V BOB. MEXANIK XOSSALARNI ANIQLASH. 5.1. Mexanik mustahkamlik, deformatsiya, destruktsiya, mexanokimyoviy jarayonlar. Qattiq jismlarning va biologik to`qimalarning Yung modulini aniqlash. “Deformatsiya” deb tashqi kuch ta’sirida qattiq jism zarralarining bir-biriga
nisbatan vaziyatli o’zgarishi tushuniladi. Tashqi kuch ta’sirida qattiq jismning
shakli va hajmi o’zgarishiga deformatsiya deyladi. Deformatsiya elastik va plastik
bo’ladi. Elastik deformatsiya deb, tashqi kuch olib tashlanganda, jism avvalgi
shakli va o’lchamini tiklashiga aytiladi. Agar jism avvalgi shakli va o’lchamini
tiklay olmasa, plastik deformatsiya deyladi. Deformatsiya bir necha ko’rinishda
bo’ladi: cho’zilish, qisilish, siljish, burilish, egilish.
5.1-rasm. Yung modelini aniqlash qurilmasi. Cho’zilish deformatsiyasida jism bo’ylama yo’nalishda uzayadi, ko’ndalang
yo’nalishda esa torayadi. Cho’zilish deformatsiyasi jismning ikki asosiga uning
o’qi bo’ylab ikkita bir-biriga teng va jismdan qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan
kuchlar ta’sir qilganda yuzaga keladi.
Qisilish deformatsiyasi cho’zilish deformatsiyasidan shunisi bilan farq
qiladiki, bunda jismga qo’yilgan kuchlar unga qarab yo’nalgan bo’ladi.
117
Siljish deformatsiyasi jismning asosiga parallel qatlamlar jism yuqori va
pastki asoslariga jismga tomon yo’nalishda qo’yilgan kuchlar ta’sirida suriladi.
Buralish deformatsiyasi jismning o’qiga perpendikulyar olingan o’zaro
parallel kesimlarining bir-biriga nisbatan burilishidan iboratdir. Agar jismning bir
uchi mahkamlangan va uning erkin uchiga jismning o’qiga perpendikulyar
tekislikda juft kuch ta’sir qilayotgan bo’lsa, buralish deformatsiyasi yuzaga keladi.
Egilish deformatsiyasi o’qi neytral bo’lgan, o’qning qarama-qarshi
tomonlaridagi yon sirtlarga son qiymati jihatidan ortib boruvchi o’qqa parallel
kuchlar ta’sir qilayotgan jismga hosil bo’ladi: bunda o’qdan bir tomonda kuchlar
jismni siqadi, ikkinchi tomonidan esa jismni cho’zadi.
Deformatsiya o’lchovi sifatida nisbiy deformatsiya ε kiritilgan bo’lib, u
absolyut deformatsiyani jismning boshlang’ich uzunligiga nisbati bilan aniqlanadi.
l l
yoki
x x
(5.1)
Deformatsiya hosil qiluvchi
P kuchni shu kuch ta’sir etayotgan ko’ndalang
kesim yuzasi
S ga nisbatan deformatsiya kuchlanganligi deyladi, ya’ni,
S P
(5.2)
Bunda
- kuchlanganlik (birligi SI sistemasida N/m
2
=Pa). Nisbatan kichik
kuchlar ta’sir etganda, deformatsiya elastiklik xarakteriga ega bo’ladi. Bu holda
nisbiy deformatsiya kuchlanganlikka to’g’ri proporsional bo’ladi va Guk qonuni
deyiladi.
E k 1
va
E
(5.3)
Bu yerda E - elastiklik moduli yoki Yung moduli. Bundan :
E (5.4)
(5.1) dagi
l l
qiymatni va (5.2) dagi
S P
qiymatni (5.4) dagi
kattaliklarning o’rniga qo’ysak
118
l l S P E
(5.5)
hosil bo’ladi.
Elastik moduli birligi SI sistemasida [E]=[N/m
2
]=[Pa] bilan o’lchanadi.