«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Paxtachilikda asosiy gerbisidlardan foydalanish



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə42/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Paxtachilikda asosiy gerbisidlardan foydalanish. Hozirgi vaqtda paxtachilikda gerbisidlar keng qo’llanilmokda, chunki boshqa chora-tadbirlar begona o’tlarning ekinlarga salbiy ta’sirini to’la-to’kis bartaraf etganicha yo’q.
Bir yillik o’tlarga qarshi gerbisidlar chigit ekish bilan bir yo’la PGS-2,4 va PGS-3,6 markali maxsus moslamalarda purkaladi. Gerbisidlar bir yillik ikki pallali va boshoqli begona o’tlarga qarshi aliyenza 0,5-0,6 kg/ga yoki 600 g/ga, prometrin 3,0-5,0 kg/ga daxlar 50% em.k. 2,0 – 2,5 ga/kg, kotoron. 1.6-2,5 kotoneks 80% 1,2 ga/kg, nitran 30% em.k. 3,3-6,0 ga/kg, treflan 24% em.k. 4,0-7,0 ga/kg, trifmoreks 24% 3,5 ga/kg, triflurek 48% 1,5 ga/kg, g’o’zaning o’suv davrida bir yillik va ko’p yillik boshoqli begona o’tlarga qarshi aramo 50, 1,5-2,0 ga/kg, nabu 20% em.k. 1,5-3,5 ga/kg, pantera 1,0-1,5 ga/kg, targa super 2,0-4,0 kg/ga, targit MSMA 2,0-2,5 ga/kg, senurion 0,2-0,4 ga/kg meyorlarida ishlatiladi. Ko’p yillik o’tlarga qarshi fosulen sentyabr, oktyabr oylarida 9-12 kg/ga meyorida qo’llaniladi.
Gerbisid ishlatilgan dalalar begona o’tlardan toza bo’lib, g’o’zaning yaxshi o’sishi, rivojlanishi va yuqori hosil yetishtirish uchun imkoniyat yaratiladi.
G’alla ekinlarida gerbisidlarni 300 l/ga suvda eritib samoletda, 600 l/ga suvda eritib OVX-28 purkagichida purkash mumkin. Hozirgi vaqtda gerbisidlar bug’doyning tuplanish fazasida, bir yillik ikki pallali begona o’tlarga qarshi bazagran 2,0- 4,0 ga /kg, banvel 0,15 –0,5 ga /kg, granstar 75 Df 10,0-20,0 ga / g, derbi 175ss 50,0-60,0 ga /ml, pardner 1,5 ga /kg, puma super 0,6-0,8 ga /kg, starane 200 0,75 –1,0 ga /kg, xussar 0,075 –0,1 ga /kg meyorida ishlatiladi. Hosil yig’ishtirilgandan keyn va kelgusi yil boshoqli ekinlar ekish rejalashtirilgan dalalarga ekishdan 30 kun oldin o’sayotgan begona o’tlarga qarshi glifus, glifagon va dafosat 4,0 – 6,0 ga /kg meyorlarida qo’llaniladi. Sholida bazagran 2,0-4,0 ga /kg aura plyus 2,0-2,5 ga /kg, kliner 1,0 –1,25 ga /kg, gulliver 25,0-30,0 ga /kg , saturn 8,0- 10,0 ga /kg, faset 1,8 ga /kg, yalan 8- 16 ga /kg meyorida ishlatiladi.
Sabzavotlarda sabzining o’suv davrida zellek super 1,0 ga / kg, linuran 0,8- 3,0 ga/l, kerasin 300-400 ga/l, piyozda ramrad 4,6- 6,6 ga/l, furare super 0,8- 1,2 ga /kg, totril 2,0- 3,0 ga/kg, starane 0,75 – 1,0 ga/ kg meyorlarida qo’llaniladi.
Kartoshkada zellek super 1,0 ga /kg, stomp 1,0- 2,0 ga /kg, targa super 2,0 –4,0 ga/kg, meyorlarida va pomidor,baqlajan qalampir ekinlarida treflan 3,6 ga /kg, nitran 3,0 –4,5 ga /kg, fyuzilad super 2,0 – 4,0 ga/ kg meyorlarida qo’llaniladi.
Gerbisidlar belgilangan meyordan ortiq ishlatilsa, madaniy o’simliklarga salbiy tasir etadi. Bir dalaga begona o’tlarga qarshi bir xil gerbisidni ikki yildan ortiq ishlatmaslik kerak. Aks holda begona o’tlarning zaharga chidamli avlodlari tarkib topadi, natijada ko’zda tutilgan samaraga erishib bo’lmaydi.
Tuproqqa to’planayetgan gerbisidlar mikroorganizmlarga, ayniqsa, foydalilariga salbiy tasir etadi, natijada mikrobiologik jarayonlarning kechishi murakkablashadi. Oqibatda tuproqdagi foydali va zaharli mikroorganizmlar orasidagi muvozanat buziladi. Shuning uchun olimlar begona o’tlarga qarshi gerbisidlarni yaratishda tashqi muhit va boshqa organizmlarga zararli tasir etmaydigan preparatlarni izlab topishlari kerak.
Gerbisidlarning hammasi odam va hayvonlar uchun zaharli bo’lmasa ham, ular bilan ishlashda O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi va Sog’likni saqlash vazirliklari tomonidan zaharli moddalar bilan ishlaydiganlar uchun belgilangan xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Kasal odamlar, homilador va emizakli ayellar, 18- yeshga to’lmagan o’spirinlar gerbisidlar bilan ishlashga qo’yilmaydi. Kimyoviy preparatlar bilan ishlaydigan shaxslar instruktajdan o’tishlari va maxsus kiyim (kombinzon, suv o’tkazmaydigan materialdan fartuk, etik, rezinali qo’lqop, sinmaydigan oynali ko’zoynak va raspirator) ga ega bo’lishi kerak. Ishlash joyida zaharlanganlarga vrach davolashiga qadar yordam berish uchun zarur medikamentlari bilan aptechka bo’lishi kerak. Ishlash vaqtida maxsus himoya kiyimlarini yechish, chyokish va ovqatlanish qat’iy man etiladi. Ish tamom bo’lgandan keyin kiyimlar yaxshilab tozalanadi va har bir ishchiniki alohida joyga osib saqlanadi. Maxsus kiyimlarda uyga ketish yoki ularni olib ketish mumkin emas. Ish tugagandan keyin qo’l va yuzni sovunlab, dushda yaxshilab yuvinish kerak.
Gerbisidlar maxsus omborlarda qulflanib, preparatning nomi, tasir etuvchi modda miqdori, foiz miqdori va tayyorlangan vaqti yezilgan etiketka yopishtirilgan, yaxshi berkitiladigan mustahkam idishlarda saqlanadi. Omborlar zarur qurollar bilan jihozlangan va odamlar yashaydigan bino, suv manbalari va fermalardan kamida 200 m uzoqda bo’lishi kerak. Dalada gerbisidlarni qarovsiz qoldirish mumkin emas. Kimyoviy preparatlar bilan ishlash sutkasiga 6 soatdan oshmasligi kerak.
qo’yidagilar: 1)tayyorlangan gerbisid eritmasini qarovsiz qoldirish; 2)gerbisidlardan bo’shagan va ishchi eritma tayyorlangan idishlarda mollarga yem-xashak berish, ya’ni boqish; 3) gerbisidlardan bo’shagan idish yoki yashiklarda ichimlik suv, oziq-ovqat saqlash; 4) yuvinmasdan ovqatlanish qat’iy man etiladi.
Gerbisidlardan bo’shagan qog’oz idish, yashiklarni yeqib, kulini ko’mib yuborish zarur. Temir idishlarga kaustik sodaning 5% li eritmasi to’ldirilib, 6-12 soat qoldiriladi, so’ngra bir necha marta toza suv bilan chayqaladi.
Gerbisidlar bilan ishlash vaqtida qoidaga rioya qilmaslik oqibatida odamlar zaharlanishi mumkin. Bunda odamning boshi og’rishi, aylanishi, kuchsizlanishi kungli aynib qusishi mumkin. Bu vaqtda birinchi yordam qo’yidagilardan iborat: zaharlangan odamni gerbisid ishlatilayetgan joydan chiqarish, maxsus kiyimlarini yechib olib, yotqizish kerak. Agar gerbisid yutilgan, ya’ni oshqozonga tushgan bo’lsa, margansovkaning kuchsiz (och pushti rangli) eritmasini tayyorlab 0,5-1,0 l ichirib, sun’iy qustirish kerak. Keyin yarim stakan suvga 2-3 choy qoshiq aktivlashtirilgan ko’mir yoki 20 g tuz solib ichirish kerak. So’ngra zudlik bilan vrachni chaqirtirish yoki eng yaqin davolash punktiga olib borish zarur.
Gerbisid ko’zga, og’izga tushmasligi, labga, badanga tegmasligi kerak. U ko’zga tushsa, toza suv bilan, badandagisini esa sovunlab yaxshilab yuvib tashlash kerak.

Dehqonchilik qilinadigan yerlarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda, ularga qarshi kurashishda begona o’tlarning tarqalishini oldini olish, qiruvchi va maxsus tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Begona o’tlarni tarqalishini oldini olishda ichki va tashqi karantinni, yerga ekin ekish oldidan, ekin qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish tadbirlarini, maxsus kurashish choralari (biologik, olovli, mulchalash) bilan hamda kimyoviy kurashish (har xil gerbisidlarni qo’llash) choralari bilan qo’shib olib borilganda eng yuqori samaradorlikka, ya’ni ekinzorlardagi asosiy begona o’tlarni 85-95 foizini yo’qotishga erishiladi.

1.Begona o’tlarga qarshi kurashishda qanday chora-tadbirlar qo’llaniladi?
2.Begona o’tlarning tarqalishini oldini olish choralari qanday?
3.Ekin qator oralaridagi begona o’tlar qanday yo’qotiladi?
4.Begona o’tlarga qarshi agrotexnik kurashish choralari nimadan iborat? 5.Begona o’tlarga qarshi maxsus kurashish choralari deganda nimani tushinasiz?
6.Tuproq yuzasini mulchalash begona o’tlarga qanday ta’sir etadi?
7.Begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurashish choralari nima?
8.Begona o’tlarga qarshi gerbisidlarni qo’llash usullari, muddati va me’yorlari qanday bo’ladi?
9.Gerbisidlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari nimalardan iborat?




Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin