D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

4.2.
 
Rentgen strukturaviy tahlil. 
Rentgen nurlanishi atom tabiatini o’rganishda muhim rol o’ynaydi. Bu 
nurlanish spektri 
0
100
1
A



diapazonda yotishini bilamiz. Rentgen spektrlari 
atom nomerlarini, ya’ni yadro zaryadi 
N
ni aniqlashga imkon beradi. 
Rentgen nurlari tez elektronlar ta’sirida paydo bo’ladi. Ular 
2
xil bo’ladi: 
1. Tormozlanish nurlanishi katoddan chiqayotgan elektronlarning anodga 
kelib urilishida ularning tormozlanishi natijasida hosil bo’ladi. Tormozlanish
nurlanishi, ya’ni elektronlar energiyasi ma’lum kritik ko’rsatkichdan past
bo’lganda ular nurlanish spektri maksimumiga ega bo’ladi. Bu maksimum
elektronlarni tezlatuvchi potentsial - 
V
ga bog’liq bo’ladi.
0
345
,
12
A
V


(4.1) 
Tormozlanish nurlanishi tutash spektrga ega bo’ladi va antikatod (anod) 
materialiga bog’liq bo’lmaydi. 


89 
2. Xarakteristik nurlanish uyg’otuvchi elektronlar energiyasi biror kritik 
qiymatga teng yoki undan katta bo’lsa hosil bo’ladi. Bu nurlanish antikatod 
moddasini xarakterlaydi. Har bir element o’ziga xos spektr beradi. Xarakteristik 
nurlanish uzlukli spektrdan, ya’ni spektral chiziqlardan iborat bo’ladi.
Rentgen nurlari modda qatlamidan o’tganda kuchsizlanadi. Bunga 2 xil 
sabab bo’lishi mumkin: 
1. Sochilish. Rentgen nurlari to’lqin uzunliklari juda kichik bo’lgani uchun 
yorug’likka shaffof bo’lgan har qanday muhit Rentgen nurlari uchun xira
hisoblanadi. Sochuvchi markazlar modda atomi yoki molekulasi bo’lishi mumkin. 
Bunday sochilish optik diapazondagi yorug’likda ham kuzatiladi, lekin bu juda 
kuchsiz bo’ladi. Masalan, yorug’lik intensivligi 
1
km qalinlikdagi toza suvda 
7
,
2
marta kamayadi. Rentgen nurlari esa 
5
sm qalinlikdagi suv qatlamida shuncha 
kuchsizlanadi. 
2. Yutilish. Rentgen nurlarining bir qismi moddada yutilib issiqlikka aylanadi.
Agar 
dx
- modda qalinligi, 
J
- tushayotgan intensivlik, 

- kuchsizlanishni
xarakterlovchi koeffitsiyent bo’lsa, u holda 
Jdx
dJ



ifodadan 

d
qalinlikdagi 
moddada kuchsizlanish 
d
e
J
J



0
kabi ifodalanadi, bu yerda 





bo’lib

-yutilish koeffitsienti va 

-sochilish koeffitsienti deyiladi. 
Rentgen nurlari spektral chiziqlari chastotasi bilan bu chiziqlarni chiqaruvchi 
element atom nomeri orasidagi bog’lanishini (

K
chiziq uchun) Mozeli topgan 
(1913-1914 yillar)
R
Q
K
K
4
3





(4.2) 
bu yerda, 
1


Z
Q
K

va 
1
42
,
109737


sm
R
-Ridberg doimiysi. Yuqoridagi
ifodadan rentgen nurlanish chastotasi bilan 
Z
orasidagi quyidagi bog’lanishni 
topamiz:


90 
)
2
1
1
1
(
)
1
(
2
2
2



Z
R
K


(4.3) 
Boshqa seriyalar uchun ham shunga o’xshash bog’lanishlarni yozish 
mumkin. Rentgen nurlari yorug’likka o’xshaydi va faqat 

-to’lqin uzunligi 
kichikligi bilan farq qiladi. Shu sababli ham interferensiya va difraksiya hodisalari 
rentgen nurlarida ham kuzatiladi. Odatdagi rentgen qurilmalarida elektronlar 
energiyasi 100000 eV ga teng bo’ladi. Meditsinada ishlatiladigan rentgen nurlari 
to’lqin uzunligi bir angstrom -
0
1
A


atrofida bo’ladi. Umuman rentgen nurlari 
to’lqin uzunligi 
0
100
1
A

diapazonda yotadi. 
Rentgen nurlanishi - bu elektromagnit to’lqinlar (kvantlar oqimi, fotonlar), 
ularning energiyasi ultrabinafsha nurlanish va gamma nurlanish o’rtasidagi 
energiya shkalasida joylashgan. Rentgen fotonlari 100 eV dan 250 keV gacha 
bo’lgan energiyaga ega, bu chastotasi 3*10
16
Hz dan 6 * 10
19
Hz gacha va to’lqin 
uzunligi 0,005-10 nm bo’lgan radiatsiyaga to’g’ri keladi. Rentgen va gamma 
nurlarining elektromagnit spektrlari katta darajada ustma-ust tushadi. 
Ushbu ikki turdagi nurlanishning asosiy farqi ularning paydo bo’lish 
yo’lidir. Rentgen nurlari elektronlar ishtirokida (masalan, ularning oqimi 
sekinlashganda), gamma nurlari esa ba’zi elementlarning yadrolarining radioaktiv 
parchalanishi paytida hosil bo’ladi. Rentgen nurlari zaryadlangan zarrachalarning 
tezlashtirilgan oqimi sekinlashganda yoki atomlarning elektron qatlamlarida yuqori 
xarakterli o’tish sodir bo’lganda (xarakterli nurlanish) hosil bo’lishi mumkin. 
Tibbiy asboblarda rentgen nurlari hosil qilish uchun rentgen naychalari ishlatiladi.
Ularning asosiy tarkibiy qismlari katod va massiv anoddir. Anod va katod 
o’rtasidagi elektr potentsialining farqi tufayli chiqariladigan elektronlar tezlashib, 
sekinlashayotgan material bilan to’qnashganda anodga etib boradi. Natijada, 
xarakterli rentgen nurlanishi paydo bo’ladi. Elektronlarning anod bilan to’qnashuvi 
paytida ikkinchi jarayon ham sodir bo’ladi - elektronlar anod atomlarining elektron 
qobig’idan chiqarib yuboriladi. Ularning joylarini atomning boshqa qobiqlaridan 
elektronlar egallaydi. Ushbu jarayon davomida rentgenning ikkinchi turi - spektri


91 
asosan anod materialiga bog’liq bo’lgan xarakterli rentgen nurlari hosil bo’ladi. 
Anodlar ko’pincha molibden yoki volframdan tayyorlanadi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin