Buxoro davlat universiteti



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə39/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

O’tish davri. Bu davrda mashg’ulot ko’p yillik sport takomil-lashtirish jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Davrning maqsadi: sportchini yil oxirida (bir stiklli va ikki stiklli yillik mashg’ulotda) yangi yildagi mashg’ulot-larning boshlanishiga to’la dam olgan holda, agar jarohat-lari bo’lsa, tuzalib, jismoniy sifatlar va texnik ko’nikmalar darajasini tushirmay etkazishdir. Katta mashg’ulot ishlarining uzoq davom etgan davri hamda ko’pgina musobaqalarda ishtirok etgandan so’ng engil atletikachilar dam olishlari lozim, lekin bu faol dam olish bo’lishi zarur.

Davrning davomiyligi – 20-30 kun. Ikki stiklli yillik mashg’ulotlar o’rtasida o’tish davri qisqaroq – 10-12 kun. Uning vazifalari doirasi ham torroq: qishki bellashuvlardan keyin faol dam olish va to’la tiklanish.

Mashg’ulotning o’tish davri engil atletika turi, sportchining tayyorgarlik darajasi, ularning yoshi va yil davomida qatnashgan musobaqalari soniga qarab har xil yo’nalishga ega bo’lishi mumkin. Agar sportchilar ko’p mas’uliyatli va shiddatli musobaqalarda qatnashmagan bo’lsalar, u holda odatdagi yuklama bilan shug’ullanishni davom ettirishlari mumkin. Kuz sharoiti imkon berganida ular umumiy va maxsus tayyorgarliklari darajasini oshirishlari, texnikani o’zlashtirib, yanada takomillashti-rishlari, shuningdek, mashg’ulotning tayyorgarlik davri uchun belgilangan boshqa vazifalarni hal etishlari lozim. Bundan tashqari, faol dam olish usuli bo’lishdan tashqari, mashg’ulotlarga qiziqish uyg’otadigan yangi xilma-xil mashqlarni ham kiritish zarur.

Yil davomida mashg’ulotlarda katta yuklamalarni bajargan va musobaqalarda ham tez-tez qatnashib turgan engil atletikachilar o’tish davrida o’tgan sport mavsumidan yaxshilab dam olishlari kerak. Bu mashg’ulotlardagi yuklamani kamaytirish, ularning miqdorini qisqartirish, shuningdek, yangi, rang-barang mashqlarga o’tish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mashg’ulotlarni umuman to’xtatish – qo’pol xato. Buning natijasida harakatlar koordinastiyasi ichki organlar hamda tizimlarning ish qobiliyati buziladi, sportchi organizmining me’yordagi hayot faoliyati ishdan chiqadi. Natijada, bu sifatlarning tiklanishiga juda ko’p sarflanadi. O’tish davrida passiv dam olish engillash-tirilgan mashg’ulotlar o’rnini bosmaydi.

Bu davrda jismoniy (umumiy va imkon qadar maxsus) tayyorgarlikning erishilgan darajasini saqlab turish kerak. Engil atletika turlarining o’ziga xos xususiyatlarini ham e’tiborga olish zarur. O’tish davrida sprinterlar, bar’erlararo yuguruvchilar, sakrovchilar va uloqtiruvchilar o’z engil atletika turlarini mashg’ulotlariga kiritmasalar ham bo’ladi (ayniqsa, sport ustalari). Lekin o’rta, uzoq va o’ta uzoq masofalarga yuguruvchilar yuklama hajmini birmuncha pasaytirgan holda yugurishni davom etishlari lozim. Bu sportcha yuruvchilarga ham taalluqli.

O’tish davrida engil atletikachilar yog’ zahiralarini to’plash hisobiga vaznlarini oshirishlari mumkin emas (ko’pi bilan 1-2 kg qo’shilsa bo’ladi). Masalan, uloqtiruvchilar mushak massasini oshirish hisobiga bir oz vazn qo’sha oladilar.





Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin