Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


V. Tushunchani ko„rgazmali o„rganish



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Boboqulova Sh pdf

V. Tushunchani ko„rgazmali o„rganish. Tushunchani shakllantirishning turli 
bosqichida ko„rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha 
belgilari bilan tanishtirishning boshlang„ich 
bosqichida 
ko„rgazmalilikdan 
o„rganiladigan 
hodisaning belgilarininutqda 
aniq ko„rsatish maqsadida 
foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko„rgazmali 
vositalarning o„ziga xos xususiyati o„rganiladigan ob‟ekt hisoblangan so„z, so„z 
birikmasi, gap, gap bo„lagi va boshqalarga mos bo„ladi. Shunday ekan, 
ko„rgazmali vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir 
qatorda til materialning o„zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so„z va 
gaplarda o„rganilayotgan hodisa aniq va lo„nda berilgan, nutqiy vazifasi va 
grammatik xususiyati ravshan 
ko„rsatilgan 
bo„lishi kerak. Bu 
ichki
ko„rgazmaliliko„quvchilarga 
tushuncha 
belgilarini 
mavhumlashtirish, 
o„rganilayotgan hodisani biror tomondan o„xshashi bo„lgan boshqa hodisalar 
orasidan topish imkonini beradi. Masalan, asosdosh so„zlarni o„rganishda 
tarkibida bir necha asosdosh so„zbo„lgan matndan foydalanish maqsadga 
muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul ekilgan. 
Gullarnigulchi o„quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda 
ishlaydi. U ilg„or ishchi. Rahimningo„zi –ishchan bola. Bu ikki matnda 
uchtadanasosdosh so„z bo„lib, ularning ikki muhimbelgisi (bir xil umumiy 
qismga egaligi va ma‟nolaridagi o„xshashlik)ni hisobga olgan holda, asosdosh 
so„zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug„iladi. Bundan tashqari, o„quvchilar 


22 
o„qituvchi rahbarligida asosdosh so„zni shu so„zlarning bir shakli bo„lgan 
so„z(gullarni) bilan taqqoslab, asosdosh so„zlar bilan so„z shakli o„rtasidagi farq 
haqida elementar tushunchaga ega bo„ladilar. 
Tushunchaningmohiyatini 
ochishga 
qaratilgan 
vazifalarning 
o„zi 
o„quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha 
ko„rgazmaliligi 
ta‟minlanadi. 
Masalan, 
gapnnng 
uyushiq 
bo„laklari 
tushunchasining mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini 
berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg„ochlarni quvonib kutib 
olamiz. Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz 
chug„urchuqlarni quvonib kutib olamiz. – Bahorda biz qaldirg„ochlarni, 
maynalarni, chug„urchuqlarni quvonib kutib olamiz. Gaplar gap bo„laklari 
jihatidan tahlil qilinadi; o„quvchilar uchala gapda takrorlangan so„zlarni aytadilar; 
bunday hollarda kishilar uch gap o„rniga bitta gapdan foydalanishlarini 
tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap 
bo„laklariga ko„ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish 
bilan o„quvchilar ko„rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi 
darajali bo„lak bog„lanishi va ular bir xil so„roqqa (nimalarni?) javob bo„lishi 
mumkin; bir bo„lakka qarashli va bir xil so„roqqa javob bo„lgan bunday so„zlar 
gapning 
uyushiq 
bo„laklari 
deyiladi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
misollarda 
foydalanilgan ko„rgazmalilik o„rganilayotgan til hodisalarining belgilarini 
ajratishga qaratilgan, ya‟ni ko„rgazmalilikdan tushunchani ta‟riflashdan oldin 
foydalanilgan. 
Darsda foydalanish uchun ko„rgazma material tanlashda o„qituvchi 
qo„yilgan maqsadga ko„ra o„quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko„z oldiga 
keltirishi kerak. Bir ko„rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish 
mumkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan so„zning leksik ma‟nosini 
tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish 
mumkin. O„quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun 
o„qituvchi berilgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini 
topshiradi. O„quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o„z nutqlarida 


23 
sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. O„qituvchi “Predmetni tasvirlashda siz 
qaysi so„zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?” kabi savollar berib, bolalar 
diqqatini o„rganiladigan grammatik tushunchaning (bu o„rinda sifatning) 
belgilariga qaratadi. O„quvchilar predmetni tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir 
predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu 
misolda ko„rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini 
kuzatish 
maqsadida 
foydalaniladi 
va 
o„quvchilar 
aniq 
materialdan 
umumlashtirishga o„tadilar. 
Tushunchanishakllantirishni uchun 
jadval va chizmalardan keng foydala- 
niladi.Bu ko„rgazmalardan 
ko„proq 
tushuncha belgilari ajratilgandan 
so„ng mavhumlashgan 
belgilarni umumlashtirish, ular o„rtasidagi bog„lanishni 
aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
Shunday qilib, grammatik tushunchani o„zlashtirishga yordam beradigan 
asosiy metodik shartlar o„quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni 
yangi 
bilim 
olish 
uchun 
qiziqtirish, o„quvchilarning nutqiy tajribasiga 
tayanish, bilimlarning tizimliligi, o„quvchilarda til birliklariga lingvistik 
munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. 
Keyingi yillarda ijodkor o„qituvchilar bolalarning qayerda toliqib qolishlarining 
oldini olish, ularni o„qishga, ilm olishga qiziqtirish maqsadida turli usullardan 
foydalanib kelmoqdalar.
Ma‟lumki bola maktabga kelganga qadar asosan o„yin bilan mashg„ul bo„lgan. 
Ularda chaqqonlik, ziyraklik, hozirjavoblik, sinchkovlik, epchillik kabi ijobiy 
xislatlar kurtak ota boshlagan, lekin hali etilmagan bo„ladi. Muttasil o„yin bilan 
mashg„ul bo„lgan bolaning faoliyati endilikda o„zgaradi. Kechagi o„yin bilan 
mashg„ul bo„lgan bola endilikda 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir yerga 
to„plab, talabga rioya qilgan holda o„qituvchi bilan faoliyatda bo„ladi, bilim oladi, 
mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. O„qituvchi yana 
shunday vaqtda o„quvchilarni o„quv mashg„ulotlariga qiziqtirish yo„llarini topishi 
o„z ishiga ijodiy yondashuvi lozim.


24 
O„quvchilarning darsga bo„lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini rivojlantirishda 
noan‟anaviy dars turlarini qo„llash, ta‟limiy o„yinlardan foydalanish yaxshi natija 
beradi. Bunday darslarning oddiy darslardan farqi shundaki, o„qituvchi darsni 
o„yin tariqasida tashkil etadi va bolalarni xayolan turli olamga, ertaklar olamiga, 
kosmas va hatto marsga ham olib chiqishi mumkin. Masalan, o„yin, munozara 
(savol-javob), mushohada bellashuv sahnalashtirilgan uyg„unlashgan, test-sinov 
kabi dars shakllari noan‟anaviy darslar jumlasiga kiradi. Bunday dars darslikda 
berilgan katta bo„lim materiallari o„rganib bo„lingach, chorak (yil) oxirlarida 
egallangan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash maqsadida o„tkazilishi ham 
mumkin. Bunday noan‟anaviy darslar, albatta, qiziqarli o„tadi. Uquvchilarning 
diqqati tarbiyalanadi. O„yin faoliyati tobora jiddiy tus olib, mashg„ulot (dars) bilan 
almashinadi, 
ya‟ni 
topshiriqlar, 
suhbatlar, 
savshl-javoblar 
asta-sekin 
murakkablashib boradi. Bazan darsda o„quvchilarni mustaqillikka, ijodkorlikka 
yo„naltirish maqsadida juda ko„p ish turlaridan foydalangan holda darslar tashkil 
etiladi. Bunday hollarda dars strukturasi buziladi. Ana shu dars strukturasining 
buzilishi noan‟anaviy dars demakdir. Demak noan‟anaviy dars-dars strukturasining 
buzilishi. Quyida biz boshlangʻich sinf oʻquvchilarining grammatikaga oid 
tushunchalarini 
shakllantirishda 
ta‟limiy 
o„yinlardan 
foydalanishda 
foydalaniladigan o„yinlardan namunalar keltirib o„tamiz.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin