3.Dehqonchilikning ekstensiv tizimi. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi. Ekstensiv dehqonchilik siymosida haydaladigan yerlarning hammasiga yoki kup qismiga go’ng solinadi, begona o’tlardan tozalanadi va yumshatiladi. Bunga dehqonchilikning shudgor tizimi kiradi. Tuproq unumdorligi inson tomonidan boshqariladigan tabiiy omillar hisobiga tiklanadi. Doimiy ravishda yumshoq holda saqlanadigan dalalarda oziq moddalar va nam to’planadi. Dehqonchilikning shudgor tizimi lalmikor rayonlarda muhim ahamiyatga ega.
Dehqonchilikning shudgorli tizimida tashlab qo’yilgan partov yerga ishlov berib begona o’tlar yo’qotiladi. Natijada, bir yildan so’ng yana ekin ekish imkoniyati tug’iladi. Dastlabki davrda ikki dalali shudgor-don almashlab ekish qo’llanilgan. Yani, yerga bir yil toza shudgor sifatida ishlov berilgan, ikkinchi yili donli ekinlar ekilgan. Keyinchalik bu tizimi ikki daladan uch dalaliga aylantiriladi. Bunda har dalaga ikki yil g’alla (birinchi yili kuzgi, ikkinchi yili esa bahorgi g’alla) ekinlari ekilib, uchinchi yili esa ekilmay shudgorga qoldirilar edi.
Dehqonchilikning ko’p dalali o’t tizimida yerlarning yarmidan ko’pi tabiiy yaylov va ko’p yillik o’tlar bilan band bo’lgan. Qolgan qismiga don ekilgan. Yani qo’yidagicha o’xshash bo’lgan: 1-6 dala ko’p yillik o’tlar, 7 –dala zig’ir, 8-dala toza shudgor, 9-dala javdar, 10-dala bahorgi ekinlar, 11-dala toza shudgor, 12-dala javdar, 13-dala bahorgi ekinlar, 14-dala toza shudgor va 15-dala javdar. Bu tizim XX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida yog’in sochin ko’p bo’ladigan Yevropa mamlakatlarida, qisman Boltiq bo’yi, Ukraina va Belarussiya respublikalarida qo’llanilgan.
Dehqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimi, bu tizim Rossiyada XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab sut chorvachiligi rivojlangan yoki texnika ekinlarini yetishtirish bilan band bo’lgan xo’jaliklarda joriy etila boshlandi. Bunda dehqonchilikning har xil jadalroq shakllari o’t ekinlarining ekish hisobiga hosil bo’ladi. Masalan, shudgorlash tizimini yaxshilash, don-shudgor almashlab ekishga ko’p yillik o’tlarni kiritish usuli bilan hosil bo’ldi. Natijada to’rt dalali almashlab ekishda ekinlar qo’yidagicha navbatlandi: 1-dala-shudgor,2-dala kuzgi ekinlarga sebarga qo’shib ekiladi,3-dala-sebarga va 4-dala-bahorgi don ekinlari.
Dehqonchilikning ko’p dalali-o’t almashlab ekish tizimi ham asta-sekin yaxshilangan g’allachilik tizimiga o’ta boshladi. Bunda ko’p yillik o’tlar maydonini qisqartirish hisobiga don ekinlari maydoni kengaytirildi.
Sobiq ittifoqning noqoratuproq mintaqalarida dehqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimiga o’tlar kiritilib, bu tizim keng maydonlarda qo’llanildi. Bu tizimdagi g’alla-o’t almashlab ekishda haydaladigan yerning 2/3 qismi don ekinlari, 15-25% toza shudgor va 20-30% ko’p yillik o’tlar bilan band bo’lgan. Qator oralari ishlanadigan va dukkakli don ekinlari umuman yo’q edi. Tuproq unumdorligi ko’p yillik o’tlar, shudgorga ishlov berish, yerni o’g’itlash, asosan go’ng qo’llash hisobiga saqlangan. Toza shudgor maydonlarini qisqartirish va band shudgorlarga almashtirish hamda almashlab ekishga qator oralari ishlanadigan ekinlarni kiritish hisobiga rivojlantirib borildi.
Noqoratuproq mintaqalarida shudgorlash tizimi qator oralari ishlanadigan ekinlarni (qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, makajo’xori va boshqalarni) kiritish yo’li bilan yerning fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanadi. Masalan, 4 dalali almashlab ekish dalasida ekinlar qo’yidagicha navbatlangan: 1-dala toza shudgor, 2-dala kuzgi bug’doy, 3-dala qand lavlagi, 4 dala bahorgi bug’doy yoki arpa bo’lgan.
Hozirgi vaqtda dehqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimini turli shakllari Sibirda, Shimoliy Qozog’istonda keng qo’llanilmoqda. Bu sharoitda ushbu tizim ancha intensiv bo’lganligi uchun shudgor-qator oralari ishlanadigan shakl deb nomlanadi.