dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə312/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Berilgan so'zlar ichidan qancha? so'rog'iga javob bo'luvchi so'zlarni ajrating.
Sal, picha, erta, indin, kecha, kunduz, tez, g'oyat, xiyol, ko'p, oz.

BILIB OLING. Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor-darajani bildiradigan va qancha? so'rog'iga javob bo'ladigan ravishlar miqdor-daraja ravishlari deyiladi: sal, picha, xiyol, oz, ko'p, kam, ancha kabi.




456-mashq. Gaplarni o'qing. Miqdor-daraja ravishlarini aniqlang.
1. Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi. 2. Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi. 3.Abdushukur bu yerdan tezda chiqib ketish payiga tushdi. 4. Bo'ying sal cho'zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim. 5. U aravani Nuriddin minganini ko'rib, xiyla yengil tortdi. 6. Ko'p o'tmay hamma ichkariga taklif etildi. 7. Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. (Yo'ldosh Sulaymon)


457-mashq. Gaplarni ko'chiring, miqdor-daraja ravishlarining tagiga chizib, izohlang.
1. Sarvigulni podsho hammadan ko'proq sevar ekan. 2. Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o'rnidan turibdi. 3. Ko'p yaxshi o'ylabsiz, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak. 4. Qozi kambag'alni sira yengolmagan ekan. 5. Ikkita tuxum topib olibdi. Suyunib cho'ntagiga solib, biroz yuribdi. 6. Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 7. Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz bo'lsa ham bizga qola qolsin», — dedi. 8. Chol va kampir behad sevinishibdi. (Ertakdan)


458-mashq. «Hasharda» mavzusida matn tuzing. Unda miqdor-daraja ravishlaridan foydalaning.
1. Miqdor-daraja ravishlari qanday so'roqqa javob bo'ladi?
2. Ular qanday ma'noni anglatadi?



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin