Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
2. Begona o’tlarga qarshi maxsus kurashish choralari. Begona o’tlarga qarshi maxsus kurash choralariga biologik, olovli kurash, Mulchalash va boshqa usullar kiradi. Almashlab ekish, ekinlarni ekish muddatlari, me’yorlari, begona o’tlarning zararkunandalari va kasalliklaridan foydalanish biologik kurash usuliga kiradi.
Almashlab ekish-begona o’tlarga qarshi kurashda eng samarali usul hisoblanadi. Agrotexnikasi turlicha bo’lgan ekinlarni navbatlab ekish begona o’tlarni keskin kamaytiradi. Masalan, bedadan keyin paxta dalasidagi begona o’tlar miqdori 40-50% kamayadi.
Ekinlarni optimal muddatlarda ekish, o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish, qator orasidagi begona o’tlarni yo’qotishda chuqur ishlov berish, oziqlantirish, sug’orish va boshqa tadbirlar o’simliklarning tez o’sishiga, begona o’tlarni esa siqilib qolishiga sabab bo’ladi. Ekinlar ko’chatining qalinligi normal bo’lishi kerak. Chunki, maydonlarda ko’chatlar siyrak bo’lishi begona o’tlarning ko’payishiga imkoniyat tug’diradi. Shuning uchun ko’chat qalinligi normal bo’lishiga erishish lozim. Shumg’iya va zarpechak urug’i topilgan uchastkalarda tekinxo’r begona o’tlar zararlanmaydigan ekinlar ekish kerak.
Tekinxo’r begona o’t shumg’iyaga qarshi fitomiza pashshasi foydalanilmokda. Ular shumg’iyaning guliga tuxum qo’yadi, natijada uning urug’i 71% gacha kamayadi. Qirg’iziston fanlar Akademiyasi Botanika Institutida qand lavlagi, kanop, beda va boshqa ekinlarda tekinxo’rlik qiluvchi zarpechakka qarshi kurash usuli ishlab chiqildi. Buning uchun ekin dalalari alternariya zamburug’i sporalari bilan ishlov beriladi. Oradan 4-5 kun o’tgandan keyin zarpechak nobud bo’ladi. Olovli kultivatorlar yordamida begona o’tlarni kuydirish murakkabligi uchun diyarli qo’llanilmayapti.
Mulchalash usuli. Bu usulda begona o’tlar urug’ining unib chiqishiga, unganlarining esa unishiga yo’l quymaslik va boshqa maqsadlarda yer mulchalanadi. Mulchalash uchun maxsus qog’oz, polietilen plyonka, neft chiqindisi va boshqa narsalardan foydalanish mumkin. Yorug’lik va havo yetarli bo’lmagani uchun begona o’tlarning ko’p qismi nobud bo’ladi. Fan va amaliyot shuni ko’rsatayaptiki, begona o’tlarga qarshi kurashda biologik usul istiqbollidir.