«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


a) Tuproq unumdorligini kamayishi



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə27/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

a) Tuproq unumdorligini kamayishi: Begona o’tlar tuproqning haydalma qatlamida, ya’ni o’simliklar o’zining o’sib rivojlanishi uchun oziq oladigan qavatida baquvvat ildiz tizimi hosil qiladi va oziqa moddalarni o’zlashtiradi.
b) Tuproqning qurib qolishi: Tuproqda nam yetarli bo’lmasa madaniy o’simliklar rivojlana olmaydi, ularning ko’p qismini begona o’tlar o’zlashtiradi. Masalan, F.I.Malkov ma’lumotlariga ko’ra, Turkmanistonda yantoq bosib ketgan 1 ga yerda 1 oy ichida 653 m3 , quypechak bosib ketgan dalada esa 503 m3, nam sarflangan.
v) Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizasiyalash-tirishdagi qiyinchiliklar: Masalan, begona o’tlar kombaynning ishchi organlariga tiqilib qolib normal ishlashiga halaqit beradi. Ildiz tizimi baquvvat bo’lgan begona o’tlar haydash vaqtida plugga tuproq qarshiligini oshiradi hamda plugni ishdan chiqaradi, ish sifatini pasaytiradi.
g) Ekinlarni soyalatishi: begona o’tlarning poya va barglari o’sishda madaniy ekinlardan o’tib ketadi, va ularni soyalatib qo’yadi.
d) G’o’za, g’alla va boshqa ekinlarni o’rab olishi: Masalan, qo’ypechak, chirmashib o’sadigan boshqa o’tlar ularni yetkizib qo’yib hosilni normal yig’ib olishni qiyinlashtiradi va hosilini pasaytirib yuboradi.
ye) Tekinxo’r begona o’tlarning yopishib olishi: shumg’iya va zarpechak madaniy o’simliklarning ildiz va poyalariga yopishib olib, ularni shirasi bilan oziqlanadi.
j) Ekinlarda har-xil kasallik va zararkunandalarning tarqalishi: Masalan, karamguldoshlarga mansub yovvoyi turp, rango’t va boshqa begona o’tlar tekinxo’r zamburug’larning rivojlanishi uchun manba bo’lib xizmat qiladi (karam kili, soxta un-shudring kasalligi). G’alla ekinlariga tusha-digan zang va boshqa zamburug’ kasalliklari bug’doyiq kabi eng xavfli bego-na o’tlarda rivojlanadi. G’o’za zararkunandasi karadrina bahorda quypechakka joylashib, so’ngra madaniy o’simliklarga o’tadi.
z) Hayvonlarning zaharlanishi: ko’pgina o’tlar urug’ida va o’suv organlarida zaharli moddalar bo’ladi, bular hayvon va odam organizmini zaharlaydi. Shuning uchun kampirchapon, akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, sutchup, sutlama, temirtikan, chirmovuq, g’umay, kakra, qoramiq va boshqalarning urug’i aralashgan g’alla mahsulotlarini odam va hayvonlar iste’mol qilishi man etiladi, chunki undan zaharlanish mumkin. Begona o’tlar urug’i aralashgan don qizib ketib, tez buziladi va sifati yomonlashadi

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin