Buxoro davlat universiteti



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə37/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

Musobaqaoldi davri. Musobaqalardagi muvaffaqiyat ko’p yillik mashg’u-lotlar tufayli ta’minlanib, ularda musobaqalarga tayyor-garlik ham ko’zda tutiladi. Tayyorgarlik, ilgari ko’rsatil-ganidek, yillik mashg’ulot jarayonida muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, maxsus, jumladan, ruhiy tayyorgarlik ham kerak. “Jang maydoni” sharoitlariga o’rgatish, ya’ni musobaqa sharoitlarini modellashtirib mashg’ulot o’tkazish juda katta ahamiyatga ega. Bunda mashg’ulot imkon qadar optimal sharoitda, vaqt-vaqti bilan qiyin va juda og’ir sharoitlarda o’tkaziladi. Shuningdek, “jang maydoni” sharoitlari ham, agar ular eng katta musobaqagacha ma’lum bo’lsa, modellashtiriladi. Lekin bir qator sharoitlar doimiy bo’lishi mumkin (masalan, start to’pponchasining ovozi, uloqtirish snaryadlari, bar’erlar, plankalar, belgilangan namunadagi ustunchalar va h.k.).

Eng muhimi bellashuv yaqinlashgan sayin butun mashg’ulot engil atletikachilar tayyorgarligining yashash tartibidan boshlab musobaqa dasturiga qadar barcha jihat-larini modellashtiruvchi sharoitlarda o’tadi. Mashg’ulot-ning kichik bir qismi – qo’llab-quvvatlab turuvchi va faol dam olish uchun mo’ljallangan vaqt o’rmonli joylarda, daryo bo’ylarida, elastik tuproqda o’tkaziladi. Mashg’ulotlar va sinovlarning bir qismini ancha og’ir sharoitda, lekin “jang maydoni”da o’tkazish zarur.

Engil atletikachilarni oldida turgan eng muhim musobaqa sharoitlariga o’rgatish alohida ahamiyatga ega. Bu – musobaqaning kunma-kun emas, balki soatma-soat tuzilgan dasturi, u o’tkaziladigan joyning dengiz sathidan baland-ligi, vaqt, hududning kun va tun tartibidagi tafovut (bioritm)dagi farq, iqlimiy hamda ehtimoli bo’lgan metereologik sharoitlar, yo’lkacha va sakrash, uloqtirish joylarining xususiyatlari, badan qizdirish mashqlari uchun maydonchaning tuzilishi va jihozlanishi, shuningdek, undan stadiongacha bo’lgan masofa, uloqtirish snaryadlari, langarcho’p bilan sakrashda ustuncha va reykalar hamda boshlang’ich balandlik, uch yoki olti urinishda eng yaxshi natija uchun uloqtirish, kvalifikastion me’yorlarni bajarish va b.



Musobaqa davri. Musobaqa davrining bosh maqsadi mas’uliyatli musobaqalarning oldindan rejalashtirilgan muddatlarida eng yuqori sport natijalariga erishishdan iborat.


Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin