Tor qatorlab ekish. Bu usul bilan SUB-48, SUB-48B va SA -48 markali diskli va soshnikli seyalkalarda zig’ir, raps, bug’doy, javdar kabi ekinlar ekiladi. Bunda qatorlar orasi 6-8 sm, o’simliklar orasi 3-4 sm qilib ekiladi.
Shaxmat usulida ekish. Bu usul g’alla ekinlarini SU-24, SZD-24, SUK-24 seyalkasi bilan ekishda qo’llaniladi. Bunda seyalka urug’ni yarim me’yorini sepadigan qilib sozlanadi. Urug’ning yarmi dalaning uzunasiga, qolgan qismi esa dalaning ko’ndalangiga yurib ekiladi.
Qatorsiz ekish. Bu usulda kultivator seyalka va KAS-3,5 markali o’rnatma seyalkadan foydalaniladi. Urug’ seyalkaning tebranishi natijasida panjalar ochib ketgan egatchalar tagiga 6-11 sm kenglikda yo’l – yo’l bo’lib tushadi. Seyalkaning prujinali boronasi tuproq betini tekislaydi va urug’ ustiga biroz tuproq tortib uni ko’madi. Dukkakli don va yerma qilinadigan ekinlar qatorsiz ekilganda yaxshi natija beradi.
Lenta shaklida ekish.Bunda 2 yoki bir necha qator bir-biriga yaqin qilib ekiladi. Har bir qatorlar orasi o’simlikning xususiyatiga qarab 7-8 - 15 sm, bir qo’sh qator bilan, ikkinchi qo’sh qatorlar orasi 45-60 sm bo’ladi. Bunday qatorlar lenta deyiladi. Tariq, sabzi, piyoz va boshqa ekinlar shu usulda ekiladi.
Egat tagiga ekish. Issiq va qirg’oqchil, tuproqning yuza qatlami tez quriydigan hamda tog’li tumanlarda don ekinlarning urug’ini egat ochib egat tagiga ekish yaxshi natija beradi. Bunda seyalka soshniklarining oldiga egat ochadigan maxsus panjalar o’rnatiladi, u 12-15 sm chuqurlikda va 45 sm kenglikda egat ochadi.
Keng qatorlab ekish. Chigit, makkajo’xori, lavlagi, oqjo’xori kabi ekinlar keng qatorlab ekiladi va ekishda SXU-4, markali seyalkalardan foydalaniladi. Qatorlar va qatordagi o’simlik oralig’ining kenligi har qaysi ekinning biologik xususiyatiga qarab belgilanadi. Ekinlarning qator orasi 60-90 sm va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Kvadrat uyalab ekish.Bu usulda chigit hamda makkajo’xori, lavlagi SKGX-4-6A, SKGX-6B, STVX-4, STX-4 markali maxsus seyalkalardan foydalanib ekiladi. Qatorlab ekish usuli takomillashtirilgan shakl hisoblanadi.