Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boboqulova Sh pdf

“So„z va hodisalarni eslash” ta‟limiy o„yini
Sinf o„quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so„z 
tanlaydi:
a) daraxt, paxta so„zi bilan o„yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do„mbira, doira, 
dolana; paxta, piyola, parta, pomidor kabi "d", "p" harflari bilan boshlanadigan 
so„zlar topiladi.
b).berilgan so„zlarga ohangdosh so„zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt, 
karaxt kabi. 
d). berilgan so„zlar bilan bog„liq bo„lgan barcha so„zlarni eslash: paxta, momiq, 
chigit, shona, g„o„za, ko„sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz
e). berilgan so„zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar


25 
f) berilgan so„zlar bilan bog„liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht 
to„qishga harakat qilish.
"Topag„on" o„yini. Berilgan so„zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha 
toping.
a) tulki, sichqon, mazali non, dush, qochdi, dum, yong„oq;
b) xurmo, malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon;
d) taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna;
e) ovchi. muzqaymoq, bo„ri, hayvonot bog„i, qafas, daraxt:
f) tufli, koptok, erka, oyna, ertak, tosh.
Berilgan so„zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.
“Begona” o„yini:
Bunda beshta so„z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so„z begona 
asardan olinadi.
Masalan: "O„gay” "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" 
begona so„z. Shu begona so„zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda 
belgilangan bilimlarni kamida davlat ta‟lim standarti talablari darajasida 
o„zlashtirishi kerak. O„qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag„ishlovchi mana 
shunday o„yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga 
aylanadi va shu bilan birga o„quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.
O„quvchilarni mustaqil fikrlashga yo„naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol 
usullarda o„z aksini topadi. Dars berish usullari ta‟lim beruvchining faoliyatini 
tashkiIlashtirish vositasidir. Ta‟limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter 
beruvchi, ta‟lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta‟minlovchi dars berish va 
o„qitish usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va 
texnologiyalardan namunalar keltiramiz:

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin