Nazoratuchunsavollar: 1.Respublika suv-xo’jalik majmuasi qanday ahvolda?
2.Sug’orishni qishloq xo’jaligini jadalashtirishdagi ahamiyati nimadan iborat?
3.Suv resurslari va manbalarini tariflang, hamda ulardan samarali foydalanish yo’llarini ko’rsating. 4.Sug’orish tizimlari va tarmoqlarini tariflang?
5.Sug’orish tizimlarining turlari va tarkibiy qismlarini ko’rsating?
6.Sug’orish tarmoqlarining suv o’tkazish qobiliyatini aniqlang?
19-Modul:Sug’orish turlari va noo’suv davridagi sug’orishlar
Reja: 1.Nomavsumiy davrlarda sug’orishning turlari va ahamiyati.
2. Shudgordan oldin sug’orish, sho’r yuvish.
3. Nam to’plash maqsadida sug’orish, ekishdan olidn sug’orish.
4. Urug’ suvi byerish, provokastion sug’orish, nam to’plash-o’g’itlash maqsadida sug’orish, sovuq urushiga qarshi sug’orish.
Tayanch tushunchalar:noo’suv davri, shudgordan oldin sug’orish, sho’r yuvish, nam to’plash sug’orish, ekishdan oldin sug’orish.
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10
1.Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish – bu suvning oqim shaklini tuproq namligi shakliga aylantirish texnologik jaryoni bo’lib, tuproq tabiiy manbalar hisobiga yetarlicha namiqmaydigan sharoitlarda qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olish maqsadida qo’llaniladi. Sug’orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishda imkon beradi. Qirg’oqchil mintaqalarda qishloq xo’jaligini jadallashtirish asosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda meliorativ va tashkiliy xo’jalik sharoitlardan kelib chiqqanl holda qo’yidagi sug’orish turlari qo’llaniladi.
namiqtiruvchi,
namiqlantiruvchi sho’r yuvish
va maxsus sug’orishlar.
Namiqtiruvchi sug’orishlar tuproqda va atmosferaning yerga yaqin qatlamida o’simliklarni o’sib rivojlanishi uchun tuproqning qulay suv rejimini ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. Namiqtiruvchi sho’r yuvish sug’orishlar esa sho’rlangan yerlar qulay tuz rejimini ta’minlashda qo’llaniladi. Maxsus sug’orishlarda nam to’plash maqsadida, shudgordan oldin va ekishdan oldin sug’orishlar, urug’ suvi berish, o’g’itlash, sovuq urishga qarshi va provakision sug’orishlar.
Sug’orish tuprlari har xil bo’lishiga qaramay, ular tuproq, o’simlik va atrof – muhitga kompleks ta’sir etadi.
Sug’oriladigan dehqonchilik amaliyotida muntazam va nomuntazam sug’orishlar qo’llaniladi. O’zbekistonda deyarli barcha ekinlar muntazam sug’orish sharoitida yetishtiriladi. Bunda nam to’plash maqsadida sug’orishlardan tashqari ekinlar o’suvi davrida o’simlikning suv iste’mol qilish dinamikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda doimiy ravishda sug’orib turiladi.
Nomuntazam sug’orishlar suv resurslari bilan xam ta’minlangan xududlarda qishloq xo’jalik ekinlari bir yoki ko’pi bilan ikki marotaba sug’orish bo’lib, u ko’pincha respublikaning tog’li va tog’ oldi rayonlarida va yem-xashak yetishtirishda qo’llaniladi. Unda nam to’plash maqsadida va limon sug’orishlarni ham misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunday sug’orishlar mavsumda 1,5-2,0 m li tuproq qatlamini namiqtirish uchun 1 marotaba o’tkaziladi. Kuz va erta bahorda tuproqda yetarlicha nam zahirasi to’plash kuzgi va bahorgi donli ekinlar, ko’p yillik o’tlar, bog’ va tokzorlardan yuqori hosil olish garovidir.
Limon sug’orish yerni erta bahorda erigan qor va daaryolarning toshqin suvlari limonlarda tutib qolish yo’li bilan bir marta bostirib sug’orish bo’lib, u yarim qig’oqchil mintaqalar (Volgabo’yi, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy va Sharqiy Sibirning cho’l mintaqalari, Ukraina, Qozog’iston)ning ekinlar uchun bir marta bostirib sug’orish va so’ngra yozgi yog’inlar kifoya qiladigan sharoitlarda qo’llaniladi.
O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Kavkaz ortining tog’li va tog’ oldi mintaqalarida yog’ingarchilik miqdori bo’lib, bunday yerlarda donli ekinlar, ko’p yillik o’tlar mevali bog’ va uzum yetishtiriladi.
2. Markaziy Osiyo respublikalari xududi yog’ingarchilik miqdori, vegetasiya davri davomiyligi, iqlim elementlariga ko’ra 3 ta iqlim zonasiga bo’lingan Shimoliy iqlim zonasi o’z ichiga Xorazm, Qoraqalpog’iston, Toshkent va Samarqand viloyatlarining shimoliy tog’dli xududlarini hamda Janubiy Qozog’iston viloyatini oladi. Janubiy iqlim zonasi Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatining Janubiy xududlari hamda Tojikiston va Turkmanistonning paxtakor xududlarini oladi. Qolgan xudud esa Markaziy iqlim zonasini tashkil etadi.
Iqlim tuproq sharoitlarining turlicha bo’lishi bu mintaqalarda noo’suv davrida u yoki bu sug’orish turlarini qo’llashni taqozo etadi. Respublika sharoitida 1 oktyabrdan to 1 aprelga qadar qo’yidagi sug’orishlar o’tkaziladi.
1) Shudgordan oldin sug’orish;