«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə63/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

16–Modul

Meliorasiya fanini xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Qishloq xo’jalik meliorasiyasining hozirgi ahvoli va rivojlanitirish istiqbollari. Meliorasiyaning turlari





Reja:

1.O’zbekiston Respublikasida sug’oriladigan dehqonchilikning tarixi, hozirgi ahvoli va istiqbollari.
2. O’zbekistonda qishloq xo’jaligida olib borilayotgan islohatlar, meliorasiya borasida qonun va qarorlar.
3. Respublika bozor iqtisodiyatiga o’tishida meliorasiyadagi o’zgarishlar, meliorasiyani o’zlashtirish obyektlari (tuproq, iqlim, gidrogeologik va gidrologik). Respublikaning suv xo’jalik majmuasi va bu sohadagi muammolar, meliorasiyaning turlari..




1. Qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l va sifatli hosil olish uchun yerning noqulay sharoitlarini meliorasiya qilish yo’li bilan rostlash mumkin.
Meliorasiya – lotincha –melioratio co’zi bo’lib, «yaxshilash» manosini anglatadi.
Meliorasiya fani – yerlarning noqulay tabiiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, unumdorligini doimo oshirib borish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan fandir.
Meliorasiya fani tuproqshunoslik, agrometeorologiya, dehqonchilik, o’simlikshunoslik, agrokimyo, gidrologiya, geodeziya fanlari bilan bog’langan.
Meliorasiyaning asosiy maqsadi tuproqlarning noqulay sharoitlarni (suv, havo, ozuqa, issiqlik) tubdan yaxshilash, uning unumdorligini oshirib borish, qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror, mo’l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir.
Meliorasiyaning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:
1.Sug’oriladigan yerlarni sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyalanishi va tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldini olish.
2.Sho’rlangan, botqoqlangan, yemirilgan,zaharli moddalar bilan ifloslangan yerlarni tubdan yaxshilash va unumdorligini oshirish.
3.Yangi yerlarni o’zlashtirish.
4.Mahalliy joylarning iqlim sharoitini yaxshilash yani shamol va garmselga qarshi kurashish.
5.Sel oqimi, ko’chma qumlarga hamda yer ko’chishinioldini olish va qarshi kurash.
6.Yer usti, yer osti suvlarini rostlash va ulardan samarali foydalanish usullarni ishlab chiqish.
7.Qo’shimcha suv manbalaridan (oqova, chiqindi) foydalanish.
Demak, meliorasiyaning asosiy vazifasi malum joyning iqlimi , tuprog’i, yer usti, yer osti va sizot suvlar tartibini yaxshilashdan iborat bo’lar ekan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko’rsatilgan. Ushbu talab bo’yicha atrof muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolgan holda yer, suv va o’simliklardan oqilona foydalanish zarurdir.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda O’rta Osiyoda Eramizdan oldingi 1X-XSh asrlardayoq sug’orish meliorasiyasi mavjud bo’lgan. Bunga misol kilib Baqtriya, Xorazm, Sug’diyona davlatlarida katta sug’orish inshootlari, sug’orish tarmoqlari, suv to’plash inshootlari qurilib foydalanilganligini ko’rsatish mumkin.
Bu vohalarda yashagan xalqlar faqat sug’orish inshootlarinigina emas, balki ular zovur qazib sizot suvlari sathini pasaytirish, shahar va qishloqlarni toza suv bilan ta’minlash uchun quvurlardan foydalanish yo’llarini ham bilishgan. Lekin bizning davrimizgacha bu sug’orish va zax qochirish inshootlarini barchasi yetib kelmagan, chunki bu voxalarda bo’lgan o’zaro urushlar va bosqinlar ularni xarobaga aylantirgan. Buzilgan va xarobaga aylantirilgan sug’orish inshootlari tub aholi tomonidan qayta tiklanib yana foydalanilgan. Qadimgi sug’orish inshootlarining xarobaga aylanishi tabiiy ofatlar, ya’ni kuchli zilzilalar, kuchli shamollar, dovullar, sel oqimi, ko’chma Qumlarining bosishi va hakozalar ta’sirida ham yuz bergan. Bu ofatlarga qarshi qurash yoki oldini olish juda qiyin bo’lgan. Shu tufayli qadim zamonlarda deqqonchilik juda sust va o’z holicha rivojlangan. O’rta Osiyoda meliorasiya sohasi bo’yicha ilmiy ishlar XIX asrning oxirlarida boshlandi. Bu vaqtga kelib meliorasiya bo’yicha ilmiy ishlar bilan shug’ullanadigan Turkiston tajriba stansiyasi tashkil etildi. Keyinchalik esa Mirzacho’l va Andijon tajriba stansiyalari tashkil etildi. 1930 yildan keyin esa Buxoro, Samarqand, Xorazm va Farg’ona sug’orish tajriba stansiyalari tashkil etildi.
Meliorasiya fanining rivojlanishiga A.N.Kostyakov, L.P.Rozov, V.D.Jurin, V.A.Kovda, V.S.Maligin, N.A.Besednov, N.F.Bespalov, V.I.Legastayev, F.Raximboyev, K.Mirzajonov, H.Axmedov va boshqa olimlar katta hissa qo’shdilar.
O’zbekistonning Respublikasida yangi agrar islohatlarning amalga oshirilishi munosabati bilan qishloq xo’jaligini yildan- yilga yangi texnika, mineral o’g’itlar va o’simliklarni himoya qilish bilan taminlash yaxshilanmoqda, keng miqyosda irrigasiya va meliorasiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo’jaligidan olinadigan mahsulotlarning 95 % ni tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli, arzon mahsulot olish muhim muammo bo’lib qolmoqda.
O’zbekistonda tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyasi, garmsel shamoli va suv ta’minotining pastligi, qumliklarning kuchayishi tufayli sug’oriladigan yerlardagi qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi taxminan 50-60% gacha kamayib, sifatsiz va zaiflashgan bo’ladi.
Masalan, sho’rlangan yerlarda paxta va bug’doy hosildorligi 40-50 s/ga gacha bo’lsa, sho’rlangan yerlarda esa uning hosildorligi 15-20 s/ga dan oshmaydi. Tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi va eroziyasi natijasida daraxtlar quriydi, o’simliklar o’sish va rivojlanishdan to’xtaydi, binolar, yo’llar, ko’priklar, gidrotexnik inshootlar yemiriladi.
Yerlarni meliorasiya qilish natijasida sho’rlanish, botqoqlanish, eroziya va boshqa barcha tabiiy va antropogen zararli oqibatlar bartaraf qilinadi.
Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, sug’orish ishlarini rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa meliorativ tadbirlar dehqonchilikning madaniy saviyasini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligining iqtisodiy rivojlanishiga asosiy omil bo’ladi.
Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar qishloq xo’jaligidan olinadigan umumiy mahsulotlarning 95% ini tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori, sifatli va arzon maxsulot olish eng muham vazifa bo’lib kelmokda. Bu vazifalarni hal qilishda meliorasiya fanining ahamiyati juda kattadir. Chunki sug’oriladigan yerlarning 55-60% i sho’rlangan va botqoqlangan, 50% i eroziyalangan, 10-12% i gipsli, karbonatli tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug’oriladigan yerlar tarkibida juda unumsiz Qum va qumloq, toshloq, shag’al tuproqlar keng tarqalgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan yerlardan unumli foydalanish uchun meliorasiya tadbirlari zaruriy omillardir.
Respublikamizning umumiy yer maydoni 2001 yil 1 yanvardagi malumot bo’yicha 44896,9 ming gektar, shundan sug’oriladigan maydon 4 mln. 273,3 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,5 % ni tashkil qiladi, bundan 650 ming gektar aholiga xususiy tamorqa sifatida berilgan.
Respublikamiz aholisi soni yildan-yilga ko’payib ketmoqda. Kishi boshiga to’g’ri keladigan ekin maydoni esa tobora kamayib, hozir 2001 yilning boshiga kelib u 0,16 gektarni tashkil etadi (Abdug’aniyev A. Yadiyarova Sh. 2002y). Bu ko’rsatkichlar AQSh-0,52, Fransiyada-0,34, Qozog’istonda-1,54, Qirg’ozistonda-0,21, Ukrainada-0,59, Rossiyada-0,67 gektarga teng.
So’ngi 50 yil moboynida sug’oriladigan yerlar maydoni 2,46 mln gektardan 4,28 mln gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985 yillar moboynida 1mln gektarga yaqin yer o’zlashtirib, 1990 yilda yer maydoni 1985-yilgacha nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyib 50 foizini meliorativ holati yomon va shubilan bir qatorda 1990 yilgacha qadar sug’oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda (2008 y) paxta maydoni 1430 ming gektarni tashkil qilib, uning hosildorligi gektaridan 25,3 sentnerni yalpi hosil 3440 ming tonnani, sug’oriladigan yerlarda (2010 yil) g’alla esa 1310 ming gektarni, hosildorligi 50,2 sentner, yalpi hosil 7330 ming tonnani tashkil etdi.
Respublikada 1966 yilda kuzgi bug’doy 626,9 ming, shundan lal­mi­kor yerlarda 570,5 ming sug’oriladigan yerlarda 56,4 ming gektar may­donga ekilgan. O’zbekiston Respublikasi to’la mustaqillikka erishgandan keyin sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy ekiladigan maydonlar kengayti­rildi. Respublikamizda g’alla yetishtirish (1991 yilga nisbatan 2009 yilda): jami g’alla maydoni 717,5 ming gektardan, 1334,8 ming gektarga yetdi yoki 1,9 barobarga oshdi. Sug’oriladigan yerlarda g’alla maydoni 221 ming gektardan , 1131,8 ming gektarga kengaydi yoki 5,1 barobarga ortdi, hosildorlik 22.2 sentnerdan 50 sentnerga yetdi yoki 27,8 sentnerga ko’paydi. Jami yetishtirilgan yalpi hosil 879,1 ming tonnadan 6 mln 610 ming tonnadan ziyodroqni tashkil etdi yoki 7,5 barovarga ko’paydi (Mahmudov, 2009).
Qishloq xo’jaligini suvga bo’lgan o’sib borayotgan ehtiyojini to’liq taminlash maqsadida respublikamizda qudratli suv xo’jalik majmuasi barpo etilgan: umumiy suv sarfi 2500 m3/sek bo’lgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 19,8 km3 (foydali hajmi 14,6 km3) bo’lgan 55 ta suv omborlari, 32,4 ming km xo’jaliklararo kanallar, 176,4 ming km xo’jalik sug’orish tarmoqlari, 31 ming km xo’jaliklararo va 106,3 ming km xo’jalik kollektor-zovur tarmoqlari ishlatib kelinmoqda. 3 mingta sug’orish quduqlari, 5100 dan ortiq vertikal zovur quduqlari, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv quduqlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ekin maydonlarining 2,3 mln. gektari (53 foizi) nasos stansiyalari yordamida sug’oriladi.
Faqatgina 1965 yildan 1995 yilgacha yoki 30 yil mobaynida 1,6 mln gektar yer o’zlashtirilib qishloq xo’jalik oborotiga qo’shildi.
Hozirgi paytda O’zbekistonda 180 ming km xo’jaliklararo kanallar (irrigasiya tarmoqlari), 160 ming gidrotexnikaviy inshootlar, 230 ming km xo’jalik kanallari, 120 ming km kollektor-zovur tarmoqlari, 35 ta suv omborlari, 8,2 mlyard.kVt quvvatga ega bo’lgan 1588 ta nasos stansiyalari mavjud. Meliorasiya tufayli sug’oriladigan yerlar 4,3 mln gektarga yetkazildi. Faqatgina 1965 yildan 1995 yilgacha yoki 30 yil mobaynida 1,6 mln gektar yer o’zlashtirilib qishloq xo’jalik oborotiga qo’shildi.
Samarqand viloyatida jami sug’orish tarmoqlarining uzunligi 2258,7 km, shundan 1560,7 km dan ko’prog’i o’zanli, 693,0 km beton va temir beton qoplamalarni tashkil qiladi. Viloyatda jami 1254 dona gidrotexnik inshootlar mavjud, shulardan 234 suv to’suvchi, 676 suv oluvchi, 61 dyuker, 35 akveduk va 248 dona ochiq ko’prik. 2010 yilda viloyat sug’orish tarmoqlarida 196 km uzunlikdagi kanallar tozalandi va ulardagi 364 dona inshootlar ta’mirlandi. Viloyat xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlarida 613 km ariqlar mexanizm, 9671 km qo’l kuchi bilan tozalandi va ulardagi 507 dona inshootlar ta’mirlandi, fermerlarning 5o2 dona suv olish quloqlari jihozlandi. Viloyatda jami nasos stansiyalar soni 350 dona, o’rnatilgan nasos agregatlar soni 586 dona va ular 37395 ga sug’oriladigan maydonni suv bilan ta’minlaydilar, shulardan elektr nasos stansiyalar soni 350 dona, o’rnatilgan nasos agregatlar soni 586 dona.
Respublikamiz aholisi sonining yildan-yilga o’sib borishiyangi yerlarni o’zlashtirishni taqoza etadi. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2000 yilgacha 550 ming gektar yer o’zlashtirildi va bu jarayon uzluksiz davom ettirilmokda. Yangi o’zlashtirilgan yerlar asosan sho’rlangan va Respublikamizda sho’rlangan va botqoqlangan yerlar bilan bir qatorda shamol va suv eroziyasiga uchragan hamda sel oqimi, qum ko’chishiga moyil yerlar keng tarqalgan.Tabiatning bu hodisalari natijasida ham juda ko’p qishloq xo’jalik ekinlari zararlanadi va natijada hosildorlik kamayadi. Bunday tabiiy noqulay jarayonlarni oldini olish va tuproq unumdorligini oshirishda meliorasiyaning ahamiyati juda katta.




Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin