1-rasm. Sug’oriladigan maydonlarda ekinlarning ulushi
2-rasm.O’zbekistonda 1 ga yerni sug’orishga suv sarfining kamayishi.
2011-yil 22-yanvarda Vazirlar Maxkamasidagi yig’ilishda Prezidentimiz I.A.Karimov aytib o’tilganidek «Avvalom bor eng muhimi e’tiborni yerlarni unumdorligiga qaratish kerakdir. Yildan-yilga bajarilayotgan ishlarni masshtabining oshishiga qaramasdan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini ahvol katta xavotirli. Sug’oriladigan yerlarning umumiy maydonidan 49% i har xil darajada sho’rlangandir. Shu jumladan 18% kuchli va o’rtacha sho’rlangan yerlar, 23% dan ortiq yerlar past bonitetli darajada baholanadi...
Biz yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va unumdorligini oshirishga yo’naltirilgan investisiyalar hajmini kelajakda yanada oshirib boramiz. Lekin shu bilan birga bu maqsad uchun yo’naltirilayotgan juda katta mblag’larni maqsadli va samarali ishlatilishida biz tartib o’rnatishimiz kerak, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilishimiz kerakdir».
3-rasm. Sho’rlangan yerlarda bug’doy.
Yana aytib o’tish kerakki Respublikamizda sug’oriladigan maydonlarining 1083,8 ming ga maydonda sizot suvlarining sathi 2 metrgacha joylashgan, mineralizasiyasi 3 g/l dan oshiq bo’lgan maydonlar 810,4 ming ga ni tashkil etmoqda. Bunday xol sug’oriladigan yerlardan bug’lanishning oshishiga, tuproqlarni ikkilamchi sho’rlanishiga va suv resurslarini ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
1-jadval
2.O’zbekiston Respublikasi konstitusiyasi 55-moddasiga muvofiq tabiiy obyektlari, jumladan yer umumhalq boyligidir va ular davlat muhofazasida turadi. Yerdan ilm-fan asosida samarali foydalanish, uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash, shak-shubhasiz qishloq xo’jaligini rivojlanishining asosiy omillaridan biridir.
Tuproqni har tomonlama yaxshilash, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo’jaligini kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish ko’p jihatdan uning eng muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o’rganishga bog’liq. Bu eng avvalo tuproqqa tegishli bo’lib, undan oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, tuproqning sifati, bonitirovkasi, iqtisodiy bahosini, muxofazasini bilish, tuproqqa ishlov berish usullari, o’g’itlash, tuproqning fizik xossalari asosida, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnologik ketma-ketlikdan foydalanish, tuproq eroziyasiga, sho’rlanishiga, zichlanishiga va boshqalarga qarshi tadbirlar muayyan elementlar aniq qonunchilik yuli bilan boshqarishni talab qiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin yer va suvga bo’lgan munosabat tubdan isloh qilina boshlandi. Yer va suv manbalaridan oqilona, samarali foydalanish uchun mamlakatimizda qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi.
Vazirlar mahkamasining «1993-1994 yillardan yangi yerlarni o’zlashtirish va qadimdan sug’oriladigan yerlarni ta’mirlashga doir shoshilinch choralar to’g’risida» gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi (1993 y.) qonuni 29 ta bob, 119 ta moddani tashkil etib, suv to’g’risidagi qonunlarni vazifalari, davlat xoqim iyati va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari, suvdan foydalanish muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazorati, suvning holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar va boshqalar, suvdan foydalanuvchilar va suvdan foydalanish obyektlari, suvdan foydalanish turlari, suv obyektlarini foydalanishga berish tartibi va shartlari, suvdan foydalanuvchilarning xuquqlari va burchlari, suvdan foydalanish xuquqini bekor qilish, suv obyektlaridan qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish, orol dengizi havzasida davlatlararo suvdan foydalanish, suvni muhofaza qilish, suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini olish va uni bartaraf etish, suvdan foydalanishni davlat yo’li bilan hisobga olish va rejalashtirish to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik, suv to’g’risidagi qonunlarni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni undirish va suv to’g’risidagi xalkaro shartnomalar to’g’risidagi ma’lumotlarni beradi.
Dasturda dehqonchilik tizimini rivojlantirish, yerlardan oqlona foydalanish va tuproq unumdorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.
A) tuproq unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlar.
-dehqon xo’jaligini extiyojini hisobga olib, mineral o’g’itlar yetkazib berishni to’liq ta’minlash har yili 20-25 mlng tonna organik o’g’itlar to’plash va dalaga solishnazarda tutiladi:
-sug’oriladigan yerlarda ekinlarni navbatlab ekin joriy qilish;
-paxtachilik kompleksida –paxta –boshoqli don ekinlari va meliortiv maydonlar: sabzavot kompleksida –sabzavot poliz ekinlari, kartoshka beda boshoqli don ekinlari.
Don ekinlarini bir dalada ikki yildan ortiq joylashtirilishiga yo’l quyilmaydi. Lalmi yerlarda toza shudugorga ajratilgan yer maydonlari 25-30% va bedapoyasi 10 % bo’lgan 5-6 dalali g’alla va qator oralig’iga ishlov beriladigan ekinlarni almashib ekishni joriy etish nazarda tutildi.
B) yerdan foydalanish va yerning sifatini aniqlash hamda baholashni tartibga solish chor-tadbirlari. Barcha yerdan foydalanuvchilar, chegaralarni oydinlashtirish va aniqlash, yerdan foydalanuvchilar (viloyat, tuman, xo’jalik yeregasi) yer munosabatlari tuzishni tartibga solish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqilib oshirilmoqda.
Qishloq xo’jalik yerlaridan samarali foydalanish bo’yicha tadbirlar tizimida eroziyaga qarshi ishlar va yerlani rekul’tivasiya qilish amalga oshiriladi.
Paxtachilikni rivojlantirish sohasida qo’ydagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muljalanadi:
-yerlani fosforli va kaliyli o’g’itlar solib hamda ko’p yillik begona o’tlarga qarshi gerbisidlar qo’llab, ikki yarusli puluglar bilan o’z vaqtida va sifatli shudgorlash;
-boshoqli don ekinlari hosilini yig’ishtirish olingandan so’ng, takroriy ekinlar bilan band qilmasdan, har yili gektariga 10 tonna gung solib, maydonlarni joriy tekislash va yerlarni ekishga tayyorlash;
-900 ming gektar maydoning sho’rini har yili yuvish:
G’allachilikni rivojlatirishning chora tadbirlari.
-sug’oriladigan maydonlarda boshoqli don hosildorligini oshib borishi hisobga g’o’za orasiga ekiladigan g’alla maydonlari qisqartirilib boriladi. Boshoqli don ekinlarining bir qismi esa sabzavot va oziqa ekinlardan keyin ekilishi muljallanmoqda. Lalmikor maydonlarda toza shudgor qilib qoldirilgan yerlarga g’allaekish bir muncha kengaytiriladi va bunday maydonlar jami shudgor qilingan lalmikor yerlarning 25-30 % tashkil qiladi.
-Ekish oldidan va ekish bilan birgalikda gegtarga kamida 15-20 tonna organik o’g’itlar, 30 kg azotli, 150 kg fosforli va 60 kg kaliyli o’g’itlar, vegetasiya davrida esa gektariga kamida 180 kg sof azot bilan ikki marta oziqlantiriladi.
-Begona o’tlarga qarshi yuqori samarali gerbisidlar, shuningdek, don ekinlari zararkunanda va kassaliklarga qarshi kimyoviy preparatlar qo’llashni keng miqyosda olibborish kerak.
Xuddi shunday tadbirlar sholichilik, don uchun makkajo’xori, meva sabzavotchilik va uzumchilik sohalarida amalga oshirish kuzda tutilgan.
Shuningdek dasturda chorvachilikni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika va unga servis xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligini kimyolashtirish va o’simliklar himoyasi, yerlarning agroirrigasiya va melorasiya holatini yaxshilash chora-tadbirlari, qishloq xo’jaligida moliya va kredit munosabatlari hamda hisob-kitob va hisobotni takomillashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo’jaligini ilmiy jixatdan ta’minlash, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib. Ushbu sohalarni rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.
«Dehqon xo’jaligi to’risidagi» qonun –dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarinig shaxsiy mehnat asosida, meros qilib qoldiriladigan umirbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish va realizsiya qilish haqida to’liq ma’lumot beradi. U 7 ta bob, 31 ta moddadan iborat bo’lib, dehqon xo’jaliklariga yer berish, yerga eagalik qilish, yerdan suvdan foydalanish, dhqon xo’jaligi hamda uning a’zolarning huquq va majburiyatlari, dhqon xo’jaligining mol-mulki, dhqon xo’jaligi faoliyati asoslari, dehqon xo’jaligini faoliyatini to’gatish kabi maslalarni qamrab olgan.
«O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi» (1998 y. 30 aprel) to’g’risidagi qonuni 14 ta bob va 91 ta moddadan iborat bo’lib, unda yer tuzish, yerga bo’lgan mulkchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan xuquqlari, yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkachi mulkdorining xuquq va majburiyatlari, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar, alohida muhofaza etiladigan xududlarning yerlari, o’rmon fondi, suv fondi yerlari va zahira yerlar, yerlarni muhofaza qilish, yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash, yer xususidagi nizolarni hal etish hamda yer to’g’risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi yirik misollar qamrab olgan.
«Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni 7 ta bob va 33 ta moddadan iborat bo’lib, fermer xo’jaligi va uning qonun xujjatlari, fermer xo’jaliklariga yer berish, yerga egalik qilish, yerdan va suvdan foydalanish, fermer xo’jaligining hamda uning a’zolarining xuquq va majburiyatlari, fermer xo’jaligining mol-mulki, fermer xo’jaligining faoliyatining asoslari, fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida to’liq ma’lumot berilgan.
O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi «O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jalik vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risidagi» 29-sonli qarori, O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi PF-3226-sonli «Qishloq xo’jaligida islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim yunalishlari to’g’risida»gi qarorida ko’rsatilganidek, irrigasiya tizimlarini boshqarishning mamuriy hududiy prinsipidan havza prinsipiga o’tish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi qabul qilingan «Suv resurslarini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida»gi qarori asosan davlat strukturasidagi suv xo’jaligi tarmoqlarini takomillashtirishga qaratilgandir, Ushbu hujjatga muvofiq suv xo’jaligini boshqarishni havzaviy prinsipiga o’tkazildi. Bundan tashqari 2008-2012 yillarga mo’ljallangan sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturini amalga oshirish bilan bog’liq holda ko’ramiz. Ushbu dastur meliorasiya inshoatlarini barpo etish , rekonstruksiya qilish va tamirlash, meliorasiya texnikasi parkini yangilash buyicha keng ko’lamda ishlarni bajarish belgilangan, 2008-2012 yillarda umumiy uzunligi 3,5 ming kilometrdan ortiq bo’lgan magistral, tumanlararo va xo’jaliklararo kollektorlarni, mingdan ortiq meliorativ quduqlarni barpo etish va rekonstruksiya qilish, 7,6 ming kilometrlik drenaj tarmog’ini qayta tiklash vazifasi qo’yilmoqda.
«Yer solig’i to’g’risida» (1993 y. 6 may), «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida» (1998 y.), «Dehqon xo’jaligi to’g’risida» gi (1998 y) qonunlari ham shular jumlasidandir. Ushbu qonun va qarorlar asosida Qishloq xo’jaligida tub islohotlar amalga oshirilmokda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining: 2007 yil 29 oktyabrida “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3932-sonli Farmoni qabul qilindi.
2007 yil 31 oktyabrdagi “O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-718-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasini boshqarish departamenti tashkil etildi.
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi 266-sonli Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tashkil etildi.
Kompaniya meliorasiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizasiya vositalari sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shug’ullanuvchi suv xo’jaligi qurilish va ekspluatasiya tashkilotlariga, shuningdek suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo’jaliklariga 10 yil muddatga lizingga olishga yordam beradigan bo’ldi.
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 noyabrdagi “Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 261-sonli Qarori qabul qilindi.
3.Iqlim, tuproq va suv manbalarining noqulay sharoitlarini yaxshilash bo’yicha meliorasiya quyidagi turlarga bo’linadi.
1. Gidrotexnik meliorasiya- bu suv omborlari, sug’orish tarmoqlari, suv chiqarish inshoatlari va tuproq tarkibidagi sizot suvlarini chiqarib tashlash uchun kollektor-zovur tarmoqlari, selga qarshi inshoatlarni loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshiradi. 2.Suv xo’jalik meliorasiya – bu zax qochirish inshoatlaridan to’g’ri foydalanish, suvdan samarali, tejab-tergab foydalanish, suv isrofgarchiligiga qarshi kurash tadbirlarni o’z ichiga oladi.
3. Agromeliorasiya- bunda agrotexnik tadbirlarni o’tkzish yo’li bilan mikroiqlim, tuproq xossasi va sizot suvlari tartibi yaxshilanadi. Bu tadbirlarga yer tekisla, ihotazorlar barpo qilish, chuqur shudgorlash. Yumshatish, tilmalash. Yerga o’z vaqtida sifatli ishlov berish , tuproq tarkibidagi zararli tuzlarni va kimyoviy moddalarni yuvish tadbirlari kiradi.
4. Biologik meliorasiya –bunga tuproqning meliorativ holatini yaxshilash uchun turli organik moddalar solish (go’ng, lignin, maydalangan g’o’zapoya, roganik chiqindilar) va beda ekini ishtirokidagi ilmiy asoslangan almashlab ekish, tuz tasiriga chidamli ekinlarini, tuproq tarkibida zaharli moddalarni ko’proq o’ziga so’rib oladigan ekinlarni, tez yerni qoplab bug’lanish va tuz to’planishini kamaytiradigan ekinlarni ekish va boshqa tadbirlar kiradi.
5.Kimyoviy meliorasiya – bunda kimyoviy birikmalar qo’shish yo’li bilan noqulay tuproq xossalari yaxshilanadi. Sho’rtob tuproqlarni ohaklash, gipslash. Fosfogipslash zichlangan tuproqlar donadorligini oshirish (K-4,K-9),tuproqni shamol eroziyasidan saqlash uchun (SSB, PVA) kimyoviy birikmalarin sepish tadbirlari kiradi.
6. Mexanik meliorasiya- bu tuproq yuzasida tuplangan tuzlarni mexanik usullar yordamida to’plash va dalalardan tashqariga chiqarish, tuproqni turli chiqindilardan tozalash, ko’chma qumlarni mexanik usullar bilan mustahkamlash, mexanik tarkibli tuproqlarni qumlash, toshloq yerlarni ustiga tuproqlar solish kabi tadbirlarni o’tkazadi.
Har bir joyning tabiiy va xo’jalik sharoiti hisobga olinib, bitta yoki bir nechta meliorasiya turi qo’llanishi mumkin.
XULOSA:
Meliorasiya fani – yerlarning noqulay tabiiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, unumdorligini doimo oshirib borish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan fandir. Meliorasiyaning asosiy maqsadi tuproqlarning noqulay sharoitlarni (suv, havo, ozuqa, issiqlik) tubdan yaxshilash, uning unumdorligini oshirib borish, qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror, mo’l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir. Meliorasiyaning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat: Sug’oriladigan yerlarni sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyalanishi va tuproqning zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldini olish, sho’rlangan, botqoqlangan, yemirilgan,zaharli moddalar bilan ifloslangan yerlarni tubdan yaxshilash va unumdorligini oshirish, yangi yerlarni o’zlashtirish, mahalliy joylarning iqlim sharoitini yaxshilash yani shamol va garmselga qarshi kurashish, sel oqimi, ko’chma qumlarga hamda yer ko’chishini oldini olish va qarshi kurash, yer usti, yer osti suvlarini rostlash va ulardan samarali foydalanish usullarni ishlab chiqish, qo’shimcha suv manbalaridan (oqova, chiqindi) foydalanish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin yer va suvga bo’lgan munosabat tubdan isloh qilina boshlandi. Yer va suv manbalaridan oqilona, samarali foydalanish uchun mamlakatimizda qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |