«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Kech bahorgi begona o’tlar



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə33/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Kech bahorgi begona o’tlar. Urug’i tuproq yetarli qiziganda 23-27 0S unib chiqib, sekin rivojlanadi. Masalan, yovvoyi gultojixo’roz, semiz o’t, shamak, ituzum, tuyaqorin, bangidevona, qo’ytikan, kurmak, itqo’noq va boshqalar kiradi.
Yovvoyi gultojixo’roz – (Amaranthus retroflexus L) gultojixo’rozlar oilasiga mansub bo’lib, bir yillik kech bahorgi begona o’t hisoblanadi. Hamma joyda uchraydi. Ayniqsa, qator orasi ishlanadigan va sabzavot ekinlarini ifloslantiradi. Juda serurug’, bir tup o’simlik 500 mingtacha urug’ qiladi. Urug’i tuproq harorati 20 0S dan yuqori bo’lganda unib chiqadi. Tuproqda urug’i 10 yilgacha unuvchanligini saqlaydi.
Qishlovchi begona o’tlar. Bu guruhga maysalari qishlash qobiliyatiga ega bo’lgan o’simliklar jag’-jag’ (achambiti) yarutka, bo’tako’z, moychechak, qurtena va boshqalar misol bo’laoladi. Kuzda ungan urug’lar ildiz yenidan tupbarg hosil qilib hamma rivojlanish pallasida, hatto gullash fazasida ham qishlashi mumkin.
Jag’-jag’ (achambiti) – (Capsella bursapastoris (1)) krestguldoshlar oilasiga kiruvchi, buyi 10-17- sm keladigan bir yoki bir necha poyaga ega bo’lgan bir yillik o’tdir. Mart – may oyilarida gullaydi. Hamma joyda uchraydi va hamma ekinlarni ifloslantiradi, ayniqsa siyrak bo’lgan kuzgi g’alla ekinlarni va ko’p yillik o’tlarni ifloslantiradi.
Kuzgi begona o’tlar. Bu o’tlarning urug’i kuzda unib chiqadi. Ularning maysasi yaxshi o’sishi va rivojlanishi uchun kuzgi qishki, davrdagipast harorat zarur. Kuzgi begona o’tlarning urug’i qaysi vaqtda unib chiqishidan qatiy nazar, faqat kelgusi yili poya, gul, meva va urug’ beradi. Bularga ro’vak, yaltirbosh, qaramiq kabi o’tlar kiradi.
Yaltirbosh, (Bromus tectorum L) – boshoqdoshlar oilasidan, buyi 20-30 sm keladigan bir yillik o’simlik. Poyasi kam shoxlangan, yupqa tukchalar bilan qoplangan. Yaltirbosh namlik yetarli bo’lsa kuzda unib chiqadi. Aprel oyida gullaydi, may oyida urug’i pishadi.
Ikki yillik begona o’tlar. O’sishi, rivojlanishi va urug’ hosil qilishi uchun ikki yil zarur. Bu biologik guruhdagi begona o’tlarning urug’i bahorda, yezda unib chiqsa, bir qish, kuzda unib chiqsa, ikki qish qishlaydi. Urug’i ungan holda, ya’ni birinchi yili ildizi yenidan tupbarg chiqarib qishlaydi. Qishlab chiqqan o’simlik kelgusi yili bahorda poya chiqaradi, gullaydi va urug’ hosil qiladi. Urug’i pishgandan keyin, o’t quriydi. Ikki yillik begona o’tlar urug’idan va ildiz kurtaklaridan ko’payishi mumkin. Mazkur biologik guruhga qashqarbeda, sigirquyruq, sariq yovvoyi beda, lattatikan, oqkarrak, sutchup, yovvoyi sabzi va boshqalar kiradi.
Qashqarbeda, - (Mililotys officinalis (L)) dukkakdoshlar oilasiga kiradi. G’alla ekinlari orasida va kuchsiz sho’rlangan yerlarda o’sadi. Poyasi tik o’sadi, balandligi 30-100 sm va undan ortiq bo’ladi. Iyundan kuzgacha gullaydi, urug’idan ko’payadi. Urug’ining unuvchanligi tuproqda 20 yildan ko’proq saqlanadi. Birinchi yili tupbarg hosil qilmay, gullamaydigan poya chiqaradi. Kelgusi yili bahorda ildiz yenidan kurtaklar o’sa boshlaydi, gullab hosil beradigan poya hosil qiladi. Ikkinchi yili qashqarbeda kuchli rivojlangan poyalari bilan ekinlarni siqib qo’yadi va hosilni yig’ib olishga juda xalaqit beradi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin