«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-Modul YERGA IShLOV BERISh, HAYDASh USULLARI VA SIFATI



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə43/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

1 0-Modul

YERGA IShLOV BERISh, HAYDASh USULLARI VA SIFATI



Reja:

1.Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar.
2.Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish.
3.Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi.



1. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar.
Tuproqning unumdorligiga va ekinlardan muttasil yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnika chora tadbirlari orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, yerga ishlov bermasdan turib bunday yerda ekin yetishtirib bo’lmaydi. Tuproq o’simlik ildizi uchun yetarli darajada yumshoq bo’lganda, uning suv fizik xususiyatlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshi bo’ladi.
Yerni ishlash deganda, uni shudgor qilish, tekislash, boronalash, kultivasiyalash, chizellash, mola bosish kabi ishlar tushuniladi.
Yerni ishlashdan asosiy maqsad, zichlangan yuqori qatlamni sifatli qilib yumshatishdan iborat. Ishlash vaqtida yer ag’darib chopiladi, aralashtiriladi, yumshatiladi, natijada tuproq yumshoq, suv va havo yaxshi o’tkazadigan bo’ladi.
Bir-biri bilan bog’liq holda o’tkaziladigan tuproqqa har xil mexanik ta’sir etishlarga yerni ishlash tizimi deyiladi.
Yer ishlanganda tuproq (suv, havo, issiqlik va oziq) rejimlarining yaxshi bo’lishi uchun qulay sharoit yaratiladi, yani haydalma qatlam tuzilishi va uning donadorligi o’zgaradi; tuproqning qo’yi qatlamidagi oziq moddalar yuqoriga ko’tarilib, uning aylanish davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi; begona o’tlar yo’qotiladi; organik va mineral o’g’itlar va ang’iz tuproqqa qo’shiladi; tuproqning yuza qatlamida yoki o’simlik qoldiqlarida yashayetgan, ekinlarning zararkunanda va kasallik quzg’atuvchilari yo’qotiladi; yerni ekin ekishga tayyorlash, egat va jo’yak olish hamda ekinni parvarish qilishda qator orasiga ishlov berish kabi ishlar bajariladi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin