«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Ko’p yillik begona o’tlar



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə34/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Ko’p yillik begona o’tlar biologik belgilari jihatdan bir yillik va ikki yillik begona o’tlardan farq qiladi. Hayoti davomida ko’p marta hosil beradi. Bu biologik guruhning ko’pgina vakillari asosan vegetativ yul bilan (ildiz poya va ildiz bo’laklaridan) va generativ yo’l bilan (urug’laridan) ko’payadi. Qishga kelib ko’p yillik begona o’tlarning poyalari qurib qoladi. Kelasi yil tuproqda qolgan ildiz va ildizpoyalardan yangi ildizpoyalar rivojlanadi. Ko’p yillik begona o’tlar o’qildizlilar, ildizpoyalilar, ildizbachkililar, popuk ildizlilar, piyozlilar, tuganaklilar va sudralib o’suvchilarga bo’linadi.
Ildizpoyali begona o’tlar. G’umay, ajriq, qamish, salomalaykum, dala qirqbug’imi, achchiqmiya, oqmiya va boshqalar kiradi. G’umay, salomalaykum va ajriq karantin begona o’tlar qatoriga kiradi.
G’umay, - (Andropogon halepensis) g’alladoshlar oilasiga kiradi. May- iyunda gullaydi. Iyun-oktyabrda hosil beradi. Poyasining buyi 1,5 m gacha boradi, pastki qismidan shoxlaydi. Urug’idan va ayniqsa, ildizpoyalaridan ko’payadi. Bir tup o’simlikda 2-3 mingta urug’ hosil bo’ladi. G’umayning baland poyalari madaniy o’simliklarni soyalab qo’yadi, bu hosilni ancha kamaytiradi. G’umay tarkibida zaharli sianid birikmalari bo’lgani uchun uni yegan mollar zaharlanadi.
Ildizbachkili begona o’tlar. Kakra, bo’ztikan, qo’ypechak, qizilmiya, yantoq, oqbosh, takasoqol va boshqalar kiradi.
Kakra – Acroptilon picris. Murakabguldoshlar oilasiga kiradi. Hamma ekinlar orasida o’sadi. Poyasi tik shoxlangan, qalin bargli, buyi 60 sm gacha boradi. Iyul-sentyabrda urug’i pishadi. Urug’laridan, ayniqsa, ildizbachki-lardan ko’payadi. Kakraning ildizi sizot suvigacha yetadi. Pichanga 5 % kakra aralashishi hayvonlar uchun havfli bo’ladi.
Popuk ildizli begona o’tlar. Bu biologik guruhga bir nechta o’simlik mansub bo’lib, vegetativ usulda ko’payishi uchun ularning maxsus organlari yuq. Ular asosiy ildizi qisqarib, ko’plab yen ildizlar tutami, ya’ni popuk ildizlari rivojlangan. Bu guruh o’simliklari urug’idan ko’payadi. Bularga zubturum, bargizub va boshqalar kiradi.
Bargizub, - (Plantago major) zubturumdoshlar oilasiga kiradi. Hamma yerda uchraydi. Naysimon ko’rinishdagi poyasi bargsiz, buyi 15-30 sm keladi. Asosan urug’idan ko’payadi. Bir tup o’simlikdan 8-60 ming urug’ bo’ladi. Unuvchanligi tuproqda kamida yetti yil saqlanadi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin