«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-Modul BEGONA O’TLARNING BIOLOGIK GURUHLARI VA HISOBGA OLISh USULLARI



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə31/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

8-Modul

BEGONA O’TLARNING BIOLOGIK GURUHLARI VA HISOBGA OLISh USULLARI



Reja:

1.Begona o’tlar klassifikasiyasi (biologik guruhlari).
2.Notekinxo’r begona o’tlar va ularning guruhlari.
3.Tekinxo’r begona o’tlar va ularning turlari.
4.Dalalarni begona o’tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish usullari va xaritasini tuzish.


1. Begona o’tlar klassifikasiyasi (biologik guruhlari).
O’zbekistonda begona o’tlarning 72 ta oilaga mansub bo’lgan 841 turi uchraydi. Shundan 519 turi bir yillik, 322 turi ko’p yillik o’simliklardir (Burigin V.A., Jongurazov F.X., 1975). Begona o’tlar muhim biologik xususiyatlari, yani oziqlanishi, yashash davri va ko’payish usuliga ko’ra notekinxo’r, tekinxo’r va yarim tekinxo’rlarga bo’linadi (8-jadval)
8-jadval
Begona o’tlar klassifikasiyasi (A.I.Malsev buyicha)

Notekinxo’r begona o’tlar



Tekinxo’r va yarim tekinxo’r begona o’tlar

Kam yilliklar:

  1. Efemerlar

  2. Bahorgilar:

a) erta bahorgi
b) kech bahorgi

  1. Qishlovchilar

  2. Kuzgilar

  3. Ikki yilliklar

Ko’p yilliklar:
1.Vegetativ usulda ko’paymaydigan yoki kuchsiz ko’payadiganlar;
a) o’q ildizlilar
b) popuk ildizlilar
2.Vegetativ usulda kuchli ko’payadiganlar:
a) piyozlilar
b) tugunaklilar
v)sudralib o’suvchilar
g) ildizpoyalilar
d) ildizbachkililar

Tekinxo’rlar:
a)ildiz tekinxo’ri.
b) poya tekinxo’ri.
yarim tekinxo’rlar

2. Notekinxo’r begona o’tlar va ularning guruhlari.
Notekinxo’r begona o’tlareng katta guruhni tashkil etadi. Ular avtotrof bo’lib, yashil barg va ildiz tizimiga ega, hamda tuproqdan suv va oziq moddani bevosita o’zi o’zlashtiradi va mustaqil hayot kechiradi, yani fotosintez jarayoni natijasida anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Hayotining davomiyligiga ko’ra ular bir yillik va ko’p yilliklarga bo’linadi. Bir va ikki yillik begona o’tlar o’z hayoti davomida bir marta, ko’p yilliklari esa har yili bir necha (polikarpik) marta urug’ beradi.
Bir yillik begona o’tlar eng ko’p va keng tarqalgan biologik guruh hisoblanadi. Ular faqat urug’idan ko’payadi.
Bir yillik begona o’tlar o’z navbatida urug’larining unib chiqish muddatlariga qarab efemer, bahorgi, qishlovchi va kuzgi begona o’tlar kabi bioguruhlarga bo’linadi.
Efemerlar. O’suv davri qisqa, yani urug’i unishidan to yangi hosil pishguncha 1,5-2,0 oy davom etadigan o’simliklardir. Lolaqizg’aldoq va yulduzo’t bunga misol bo’la oladi.
Yulduzo’t, (Stellaria wedia (L) Cyr) kuchsiz shoxlangan poyaga ega bo’lib, u yerga yetgan yoki sal ko’tarilgan bo’ladi. Hamma ekinlar orasida, ayniqsa, qator orasi ishlanadigan va sabzavot ekinlari orasida uchraydi. O’suv davri 40 kun. O’simlik 15-25 mingta urug’ beradi va ularning tuproqda yashovchanligi 5-8 yil. uning maysalari butun yoz buyi tuproqda namlik bo’lsa paydo bo’lishi va yoz davomida 2-3 avlod berishi mumkin.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin