dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə316/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
1. Otlarning lug'aviy shakllariga misollar keltiring.
2. Sodda va yasama otlar ishtirokida gaplar tuzing.
3. -xon, -jon, -oy, -loq, -choq qo'shimchalarini otlarga qo'shing va ma'noda bo'layotgan o'zgarishni tushuntiring.
4. Shaxs otlariga misollar keltiring.
5. O'rin-joy otlariga misollar ayting.
6. Siz yashayotgan yerdagi korxona, tashkilot, suv havzalari va inshootlari nomlarini anglatuvchi otlarga misollar ayting.
7. Narsa otlari deb nimaga aytiladi?
8. O'rin-joy va faoliyat-jarayon otlariga misollar keltiring.
9. Atoqli va turdosh otlarning yozilishi haqida gapiring.
10. Aniq va mavhum otlar ishtirokida gaplar tuzing.

464-mashq. Matnni o'qing. Otlarga izoh bering.


Onani e'zozlash — bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan fazilat. Onalarni qancha ulug'lasak, hayotimizning chirog'i, umrimizning guli deb e'zozlasak, biz oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo'lamiz. Mashhur shoirimiz Abdulla Oripov aytganlaridek: — Bu yorug' olamda Vatan bittadir, Bittadir dunyoda ona degan nom. (D. Ro'ziyeva)

465-mashq. Savollarga javoblar yozing. Javoblaringizdagi otlarning ma'no turlarini aniqlang.


1. Mirkarim Osimning qanday tarixiy hikoyalari bor? 2. «To'maris» afsonasida Amudaryo qanday nom bilan tilga olingan? 3. Hozirgi O'zbekiston hududlari qadimda qanday nomlar bilan yuritilgan?

466-mashq. Otlarni toping, ularni tavsiflang.


O'zbekchilik! Qanday sodda, qanday qalbga yaqin, qanday samimiy, qanday jafokash bu so'z! Tong qorong'usida turib ko'cha supurayotgan kelinchakning supurgisi shu so'zni qo'shiq qilib aytayotganday, paxtazordan paxta to'la qop orqalab chiqayotgan yigitning qoraygan, ajinli yuzlaridan oqib lablariga tushgan terda «o'zbekchilik» degan so'zning ta'mi bor. (E. Vohidov)



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin