«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Yerni kuzda qo’sh qavatlab shudgorlash, haydash chuqurligini tabaqalashtirish, haydalma qatlam qalinligi va uni oshirish usullari



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə50/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

3.Yerni kuzda qo’sh qavatlab shudgorlash, haydash chuqurligini tabaqalashtirish, haydalma qatlam qalinligi va uni oshirish usullari.
Ekinlardan yuqori hosil olishda unumdor haydalma qatlam qalin bo’lishining ahamiyati katta, chunki haydalma qatlam qancha qalin bo’lsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi, havo almashinishi, oziq rejimi, shuncha yaxshilanadi va mikrobiologik jarayonlar jadallashadi, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shuning uchun paxtakor xo’jaliklarda kuzgi shudgor chuqur o’tkaziladi.
Ma’lumki, yer chuqur haydalganda, tuproqning umumiy va nokapilyar g’avakligi ortadi, suv va havoning pastki qatlamlariga o’tishi osonlashadi, aerob mikroorganizmlarni faoliyati yaxshilanadi va o’simliklar uchun oziq moddalar ko’proq to’planadi. Yer chuqur yumshatilganda (haydalganda), tuproq yuza qatlamining hajmi ortadi, ekinlarning ildizi tuproqning chuqur qatlamlariga oson o’tadi va suv hamda oziq moddalardan iloji boricha ko’plab foydalana oladigan bo’ladi.
Yerni chuqur haydash begona o’tlarga, ekinlarni kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda muhim tadbir hisoblanadi. Yer haydalganda begona o’tlar urug’i tuproqning chuqur qatlamlariga ko’milib ketib, ko’pchiligi yashovchanligini yuqotadi. Ko’p yillik begona o’tlarning ildizi chuqurroq kesilganda, yana kayta o’sib chiqmaydi. Ang’iz qatlami yaxshi ag’darilib, chuqur ko’milganda kasallik va zararkunandalarning ko’payish imkoniyati yuqotiladi. Yerni chuqur haydash tuproqda kuzgi va qishgi yog’in-sochin suvlarining ko’proq to’planishiga imkoniyat yaratadi.
Mexanik tarkibi og’ir, qadimdan dehqonchilik qilinayotgan, haydalma osti zich, qattiq, «plug tavoni» hosil bo’lgan yoki gips qatlami mavjud bo’lgan yerlar uchun chuqur haydashning ijobiy ta’siri yana ham katta. Chunki, yer doimo yuza haydalganda, plug tavon hosil bo’ladi va tuproqning chuqur qatlamlaridagi unumdorlikdan foydalanishga imkon bermaydi. Bunday haydashda hosildorlik pasayadi. Shuning uchun qalin, unumdor va madaniy qatlam hosil qilish, yerni ishlashning asosiy vazifasi hisoblanadi. Xar bir hududning tuproq-iqlim xususiyatlariga ko’ra yerni ishlashning qo’yidagi usullari qo’llaniladi:
1.Tuproqning qo’yi qatlamida, oz-ozdan qo’shib haydab, yuqoriga chiqarish. Buning uchun rasmiy chimqirqari bor bo’lgan plugdan foydalanib, yerni haydash chuqurligi oshirib boriladi.
2.Haydalma qatlamni to’liq ag’darib, bir yo’la uning ostki qatlamini bir qismini yumshatadi. Buning uchun yerni yumshatuvchi moslamasi bo’lgan pluglardan foydalaniladi.
3.Yerni belgilangan chuqurlikda ag’darmasdan yumshatish. Buning uchun chimqirqarli va ag’dargichi olingan plugdan foydalaniladi.
4.Freza bilan ishlab, yerni haydash chuqurligini birdaniga oshirish.
5.Tuproqning genetik gorizontlarini dastlabki holda qodirib, 60 sm chuqurlikda ishlov berish.
Yerni bir, ikki va uch qatlam (yarusli) holida ishlash natijasida qalin haydalma qatlam hosil qilish mumkin.
Yer bir qatlamlab ishlanganda, tuproqning gorizontlari aralashmaydi. Bunga yerni ag’darib va ag’darmasdan ishlov berish usullari ta’lluqlidir.
Yer ikki qatlamlab ishlanganda, yuqori qatlam ag’dariladi va qo’yi qatlam bir yo’la yumshatiladi yoki yuqori qatlam bilan qo’yi qatlamning o’rni almashtiriladi. Bunda chimqirqarli, ikki yarusli PYa-3-35 pluglaridan foydalaniladi.
Haydalma qatlam qalinligini oshirish tuproq iflosligini hisobga olgan holda olib boriladi. Qumli va shagalli qatlam sayez joylashgan yerlarda erta bahorda kolmataj usulida, yani yerga loyqa yotqizish yo’li bilan haydalma qatlam qalinligi asta-sekin oshirib boriladi. Bu tadbir yetarli qalinlikda haydalma qatlam hosil bo’lgancha har yili bahorda bir necha marta takrorlanadi. Haydalma qatlam qalinligini oshirish uchun tepaliklar tuprog’i, go’ng va boshqa organik o’g’itlardan ham foydalanish mumkin. Malumki qadimdan sug’orib dehqonchilik qilinib kelayetgan yerlarda agroirrigasion yotqiziqlarning qalinligi 3-4 m dan ortadi. Ana shu yerlarda haydalma qatlam qalinligini bemalol oshirish mumkin. Akademik V.M. Muhammadjanov qadimdan sug’orilib dehqonchilik qilinayotgan haydalma qatlam osti zichlashgan hamma yerlarda har 3-4 yilda bir marta yerni 50-60 sm chuqurlikda ag’darib haydashni tavsiya qiladi. Bunda yer, kuzda yerni chuqur yumshatuvchi GR-2,7 rusumli qurollar va T-100, T-130 rusumli kuchli traktorlar bilan yumshatiladi, keyin oddiy plugda ag’darib haydaladi. Ana shunda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi, nam to’plash, havo almashinish kabi fizik xossalari tubdan yaxshilanadi.
Professor A.Ermatov bedapoyani 60 sm chuqurlikda haydash va organo-mineral o’g’itlar solish, haydalma qatlam qalinligining oshirishda samarali usullardan ekanligini takidlaydi. Haydalma qatlam qalinligini oshirish va tuzilishini yaxshilanishi bedadan va undan keyin ekilgan ekinlardan yuqori hosil olishni taminlashni bu olim o’tkazgan tajribalarda ko’rsatib bergan.

yerni kuzda shudgorlash asosiy agrotexnika tadbirlaridan biri bo’lib, o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi hamda erta yetilishida va yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega. yerni har qanday usulda haydashda ham tuproqning ustki qatlamini donador holatga keltirish, unda ko’proq nam to’plash va havo almashinishi uchun yetarli sharoit yaratish, haydashgacha yerga solingan mineral va maxalliy o’g’itlarni o’simliklar imkoniyati boricha eng qulay o’zlashtiradigan qatlamga tushirish zarur, buning uchun shudgorlash chuqurligini, muddatini, texnikasini to’g’ri tanlash va haydalma qatlam qalinligini oshirib borish zarur.
1.Kuzgi shudgorni eng muhim ahamiyatlari nimalardan iborat?
2.Turli hududlarda kuzgi shudgorlashni qaysi muddatlarda o’tkazish ma’qul?
3.Kuzgi shudgorlash chuqurligi qanday belgilanadi?
4.Kuzgi shudgor sifatiga qanday baho beriladi?
5.Haydalma qatlam qalinligini oshirishni qanday ahamiyati bor?
6.Haydalma qatlam qalinligini oshirishda qaysi texnikalaridan foydalaniladi?


Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin