«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Tuproqning suv o’tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash uchun mexanik tarkibi har xil bo’lgan bo’z, o’tloqi, o’tloqi-botqoq va boshqa tuproqlar olinishi mumkin



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə111/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Tuproqning suv o’tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash uchun mexanik tarkibi har xil bo’lgan bo’z, o’tloqi, o’tloqi-botqoq va boshqa tuproqlar olinishi mumkin.
Hisoblashlar ikkinchi belgigacha olib boriladi.
Tuproq fraksiyasi miqdoriga qarab bo’yi 20 sm, diametri 2,5-3 sm bo’lgan shisha naylar olinadi.
Har qaysi nayning pastki tomoniga filtr qog’ozi va doka bog’lab qo’yiladi.
Naylar 10 sm gacha tuproq bilan to’ldiriladi, bunda birinchi nayga – yirik donador (2-3 mm), ikkinchisiga – o’rtacha donador (1-2 mm), uchinchisiga – changsimon (0,5-0,25 mm) agregatlar va to’rtinchisiga qum (0,75-1 mm) solinadi.
Naydagi tuproqni tyeng taqsimlash lozim, buning uchun uni yengil narsa bilan syekin-asta urib zichlanadi.
Tuproqning yuvilib ketishdan saqlash uchun ustiga yumaloq filtr qog’oz qo’yiladi.
Nay shtativning pastki halqasi ostiga – voronkaga o’rnatiladi. Voronka ostiga o’lchov stakanchasi qo’yiladi.
Nayning ichki diametri (d) o’lchanadi va qo’yidagi formulaga muvofiq, naylarning kesishish maydoni aniqlanadi:

d2


W = ----------, sm24

Bunda: W - nayning ko’ndalang kesimini yuzasi, sm 2.


- aylananing diametriga nisbati; 3,14 ga tyeng.
d - nayning ichki diametri, sm.
3,14 va 4 – o’zgarmas sonlar.
Tuproqli nay ustidan suvli kolba (kolba shtativning yuqorigi halqasi ustiga o’rnatiladi) to’nkariladi va vaqt belgilab qo’yiladi.
Tuproq yuzidagi suv sathi 3-4 sm bo’ladi va nayni pastki dokasi orqali birinchi tomchi paydo bo’lishi kuzatiladi. Quruq tuproqning 10 sm qatlamidan suv qancha vaqtda o’tgani belgilab qo’yiladi.
Natijalar suv tuproqning 10 sm li qatlamidan sizib o’tishi uchun ketgan vaqt bilan belgilanadi va qo’yidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
h
V =--------
t
Bu yerda: V - suv o’tkazuvchanlik, sm/sek; sm/min.
h - tuproq qatlami, sm.
t - suv filtrlanish vaqti, min; sek.
Suv o’tkazuvchanlikni qo’yidagi usul bilan ham aniqlashi mumkin. Ishni bu usulda o’tkazish uchun 4 soat vaqt ajratiladi.
Tuproq qatlami orqali 15 minutda o’tgan suv, ya’ni filtrlangan suv 3 marta hisoblanadi (Q1; Q2; Q3).
Sarflangan suv miqdorini 3 marta kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar to’planadi va kuzatishlar soniga bo’linadi:

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin