Ekinlarning o’suv davrida issiqlikka bo’lgan talabi. (A.G.Golsberg
va boshqalar ma’lumoti)
Ekinlar.
|
Foydali harorati yig’indisi
|
Yumshoq bug’doy
Qattiq bug’doy
Arpa
Suli
Tariq
Don uchun ekilgan makkajo’xori
G’o’za
Kartoshka
|
1200-1700
1400-1700
950-1450
1000-1600
1400-1950
2100-2900
2900-4000
1200-1800
|
O’simliklar turiga qarab, harorat sharoitiga turlicha munosobatda bo’ladi. Masalan, ulardan bazilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari (bahorgi don ekinlari) nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni yengil o’tkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi.
O’simliklar issiqlikka bo’lgan talablariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.
1.Mo’tadil iqlim poyasida o’sadigan o’simliklar;
2.Janubiy kengliklarda o’sadigan o’simliklar.
Birinchi guruhga mansub o’simliklar: arpa, suli, bug’doy, javdar, ko’k nuxat, beda va boshqalarning urug’i o’rtacha temperatura 1-50 bo’lganda o’nib chiqadi, 10-120 da gullaydi va yetiladi. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’lib, maysasi 5-100da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Shuning uchun bu o’simliklarning urug’i erta bahorda-fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Kuzgi ekinlar sovuqqa ancha chidamli bo’ladi. Masalan -400 ga, qor bo’lmaganda esa -300 sovuqqa chidaydi.
Ikkinchi guruhga issiqsevar o’simliklar: g’o’za, makkajo’xori, okjo’xori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularning urug’i 10-120 da unib chiqadi, 15-200 da gullaydi. Shunga ko’ra, ularning urug’i kech martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi bu o’simliklar orasida g’o’za o’ta issiqsevarligi bilan ajralib turadi, maysasi 160 da yer betiga chiqadi. Uning normal o’sishi va rivojlanishi uchun temperatura 25-300 dan past bo’lmasligi shart, aks holda g’o’zaning rivojlanishi susayadi. Chigitning o’nib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4000, gullashi uchun 4150, ko’saklar ochilishi uchun 6600, jami 15600 foydali temperatura zarur. Kechpishar g’o’za navlarining vegetasiya davri 150-160 kun, chigit unib chiqishi uchun 840, g’o’za shonalashi uchun 4150, gullashi uchun 7000, ko’saklar ochilishi uchun 720-8000, jami 1770-20000 foydali harorat kerak.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: |