«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalishi



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə30/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

3.Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalishi
Begona o’tlarga qarshi kurashda avvalo ularning ko’payishi, tarqalishi, yani dalalarni ifloslantiruvchi manbalarini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar asosan urug’lari bilan ko’payadi. Ko’p yillik begona (g’umay, ajiriq, qamish, salomalaykum, qo’ypechak, yantoq, kakra kabi) o’tlar urug’lari va vegetativ organlari poya bulaklari, bachki ildizi va ildiz poyalaridan ham ko’payadi. Begona o’tlarning urug’lari shamol, suv, go’ng, hayvonlar, qushlar va urug’lik bilan tarqaladi. Qamish, ilon o’t, oq bosh, bo’z tikan, qushqo’nmas va boshqalarning urug’lari asosan shamol yordamida tarqaladi, chunki ularning urug’larida turli moslamalar (zontiksimon, parashyutsimon uchmalar, qanotchalar va boshqalar) bor. Ular shu moslamalari yordamida havoga bemalol ko’tariladi va havo oqimi, shamolning yo’nalishi bo’yicha uchib yuradi.
Shuvoq, quytikan, sho’ra kabi begona o’tlar o’suv davrining oxirida kuzda yumaloq shar shakliga kiradi va ildiz bug’zidan uziladi, natijada, ular shamol yordamida keng dalalar buylab yumalab yurib yo’l-yo’lakay urug’ini to’kib ketadi.
A.Juraqulov (1987) ma’lumotlariga ko’ra, begona o’tlar shamol yordamida eng ko’p oktyabr va noyabr oyilarida tarqalishi kuzatilgan.
G’umay, quypechak, oq sho’ra, yovvoyi gultojixo’roz, itqo’noq, kurmak va boshqalarning urug’lari ekinlar sug’oriladigan suvda oqib keladi va tarqaladi. Bir m3 ariq suvida 100 tagacha kurmak va itqunoq urug’i oqib kelishi aniqlangan. Jizzax viloyati, Paxtakor tumani Paxtakor xo’jaligida A.Juraqulov (1987 y) ma’lumotlariga ko’ra, 1 m3 suvda 26 ta gacha begona o’tlar urug’i oqib kelishi aniqlangan. Qo’ytikan, g’o’zatikan, yovvoyi sabzi kabi begona o’tlarning urug’larini ilashuvchi moslamalari bo’lib, ular hayvonlar juniga yoki oyoqlariga, odamlar kiyimiga ilashib yoki yopishib o’z o’zidan tarqaladi. Qora va qizil ituzum chug’urchuqlar yordamida tarqaladi. G’alla ekinlari orasidagi begona o’tlar esa, urug’ni yaxshi tozalanmasligi natijasida tarqaladi.
Ko’pincha begona o’tlar dalalarga solingan, ayniqsa, chirimagan go’ng bilan tarqaladi. Go’ngda begona o’tlar urug’i qattiq po’stli bo’lib hayvonlarning meda ichagidan o’tganda ham hayotchanligini yo’qotmaydi va go’ng bilan dalaga qaytadi.
Zarpechak ko’pincha yantoqda tekinxo’rlik qiladi shuning uchun ham yantoqli joylarda boqilgan qo’y va echkilarning go’ngini beda, poliz, sabzavot ekinlari ekiladigan yerlarga solish ana shu ekinlarni zarpechak bosishga olib keladi.
Ajiriq, g’umay qamish kabi begona o’tlarning ildizpoyalarining qishloq xo’jalik mashinalarining ishchi organlariga ilashib tarqalishi ham mumkin. Ana shu o’tlar bor joylarda diskli boronalarda boronalash ildiz poyalarini mayda bo’laklarga bo’linishi va bir qancha, yangi o’simliklar paydo bo’lishiga olib keladi. Begona o’tlarning biologik xususiyatlarini, ko’payishi va tarqalishi har tomonlama puxta o’rganish ularga qarshi kurash choralarini samarali o’tkazishga yordam beradi.

Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga katta zarar keltirib, u ekinlar hosili va sifatini pasaytiradi, mahsulot yetishtirish sarf-xarajatlarini oshirib yuboradi. Begona o’tlar tuproq unumdorligini pasaytiradi, uni qurib qolishiga sabab bo’lib, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirishni qiyinlashtirib, sug’orish tarmoqlarini ifloslantiradi. Begona o’tlar serurug’, urug’lari ko’p yillar unuvchanligini yo’qotmasligi, turli yo’llar bilan ko’plab tarqalish xususiyati xos bo’lib, ularga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, eng avvalo ularni ko’payish va tarqalish xususiyatlarini bilish kerak.

aqliy hujum.
Bevosita jamo bo’lib, “fikirlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikirlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikirlarni engishdir.


  1. Begona o’tlar nima deb qanday o’simliklarga aytiladi?

  2. Begona o’tlarning dehqonchilikdagi zararini ayting?ona o’tlar inson va hayvonlarga qanday zararli ta’sir ko’rsatadi?



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin