1. A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish dasturini tuzing.
2. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini tuzing.
3. A massivda elementlar berilgan. Mazkur massiv elementlaridan shunday
V massiv shakllantiruvchi shunday dastur tuzingki, V massiv elementlari kamayish tartibida saralangan bo‘lsin.
4. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan. a ni A massivga shunday qo‘shingki, tartiblanganlik buzilmasin.
5. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A massivni, elementlari kamayish tartibida joylashgan massiv ko‘rinishida tez quruvchi dastur tuzing.
6. Manfiy va musbat sonlardan tashkil topgan A massiv berilgan. Barcha manfiy sonlarni chiqarib, musbatlarini o‘sish tartibda joylashtiruvchi dastur tuzing.
7. Berilgan A massivdan ketma-ket sonlar olib, ulardan o‘sish tartibida shakllantirilgan V massiv hosil qiluvchi dastur tuzing.
8. Mualliflar ro‘yhati A massiv shaklida berilgan. Mualliflarni alifbo tartibida shakllantirish va shakllangan ro‘yhatni ekranga chiqarish dasturini tuzing.
9. Telefon stansiyasida n ta mijoz bor. Quyidagi shaklda ro‘yhat hosil qiluvchi dastur tuzing: telefon raqami, mijoz familiyasi (telefon raqamlari o‘sish tartibida joylashadi).
10. A massivni uzunliklari har xil bo‘lgan n ta so‘z tashkil qiladi. So‘zlarni uzunliklari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing.
11-laboratoriya ishi. O‘xshash ifodalar va grammatika. Ishdan maqsad: Qo‘yilgan masala: Talabalar topshiriq variantiga mos saralash usuli yordamida masalani yechish dasturini yaratish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqnitp algoritmini ishlab chiqish;