Ma’lumot – bu biror bir obyekt, jarayon, xodisa yoki voqyelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir.
Ma’lumotlar tuzilmasi– bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar(ma’lumotlar) va ular orasidagi bog’liqlikni ko’rsatib beruvchi munosabatlar majmuasidir. Ma’lumotlar tuzilmasini ba’zan S=ko’rinishda ifodalab olinadi, bu yerda S- ma’lumotlar tuzilmasi, D – tuzilmani tashkil etuvchi elementlar to’plami, R – tuzilmani tashkil etuvchi elementlar orasidagi munosabatlar to’plami.
Abstrakt (matematik) tasvirlash – bu tadqiq etilayotgan obyekt, jarayonni ma’lum bir qonuniyatlar (matematik) orqali ifodalashdir.
Ma’lumotlar tuzilmasini mantiqiy tasvirlash – bu tuzilmani biror bir dasturlash tilida ifodalashdir.
Ma’lumotlar tuzilmasini fizik tavsirlash – bunda qaralayotgan ma’lumotlar tuzilmasi kompyuter xotirasida, aniqrog’i, operativ xotirada qanday joylashishi tushuniladi.
To’plam ko’rinishidagi ma’lumotlar tuzilmasi – bu shunday tuzilmaki, uning elementlari orasida hyech qanday munosabat o’rnatilmagan. Bundan tashqari to’plam elementlari bir turga tegishli va ular takrorlanmaydi.
Ketma-ketlik – shunday abstrakt tuzilmaki, bunda R to’plam faqatgina bita chiziqli munosabatdan iborat (ya’ni, birinchi va ohirgi elementdan tashqari har bir element uchun o’zidan oldin va keyin keladigan element mavjud.
Matrisa – shunday tuzilmaki, bunda R munosabatlar to’plami ikkita chiziqli munosabatdan tashkil topgan bo’ladi.