Q1+ Q 2+ Q 3 Q = ----------------, 3 Bunda: Q -suvning 15 minut ichidagi o’rtacha sarfi, sm3. Q1 , Q2 , Q3 – tegishli kuzatishlardagi suv sarfi, sm3. Qo’yidagi formula yordamida suv o’tkazuvchanlik aniqlanadi:
Q · 60’ Q4 = -------------. W · 15’ Bu yerda: Q4 - suv o’tkazuvchanlikka sarflangan suv miqdori, sm/soat.
Q- suvning 15 min. ichidagi o’rtacha sarfi, sm3. W - nayning kesishish maydoni, sm2.
60’ va 15’ – o’zgarmas sonlar.
Asosiy ko’rsatkichlarni taqqoslash oson bo’lishi uchun yig’ma jadval tuziladi.
1- jadval
Tuproq qatlami orqali suv o’tgan vaqt
Tuproq nomi
Fraksiya-
ning o’lchami,
mm
Naylar
ning kesishish sathi, sm2
Suv
o’tkazuvchanlik, sm/min
15 minutdagi o’rtacha suv sarfi, (Q), cm3
Suv o’tkazuvchanlik (Q4),
sm/soat
4. Talabalar uchun topshiriqlar.
1. Har xil tuproqlarning suv o’tkazuvchanligini aniqlash mavzusini o’qib, o’zlashtirib yozib oling.
2. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini aniqlashni laboratoriya sharoitida o’rganish uchun kichik gruhlarga bo’linib, qo’llanmada berilgan tartib bo’yicha tajribani bajaring va olingan ma’lumotlarni berilgan jadvalga yozing.
3. Har bir kichik gruhlar ish natijasiga ko’ra xulosa qiladilar.
5. Har xil turdagi kerakli jihoz va uskunalar.
Shisha naylar, kolba, doka, filtr qog’ozi, shtativlar, qumli soat, suv o’lchagich.
6. Nazorat savollari Tuproqning suv o’tkazuvchanligi deb nimaga aytiladi?
Tuproq suv o’tkazuvchanligi nimada ifodalanadi?
Tuproqlarning suv o’tkazuvchanligi uning qaysi xususiyatlariga bog’liq bo’ladi?
Suv o’tkazuvchanlik qaysi usulda aniqlanadi?
5. Suv o’tkazuvchanlik qaysi formula yordamida topiladi?
6-modul: Tuproqning suv ko’tarish xususiyatini aniqlash (2соат)