proq gapirishga jalb qilinadi. Buning 
uchun o‘yinni o‘tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab, 
o‘yinning imkoniyatlari, harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba’zi 
bir faolroq bolalarga boshqalarni qiziqishini bo‘g‘maydigan rol 
biriktiriladi. 
Didaktik o‘yinga 
rahbarlik qilishda o‘yinning maqsad va 
mazmunini belgilash, o‘yin g‘oyasini o‘ylab topish, o‘yin qoidasi va 
asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar o‘rtasidagi munosabatni 
yaxshilash, tarbiyaviy ta’sir orqali o‘yinning borishga rahbarlik qilib 
borish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Didaktik o‘yinni bolalarning 
bergan savollari, takliflari va tashabbuslariga qarab, o‘yin jarayonida 
kutilmaganda kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin. 
O‘yinni belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta mahoratdir. 
Tarbiyachi o‘yin vaqtini o‘zining tushuntirislıini kamaytirish hisobiga 
siqishtiradi. 
O‘yinni tarbiyachi bolalarda o‘yinga qiziqish uyg‘otgan holda 
tugatishi kerak, ya’ni bolalar shu o‘yinni yana davom ettirishni xohlab 
qolsinlar. Tarbiyachi shunday deydi: “Kelgusiga bundan ham 
yaxshiroq o‘ynaymiz”, yoki “Yangi o‘yin bundan ham qiziqroq 
bo‘ladi”. Tarbiyachi o‘yinning yangi variantlarini ishlab chiqadi. 
Didaktik o‘yinlar guruh xonasida, zalda, maydonchada, 
o‘rmonda, dalada va boshqa joylarda o‘tkazilishi mumkin. Bu 
o‘yinning ta’sirchan1igini, taassurotlarning har xilligini, bolalarning 
faolligini oshiradi. Shunday qilib, didaktik o‘yin maktabgacha 
yoshdagi bolalarga ta’lim berish vositasi bo‘lib, ııni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishga yordam beradi. 
Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati 
Ko‘pchilik 
bolalar 
o‘yinlari 
xilma-xil 
o‘yinchoqlardan 
foydalanish bilan bog‘1iq. O‘yinchoq bola hayotining yo‘ldoshi, 
uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o‘yin quroli, balki bola- lar 
o‘yinida sherik, o‘rtoq, kattalar qo‘1ida esa tarbiyaning mu- him 
qurollaridan biridir. O‘yinchoq o‘yin yaratishda ishtirok etadi, 
bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga 
katta ta’sir o‘tkazadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o‘z 
o‘yinchoqlarini sevadi, ularga bog‘lanib qoladi, shu tufayli u o‘zini 
atrofdagi hayotning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaydi. 
To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga 
yordam beradi. Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlarning butun bir 


221 
sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan o‘yin1ar 
bolaning 
sensor 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga 
qaratilgan. 
“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g‘oya1ar 
asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhim 
bir masala haqida to‘xtalib o‘tish o‘rînli deb o‘y1ayman. U ham 
bo‘lsa, dunyoga hayrat ko‘zi bilan boqib, undan o‘zgacha ma’no 
topishga intilayotgan murg‘ak farzandlarimizning qiziqishi va 
hissiyotlariga mos qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlarni ishlab chiqarish 
masalasidir. 
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo‘lib tuyulishi 
mumkin. Lekin har qaysi go‘dak ilk bor olamni o‘z atrofidagi 
o‘yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning 
inson tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekanligi ayon bo‘ladi. Farzand-
larimiz milliy, hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o‘yinchoq-
larni o‘ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan bo‘lar edik”, 
– degan fikrni mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A Karimov 
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlaydi (156 bet). 
Darhaqiqat, go‘dakning ulg‘ayib kelajakda qanday yo‘1dan borishi 
o‘zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham 
uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar o‘ynagani bilan belgilanadi. Har 
bir xalqning o‘yinchog‘i o‘zining pedagogik badiiy va amaliy 
an'anasiga egadir. O‘yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat hissini 
tarbiyalashi lozim.

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin