«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə67/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Ko’llar. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida umumiy maydoni 3705 km2 bo’lgan jami 5367 ta ko’l mavjud. Issiqkul, Orol dengizi, Iskandarcho’l, Aydarkul kabilar shular jumlasidandir.
Soylar. Soylar O’zbekistonning tog’ va tog’ oldi regionlarida keng tarqalgan. Ular ko’p hollarda sug’orish uchun rezerv hisoblanadi. Faqat Farg’oa vodiysining o’zidagina 6500 ga yaqin, Zarafshon daryosining o’rta qismida 120dan ortiq yirik va mayda soylar mavjud.
7-jadval
Daryolarning suv bilan to’yinishiga ko’ra turlari (Shuls V.L., 1981)

To’yinish turlari

Iyul-sentyabrdagi
oqimni mart-ap-
reldagiga nisbati

Iyul-sentyabrdagi
oqim, yillik oqimga nisbatan foiz

Eng ko’p oqim
kuzatiladigan
oylar

Muz-qor erishi hisobiga

1,0

36

VII, VIII

Qor- muz erishi hisobiga

0,99-0,27

40-17

V, VI

Qor erishi hisobiga

0,27

16-12

IV, V

Qor erishi yomg’ir hisobiga

0,17-0,00

13-0

III, IV, V

Suv omborlari. Daryolarning yillik suv oqimini boshqarish maqsadida sun’iy ko’llar –suv omborlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Daryolarda suv sarfi ko’paygan davrlarda va toshgan suvlarni ko’plab, suv sarfi eng kamaygan davrda suvdan foydalanish imkonini beradi.


Respublikamizda hozirgi kunda umumiy hajmi 19,8 km3 va foydali hajmi 14,6 mlrd. m3 bo’lgan 55 ta suv omborlaridan foydalanilmoqda. Ular yer usti suvlari yillik oqimini 20 % gacha boshqarish imkonini bermoqda. Yirik suv omborlari jumlasiga qo’yidagilar kiradi. Tuyamuyin (umumiy hajmi 7,8 km3), Tollimarjon (1,5 km3), Chorvoq (2,0 km3), Faroxod (2,0 km3), Tudakul (1,2 km3), Kattaqurg’on (0,9 km3).
Respublikamizda suv omborlarining aksariyati daryo o’zaini to’sish yo’li bilan hosil qilingan, ayrimlari suv keltirilib to’ldiriladi (Tudako’l, Tolimarjon, Qo’yimozor va boshqalar).
Yer osti suvlari. Yer osti suvlari O’zbekiston suv resurslarining tarkibiy qismi hisoblanib, ularni mintaqaviy zahirasini hisoblash 1963-1968 yillarda 13 ta hisobiy gidrogeologik rayonda olib borilgan.
Yer osti suvlari ikkita suv o’tkazmaydigan qatlam o’rtasida joylashgan bo’lib, ular bosimsiz va bosimli (artizan suvlar) bo’lishi mumkin. Bosimli yer osti suvlari yer yuzasidan 10-30 m va undan katta chuqurlikdagi qum – shag’al yotqidiqlarda joylashadi.
Chiqindi suvlar ishlab chiqarish va maishiy-xo’jalik sohalarida ishlatilgan hamda uning o’ziga xos ingredstlari bilan ifloslangan ishlab chiqarish jarayonida yoki maishiy xo’jalik sohasida qayta foydalanib bo’lmaydigan, ya’ni yaroqsiz holatga keltirilgan suvlardir. Yaqin yillar O’zbekistonda chiqindi suvlar hajmi 5 km3/yilda yetishi ko’tilmoqda. Bu miqdordagi chiqindi suvlar qariyb 600 ming ga sug’orishda foydalanish imkonini beradi.
3. Sug’orish (gidromeliorativ) tizimlari – bu yerlarni sug’orish uchun tashkil etuvchi murakkab suv xo’jalik majmuasi bo’lib u quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat. 1). Sug’orish tarmoqlari 2). Kollektor zovur va suv yig’ish-tashama tarmoqlari.
Sug’orish tarmoqlari suvni qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish texnologiyalariga muvofiq kerakli miqdor va muddatlarda suv manbaidan olib, sug’oriladigan xududlargacha tashib keltirish va uni suvdan foydalanuvchilar o’rtasida, almashlab ekish dalalari va sug’orish uchastkalari bo’yicha bir tekisda taqsimlash uchun xizmat qiladigan o’zaro uzviy bog’liq holda faoliyat ko’rsatuvchi inshoat va texnik vositalarni o’z ichiga oladi.
Kollektor-zovur va suv yig’ish-tajama tarmoqlari sizot suvlar sathini pasaytirish va ortiqcha suvlarni uchastkadan tashqariga chiqarib tashlashga qo’llaniladigan inshoat va texnik vositalardan tarkib topgan.
2. Sug’orish tizimlari alohida xo’jalikka (dehqon fermerlar uyushmasi, fermer, dehqon) xizmat ko’rsatadigan bo’lsa xo’jalik sug’orish tizimi, ikki yoki ortiq xo’jalikka xizmat ko’rsatadigan xo’jaliklararo sug’orish tizimi deb yuritiladi. Agar sug’orish tizimi bir necha tuman, viloyat yoki respublikalar xududida joylashgan bo’lsa, u tegishli tumanlararo, viloyatlararo va respublikalararo sug’orish tizimlari deyiladi. Xo’jalik sug’orish tizimlaridan foydalanish bo’yicha barcha tadbir va harajatlar xo’jalik tomonidan, xo’jaliklararo tizimlarda esa davlat tomonidan bajariladi va ta’minlanadi.
Sug’orish tizimlari tuzilishi (konstruktiv), suv o’zatish usuli, qo’llash holatiga qarab ham turlarga bo’linadi. Tuzilishiga ko’ra ochiq, yopiq va aralash; suv o’z oqimi bilan, mexanik ko’tarib berish va o’z oqimi-mexanik ya’ni aralash usullarda o’zatiluvchi; qo’llanish holatiga ko’ra ko’chmas (turg’un), yarim ko’chma va ko’chma sug’orish tizimlari ajralib ko’rsatiladi.
Ochiq sug’orish tizimlarida barcha yirik va mayda kanallar tuproq yoki to’shamali uzanga ega yoki beton nov holida ochiq bo’lib, yopiq tizimlarda sug’orish tarmoqlari sifatida bosimli va bosimsiz quvurlardan foydalaniladi. Aralash turdagi tizimlarda yirik taqsimlash kanallari ochiq holda, xo’jalik taqsimlagichlar, karta sug’orish tarmoqlari yopiq quvurlardan iborat bo’ladi.
3. Sug’orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko’ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo’linadi. Doimiy sug’orish tarmoqlari ikki va undan ortiq yil davomida foydalanuvchi suv o’zatish tarmoqlari – magistral kanal va uning tarmoqlari, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka taqsimlagichlarini o’z ichiga oladi. Yopiq sug’orish quvurlari ham doimiy tarmoqlari hisoblanadi.
Muvaqqat sug’orish tarmoqlariga mavsum davomida yoki bitta sug’orish davomida foydalanuvchi tarmoqlar bo’lib, ularga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, sug’orish egatlari, yo’lak (pol)lar va cheklar kiradi. Muvaqqat tarmoqlar bevosita sug’orish arafasida qo’rilib, cug’orishdan keyin tuproq yetilishi bilan yoki mavsum boshida ko’rilib, mavsum oxirida tekislab yuboriladi. Ochiq sug’orish kanallari xudadning eng baland qismida quriladiki, toki suv dalalarga o’z oqimi bilan o’zatilsin. Agar suv manbai yoki taqsimlash kanali sug’oriladigan daladan pastda joylashgan bo’lsa, suv nasos stansiyasi yordamida ko’tarib beriladi, ya’ni mashina yordamida o’zatiladi.
Kanallardagi suv sathi ulardan suv oluvchi tarmoqdagidan 20-22 sm baland bo’lishi kerak.
Kanallar bo’zilishiga ko’ra qazma, yarmi ko’tarma va ko’tarma kanallarga bo’linadi. Kanal trassasida ma’lum bir to’siq (avtomabil yoki yo’llari, daryo, soy yoki jarlik) uchrab qolsa, maxsus gidrotexnik inshoatlar yordamida uning ustidan (akveduk) yoki tagidan (dyudker) o’tkazib yuboriladi.
Xo’jalik sug’orish tarmoqlarida filtrasiyaga bo’ladigan suv isrovgarchiligi kamaytirish maqsadida temir beton navlardan keng foydalana boshlandi. Navlar respublikaning yangi o’zlashtirilgan yerlari (Mirzacho’l, Qarshi cho’li)da keng tarqalgan. Suvning filtrasiyaga isrof bo’lishi yo’qotishi tufayli navlarning FIK 0,90-0,96 gacha yetib boradi.
Navlarning ko’ndalang kesimi transsiya, yarim aylana, parabola, turtburchak shakllarda bo’lishi mumkin. Ulardan parabola shakldagi navlar keng qo’llaniladi. Navlarning chuqurligi 40, 60,80 va 100 sm bo’ladi. Shunga ko’ra ular 0,2 dan 0,6 m3/sek gacha suv o’tkazish qobiliyatiga ega. Nav devorlarining qalinligi 5-6 sm, uzunligi 6 m ni tashkil etadi.
Muvaqqat sug’orish tarmoqlari. Qishloq xo’jalik ekinlarini yer yuzasidan sug’orishda muvaqqat tarmoqlardan foydalaniladi. Muvaqqa tarmoqlar sug’orish mavsumi boshida (yoki har bir sug’orish arafasida) olinib, sug’orish mavsumi tugallanishi bilan (smug’origandan so’ng) tekislab yuboriladi. Muvaqqat tarmoqlar sirasiga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, pol (yo’lak)lar va sug’orish egatlari kiradi. Sug’orish jaryonida suv uchastka taqsimlagichidan muvaqqat ariqqa, undan o’qariqqa, o’qariqdan beshamak va egatlarga beriladi. Obdon tekislangan va yaxshi tayyorlangan dalalarda qishloq xo’jalik ekinlari ekilgandan keyin muvaqqat sug’orish tarmoqlari olishga kirishiladi. Sug’orish egatlari ekinlar qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda olib ketiladi.
Egatlar chuqurligi qator oralarining kengligiga qarab belgilanadi: qator oralig’i 60 sm bo’lganda 12 sm dan 18 sm gacha, 90 sm bo’lganda 15 sm dan 32 sm gacha qilib olinadi. G’o’zaning birinchi sug’orishda egatlar 10-12 sm chuqurlaikda, qator orasi 90 sm bo’lgan yerlarda egatlar chuqurroq olinadi. Egat olishda asosiy e’tibor o’simlikni tuproq bilan ko’milib qolmasligi qaratiladi. Mexanik tarkibi tufayli, egatlar sayoz, og’ir tuproqlarda esa chuqurroq qilib olinadi. Egatlar MTZ-80X yoki T28X3 traktorlariga o’rnatilgan KRX-3,6 kultivator-oziqlantirgich yordamida olinadi.
Sug’orish egatlari olib bo’lingandan so’ng o’qariq va muvaqqat ariqlar olishga kirishiladi. Muvaqqat tarmoqlarni qazish uchun ariqqazgich- tekislagichlardan foydalaniladi: ular ariqni 20-40 L/sek dan 100-200 L/sek gacha suv o’tkaza olishi hisobga olgan xolda tanlanadi.
Muvaqqat ariqlar KOR-500 A, KZU-0,5, KPU-2000A, KPN va boshqa ariqqazgich – tekislagichlar yordamida olinsa, o’qariqlar KBN-0,35, KZU-0,3, KZU-0,5, MK-12 kabi qurollar yordamida olinadi.
KZU-0,3 araqqazgich-tekislagich yordamida olingan ariqning chuqurligi 25 sm, tubining eni 30 sm, tepa qismining kengligi 120-130 sm, tuproq uyumining balandligi 20-75 sm ni va ariqqazgich suv o’tkazgich qobiliyati 40-60 l/sek ni tashkil etadi. Ish unumdorligi soatiga 0,8-1,0 sm.
Muvaqqat ariqlar orqali 100-200 l/sek miqdorda suv o’tkarish talab etilayotgan bo’lsa u vaqtda KZU-0,5, KPA-2000A yoki KOR-500A ariqqazgich tekislagichdan foydalaniladi.
XULOSA:
Suv resurslari tabiatning muhim tarkibiy qismi bo’lib, insonning hayoti va faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Aholi sonining oshishi va ishlab chiqarishni ko’payishi bilan suvning ahamiyati yanada ortib boradi.
Biz barchamiz ikki azim daryolar ya’ni Sirdaryo va Amudaryo xavzalarini birlashtiruvchi Orol dengizi havzasida yashaymiz.
Respublikamizda shakllanayotgan suv resurslarining umumiy miqdori 11,5 mlrd. m3 , jumladan mos ravishda Sirdaryo va Amudaryo xavzalarida 6,39 va 5,14 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Respublikamiz hududida iste’mol qilinadigan suv resurslari miqdori esa jami 56,19 jumladan Sirdaryo xavzasida 17, 28 va Amudaryo xavzasida 38,91 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki iste’mol qilinadigan suv resurslarining qariyb 80 foizi daryolarning yuqori qismida joylashgan qo’shni davlatlar hududida shakllanadi va yuqorida ta’kidlab o’tilgan davlatlararo kelishuvlar asosida boshqarilib iste’molchilarga yetkaziladi. Mazkur holatni o’zi xam suv resurslari bilan bog’liq vaziyatni jiddiyligiga asos bo’ladi.
Sug’orish tarmoqlari foydalanish muddatiga ko’ra doimiy va muvaqqat tarmoqlarga bo’linadi. Doimiy sug’orish tarmoqlari ikki va undan ortiq yil davomida foydalanuvchi suv o’zatish tarmoqlari – magistral kanal va uning tarmoqlari, xo’jaliklararo, xo’jalik va uchastka taqsimlagichlarini o’z ichiga oladi. Muvaqqat sug’orish tarmoqlariga mavsum davomida yoki bitta sug’orish davomida foydalanuvchi tarmoqlar bo’lib, ularga muvaqqat ariqlar, o’qariqlar, beshamaklar, sug’orish egatlari, yo’lak (pol)lar va cheklar kiradi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin