Daraxt – bunda R to’plam iyerarxik tartibdagi bitta munosabatdan tashkil topgan tuzilmadir.
Graf – bunda R munosabatlar to’plami faqatgina bitta binar tartibli munosabatdan tashkil topgan bo’ladi.
Gipergraf – bu shunday ma’lumotlar tuzilmasiki, bunda R to’plam ikki yoki undan
ortiq turli tartibdagi munosabatlardan tashkil topgan bo’ladi.
Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikasiya qilish – ma’lumotlar tuzilmasini bir jinsli guruhlarga ajratish jarayoni.
Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - dastur bajarilishi mobaynida tuzilma elementlari soni va/yoki ular orasidagi munosabatlar o’zgaradi.
Statik ma’lumotlar tuzilmasi - dastur bajarilishi mobaynida tuzilmani tashkil etuvchi elementlar, ular orasidagi munosabatlar o’zgarmaydi.
So’z – bir vaqtning o’zida qayta ishlanishi mumkin bo’lgan minimal sondagi bit.
Ma’lumotlarni standart turlari – barcha dasturlash tillarida aniqlangan, boshqa ixtiyoriy tur shularning ma’lum kombinasiyalari orqali aniqlanadi. Bular
butun, /haqiqiy, mantiqiy, belgili (simvol), ko’rsatkichli turlardir.
Butun tur – bu butun sonlar to’plamini qandaydir qism to’plamini ifodalab, uning qiymatlar sohasi kompyuter konfigurasiyasiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi.
Haqiqiy tur – mazkur turga kasr qismlari bor chekli sonlar to’plami kiradi. To’plamni chekli bo’lish sharti kompyuterda sonlarni ifodalash chegaralanganligi bilan bog’liq.
Mantiqiy tur - mazkur tur mantiqiy mulohazalarni to’g’ri yoki noto’g’riliginii aniqlash uchun ishlatilib, ushbu turdagi o’zgaruvchi 2 ta qiymatdan faqatgina bittasini qabul qiladi: 0 (false) yoki 1 (true).
Belgili tur – mazkur tur o’zgaruvchilari belgili qiymatlarni qabul qilishadi, masalan, harflar, raqamlar, matematik belgilar va boshqalar. Ular tartiblangan bo’lib, har biriga ASCII kodida ma’lum bir son mos qo’yiladi.