Nazorat savollari 1. Tizim ishonchliligining asosiy olti asosiy xususiyatini ayting.
2. Tizimda uchrashi mumkin bo'lgan nosozliklar turlarini sanang.
3. Nima uchun mustahkamlik talablari oshgani sari tizim ishonchliligini ta'minlashning qiymati favqulodda tez ko'tarilib ketadi?
4. Tizim mustahkamligiga qanday erishiladi?
IV. LABORATORIYA MAShG’ULOT MATERIALLARI
1-tajriba ishi. Архитектуравий структуралар ва кўринишлар.
Ishdan maqsad: Qo‘yilgan masala: Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Ishni bajarishga namuna
Berilgan topshiriq variantlariga o‘xshash bo‘lgan bitta masalani bajarib ko‘ramiz. Quyidagicha masala qo‘yilgan: Berilgan familiyalardan imlo qoidasiga mos ravishda ismlar hosil qiling.
Algoritm Familiya kiritilishini so‘rash.
Kiritilgan familiya uzunligini o‘lchash.
Familiya oxirgi va oxiridan 1 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “ev” bilan tugasa, satrning oxirgi 3 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish, aks holda 4-qadamga o‘tish.
Familiya oxirgi va oxiridan 1 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “ov” bilan tugasa, satrning oxirgi 2 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish, aks holda 5-qadamga o‘tish.
Familiya oxirgi va oxiridan 2 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “eva” bilan tugasa, satrning oxirgi 4 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish, aks holda 6 qadamga o‘tish.
Familiya oxirgi va oxiridan 2 ta oldingi simvolini tekshirish, ya’ni familiya oxiri “ova” bilan tugasa, satrning oxirgi 3 ta simvolini o‘chirish va 7-qadamga o‘tish.
Hosil bo‘lgan ismni ekranga chiqarish.
Talabalar algoritmni so‘z bilan yoki blok-sxema ko‘rinishida ifodalashlari mumkin.