Topshiriq variantlariga o’xshash bitta misolning algoritmi va to’liq dasturini ko’rib chiqaylik.
Misol: berilgan binar daraxtdan ko’rsatilgan key kalitga mos tugunni o’chirish dasturini tuzing.
Algoritm Asosiy dastur tanasi - int main() i=0; n – daraxtga kiritiladigan elementlar sonini aniqlash. Daraxt ildizi ko’rsatkichi tree=NULL. Next yangi elementni joylashtiradigan shoxga o’tishda ishlatiladi va last next dan 1 qadam orqada yuradi.
Agar i bo’lsa, daraxtga kiritiladigan navbatdagi elementga qiymat kiritish va uni yangi p element info maydoniga yozish, left va right maydonlarga NULL yozish. Aks holda 8-qadamga o’tish.
Agar tree=NULL bo’lsa, p ni daraxt ildizi qilish, ya’ni tree=p va next=last=p.
Agar p->info next->info dan kichik bo’lsa, chap shoxga o’tish kerak, ya’ni last=next va next=next->left, aks holda o’ng shoxga o’tamiz, ya’ni last=next va next=next->right.
Agar next=NULL bo’lsa, 6-qadamga o’tish, aks holda 4-qadamga o’tish.
Agar p->infoinfo bo’lsa, last->left=p, aks holda last->right=p.
i++, 2-qadamga o’tish.
intrave(tree) funksiyasini ishlatish.
Key kalitga mos elementni daraxtdan o’chiradigan del(tree,key) funksiyasini ishlatish.
Natijaviy daraxtni ko’rikdan o’tkazish uchun intrave(tree) funksiyasini ishlatish va algoritmni yakunlash.
intrave(tree) funksiyasining ishlash algoritmi Agar funksiyaning kirishiga berilgan tugun NULL bo’lmasa, 2-qadamga o’tish, aks holda funksiya chaqirilgan joyga qaytib borish.
Agar tugunning chap shoxi tuguni NULL bo’lmasa, uning info maydonini yangi butun toifali a ga o’zlashtirish, aks holda a=0.
Agar tugunning o’ng shoxi tuguni NULL bo’lmasa, uning info maydonini yangi butun toifali b ga o’zlashtirish, aks holda b=0.
Ekranga tugunning info maydoni qiymatini, tugunning chapidagi a va o’ngidagi b ni chiqaramiz.
Endi shu intrave() funksiyasining kirishiga joriy tugunning chap shoxi tugunini berib chaqiramiz, ya’ni yuqoridagi 4 ta amalni joriy tugunning chap shoxidagi tugun ustida bajaramiz.
Endi shu intrave() funksiyasining kirishiga joriy tugunning o’ng shoxi tugunini berib chaqiramiz, ya’ni yuqoridagi 4 ta amalni joriy tugunning o’ng shoxidagi tugun ustida bajaramiz.