Yo’l uzunligi (orgrafda)- yo’lni tashkil etuvchi yoylar soni.
Oddiy yo’l - birinchi va so’ngi tugundan tashqari barcha tugunlar turli hil.
Chiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasini mantiqiy tasvirlash - qo’shma matrisa yoki ko’rsatkichli bog’langan ro’yxat.
To’r (set) – bunda tuzilmaning barcha elementlari bir-biri bilan bog’langan bo’ladi.
Utilizasiya – keraksiz, ortiqcha elementlarni tozalash, yo’qotish va xokazolar.
Tuzilma elementlarini utilizasiya qilish – tuzilmani keraksiz elementlardan tozalash. Mazkur ishni ikki hil yo’l bilan amalga oshirish mumkin: xisoblagichalar (schetchiklar) va markerlar usuli.
Rekursiya– bu shunday jarayonki, unda tadqiq qilinayotgan jarayonni aniqlash mazkur jarayonga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Rekursiv algoritm – bu algoritmni aniqlashda o’ziga bevosita yoki bilvosita murojaat qilishdir.
Rekursiv ma’lumotlar tuzilmasi – bunda tuzilmani tashkil etuvchi elementlarham mazkur tuzilmaga o’xshash tuzilma bo’ladi.
Rekursiv triada – 1) parametrizasiya qilish; 2) rekursiya bazasi; 3) dekompozisiya.
Daraxt– bu chiziqsiz, iyerarxik bog’langan ma’lumotlar tuzilmasi bo’lib, unda shunday bitta element borki, unga tuzilmaning boshqa elementlaridan murojaat yo’q, mazkur element daraxt ildizi deyiladi.
Ildiz– bunday tugunga tuzilmaning hyech qaysi elementidan murojaat yo’q.
Oraliq tugun – bunday tugun tuzilmaning kamida boshqa bitta tuguni bilan bog’langan bo’ladi, ya’ni mazkur tugunning ko’rsatkichlari maydonining kamida bittasi bo’sh emas.
Terminal (barg) – mazkur tugun tuzilmaning boshqa hyech qanday tuguni bilan bog’langan emas, ya’ni bunday tugunning barcha ko’rsatkichlar maydoni bo’sh bo’ladi.
Daraxt balandligi – bu daraxt bosqichlari sonidir.
Tugundan chiqish darajasi – bu daraxt tugunlaridan chiqayotgan shohlar soni.