«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə28/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

k) Sug’orishtarmoqlarida,ariq, kanallarningifloslanishi: Busuvningnormaloqishigatusqinlikqiladivako’plabyergashimilibisrofbo’ladi. Begona o’tlar dala ishlarini murakkablashtiradi. Ildizpoyali ko’p yillik begona o’tlar ekinlarni sifatli parvarish qilishni va hosilni yig’ishtirib olishni qiyinlashtiradi. Natijada qo’shimcha mehnat va mablag’ sarflashga, ya’ni yerlarni boronalash, kultivasiyalash, shudgorlash, urug’likni tozalash va ularga qarshi gerbisidlarni qo’llash kabi tadbirlarni amalga oshirishga zaruriyat tug’diradi. Paxta terish vaqtida esa yovvoyi gultojixo’roz, olabuta, ituzum, quypechak va boshqalar paxta tolasini, quytikan, qariqiz va boshqalar esa, quy juniga ilashib uning sifatini yomonlashtiradi. Har xil o’t urug’larining donga aralashib ketishi (randak, kakra) un sifatini buzadi. Ko’rinib turibdiki, begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Begona o’tlarga qarshi kurash eng muhim vazifa bo’lib, ular yo’qotilsa, mavjud yerlardan sifatli va barqaror mo’l hosil olish imkoni beradi.
2. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari
Begona o’tlar ko’p qirrali biologik xususiyatga ega bo’lgani uchun ham ularga qarshi kurashish birmuncha qiyin. Shuning uchun ularning biologik xususiyatlarini har taraflama o’rganish, ularning tarqalishni oldini olish yoki qirib tashlash tadbirlarini qo’llashni ancha yengillashtiradi. Begona o’tlarning biologik xususiyatlaridan biri ularning serurug’liligidir. Masalan, bir tup yovvoyi gultojixo’roz-500000, olabuta-150000, tuyaqorin-200000, ituzum-45000 ta ayrimlari esa milliondan ortiq urug’ hosil qiladi, madaniy o’simliklarning ko’pchilligini urug’lari soni esa 200-300 tadan oshmaydi (7-jadval). Begona o’tlarning urug’i unuvchanlik qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlaydi. Tajriba ma’lumotlariga qaraganda, semizo’t urug’i 40 yildan, tugmachagulniki 57 yildan keyin o’nuvchanlik qobiliyatini 6-18,2 % saqlagan, itqo’noq urug’i-29 0S sovuqda, yantoqniki +85-95 0S issiq suvda o’nuvchanligini yo’qotmagan.
Buni ularning rug’i suv, havo o’tkazmaydigan maxsus qobiqqa o’ralganligi bilan izohlash mumkin
7-jadval

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin