«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə36/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Ildiz tekinxo’rlari. Bunga shumg’iyaning barcha turi kiradi. O’zbekistonda shumg’iyaning ikkita turi uchraydi: kungabokar va misr shumg’iyasi.
Kungaboqar shumg’iyasi (Orobanche Cumana) shumg’iyadoshlar oylasiga kiradi. Asosan kungaboqar ildizida, qisman pomidor, tamaki va poliz ekinlarida tekinxo’rlik qilib yashaydi. Poyasi oddiy shoxlanmagan, qo’ng’irroq, seret, asosi yug’onlashgan, bo’yi 25 sm gacha boradi. Yezning ikkinchi yarimida gullaydi va meva beradi. Urug’i juda mayda bo’lib shamol bilan oson tarqaladi.
Misr shumg’iyasi (Orobanche acgyptiaca Pers). Bir yillik o’t, bo’yi 40 sm. poyasi tik o’sadi, ilonizli, shoxlangan, oqish. To’pguli 25 sm iyul –oktyabr oylarida gullab urug’lari sabzavot poliz ekinlari va boshqa o’simliklarda tekinxo’rlik qiladi. U shuningdek qo’ytikan, ituzum, qo’ypechak kabi begona o’tlarda tekinxo’rlik qilib yashaydi. Shumg’iyalarning barcha turlari karantin begona o’tlar hisoblanadi.
Yarim tekinxo’r begona o’tlar. Yarim tekinxo’r begona o’tlar so’rg’ich (goustariya) lari bilan bir qatorda fotosintez bo’ladigan yashil barglarga ega. Bular O’zbekistonda va O’rta Osiyoning boshqa respublikalarida tarqalmagan. Boltiq buyi respublikalarida uchraydi paq-paq o’t –(Alyectrolophus mojor), ochanka (Yeuphrasia monfana). Bu bir yillik o’simlik. O’tloq, bo’z yerlardagi ekinzorlarni zararlaydi hosilning sifatini pasaytiradi.
4. Dalalarni begona o’tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish usullari.
Dalalardagi yoki ekin maydonlaridagi begona o’tlarga qarshi samarali kurashish uchun avvolo ularni hisobga olish kerak. Chunki u yoki bu tadbirni qo’llashdan oldin ifloslantiruvchi begona o’tlarning biologik xususiyatlarini bilish zarur. Dala begona o’tlar bilan qay darajada ifloslanganligini bilish va xarita tuzish, ularga qarshi kurash tadbirlarini to’g’ri tashkil etishga yordam beradi.
Bunda begona o’tlar ikki xil usulda, yani yurib ko’z bilan chamalab, taxminan va aniq hisobga olinadi.
Yurib ko’z bilan chamalash usuli. Bu usul oson va qulay, chunki bunda dalaning diagonali buylab malum oraliqda yurilib, begona o’tlar taxminan hisobga olinadi va ballga ajratiladi.
Ballga ajratishda akademik A.I.Malsevning qo’yidagi to’rt balli shkalasidan foydalaniladi.
1 ball o’simlik qoplamida 5 % gacha begona o’t uchraydi
2 ball o’simlik qoplamida 5-25 % gacha begona o’t uchraydi
3 ball o’simlik qoplamida 25-50% gacha begona o’t uchraydi
4 ballda esa begona o’tlar madaniy o’simliklarga qaraganda ko’pchilikni tashkil etadi.
Har bir almashlab ekish dalasidagi begona o’tlar aniqlangach, olingan natijalar begona o’tlarni hisobga olish qaydnomasiga yoziladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin