«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə65/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Nazorat uchun savollar:
1.«O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi» ning 14-moddasidagi «Yer monitoringgi» nima?
2.Suv fondi yerlariga qanday yerlar kiradi?
3.Agromeliorasiyaning asosiy vazifasi nima?
4.Iqlimni meliorasiya qilish mumkinmi?
5.Suv ta’minoti bilan qaysi meliorasiya turi shug’ullanadi?

18-Modul:O’zbekistonning suv resurslari va suv manbalari. sug’orish tarmoqlari va ulardan foydalanish


Reja:

1. O’zbekiston Respublikasida va Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv resurslari (yomg’ir, qor, muzliklar) va mintaqalari (daryo suvlari, yer osti suvlari, oqova chiqindi suvlar), suvga bo’lgan umumiy talab.


2. Tuproqning suv shakllari.
3. Sug’orish tarmoqlari haqida tushuncha. Turlari va tarkibiy qismlari.
Tayanch tushunchalar: yomg’ir, qor, muzliklar, daryo suvlari, yer osti suvlari, oqova chiqindi suvlar, suv rejimi, suv shakllari, nam sig’imi, suv o’tkazuvchanlik, suv ko’tarish xususiyati, xo’jaliklararo sug’orish tizimi, xo’jalik taqsimligigi, magistral kanal, xo’jaliklararo kanal, muvaqqat va o’qariqlar, kollektor quvurlar, akveduk, dunker va boshqalar.


Adabiyotlar:1, 2, 3,8, 9, 10, 11
1. O’zbekistonning suv resurslari
Suv resurslari tabiatning muhim tarkibiy qismi bo’lib, insonning hayoti va faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Aholi sonining oshishi va ishlab chiqarishni ko’payishi bilan suvning ahamiyati yanada ortib boradi.
Biz barchamiz ikki azim daryolar ya’ni Sirdaryo va Amudaryo xavzalarini birlashtiruvchi Orol dengizi havzasida yashaymiz. Orol dengizining eng muhim o’ziga xosliklari biri uning berk havza ekanligi, dunyo okeani yoki dengizlar bilan bog’lanmaganligi xarakterlanadi. Aynan uning berk xavzaligi va quruq iqlimi hamda tabiiy xo’jalik sharoitlari havzada suv resurslarini cheklanganligi, ularning o’ta vaqt va makonda notekis tarqalishiga olib kelgan. Pirovard natijada mintaqadagi barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash eng avvalo suv resurslarini rasional boshqarish va ulardan xar bir sohada, ayniqsa qishloq xo’jaligida samarali foydalanishni talab etadi.



4-rasm. Orol dengiziga yaqin joylashgan davlatlar.


Shunday qilib Orol dengizi havzasidagi umumiy suv resurslarining miqdoriy ko’rsatkichlari hamda ularning shakllanishi va iste’mol qilinishiga e’tibor qaratsak: Sirdaryo xavzasida shakllanadigan o’rtacha ko’p yillik suv resurslari 36 kub km ni tashkil etadi. Bundan O’zbekiston hududida 6,39, Qirg’iziston hududida 26,79, Qozog’iston hududida 2,5 va Tojikiston hududida 0,38 kub km miqdorida suv resurslari shakllanadi.



5-rasm. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov


«Orol muammolari» haqida.

6-rasm. Orol dengizi muammolari O’zbekiston RespublikasiPrezidenti I.A.Karimovning doimo etiborida.


Shuningdek Amudaryo havzasida shakllanadigan o’rtacha ko’p yillik suv resurslari 78,34 kub km ni tashkil etadi. Bundan O’zbekiston hududida 5,14, Qirg’iziston hududida 4,04, Tojikiston hududida 44,18, Turkmaniston hududida 2,79 va Afg’oniston hududida 22,19 kub km miqdorida suv resurslari shakllanadi. Ko’rib turganingizdek mintaqamizda suv resurslari asosan daryolarning yuqori qismida shakllanadi.


Mintaqadagi cheklangan suv resurslari iste’moli davlatlararo kelishuvlar va bitimlar asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Sirdaryo xavzasining mavjud 36 kub km o’rtacha ko’p yillik suv resurslari xavzadagi davlatlar orasida O’zbekistonga 17,78, Qirg’izistonga 4,03, Qozog’istonga 12,79 va Tojikistonga 2,49 kub km miqdorida bo’lingan.
Shuningdek Amudaryo xavzasining mavjud 78,34 kub km o’rtacha ko’p yillik suv resurslari xavzadagi davlatlar orasida O’zbekistonga 38,91, Qirg’izistonga 0,38, Tojikistonga 9,88, Turkmanistonga 21,73 va Afg’onistonga 7,44 kub km miqdorida bo’lingan.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida mavjud bo’lgan suv hajmlari quyidagi hujjatlarga asosan taqsimlangan:
Umumiy taqsimot 1983 - 1984 yillari ishlab chiqilgan “Amudaryo va Sirdaryo havza sxemalariga” asosan amalga oshirilgan
Shu hujjatga asosan O’zbekistonga 71,69 mlrd. m3 suv belgilangan.
Shu jumladan:
- daryolardan 58,6 mlrd. m3 yoki - 81.7 %
shundan ichki daryolardan 11,47 mlrd. m3 yoki - 19.6 %

  • yer osti suvlaridan 10.07 mlrd. m3 yoki- 14.0 %

  • zovur - oqava suvlaridan 3.02 mlrd. m3 yoki - 4.3%

Amudaryo suvlarining taqsimoti bo’yicha qabul qilingan Protokol (Sobiq Ittifoq Meliorasiya va suv xo’jaligi vazirligi ilmiy- texnik kengashining 1987 yil 10 sentyabrdagi 566-sonli Protokoli)ga asosan Amudaryo suvi quyidagicha taqsimlangan:
Umumiy suv hajmi 61.5 mlrd.m3
shundan:
-Tojikistonga 9.5 mlrd. m3 yoki 15.5%
-Turkmanistonga 22.0 mlrd. m3 yoki 35.8%
-O’zbekistonga 29.6 mlrd. m3 yoki 48.1% suv limiti belgilangan.
Ayni paytda shu hujjat bilan O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida amaldagi suv oqimi Kerki gidropostida 50% ga 50% bo’linishi belgilangan.
Farg’ona vodiysida joylashgan kichik daryolarning suv hajmlari 1981 yil 2 iyunda Sobiq Ittifoq Meliorasiya va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsus Protokolga asosan taqsimlanadi.
Andijon va Tuyamo’yin suv omborlaridan chiqariladigan va boshqa davlatlararo kanallardagi suv hajmlarining taqsimoti tegishli loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilgan.
Bu hujjatlarning barchasi 1992 yil 18 fevralda Almati shahrida tuzilgan “Davlatlararo suv manbalaridagi suv resurslarini birgalikda boshqarish va muhofaza qilish” haqidagi bitim bilan kuchda qolganligi e’tirof etilgan.
Shunday qilib respublikamizda shakllanayotgan suv resurslarining umumiy miqdori 11,5 mlrd. m3 , jumladan mos ravishda Sirdaryo va Amudaryo xavzalarida 6,39 va 5,14 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Respublikamiz hududida iste’mol qilinadigan suv resurslari miqdori esa jami 56,19 jumladan Sirdaryo xavzasida 17, 28 va Amudaryo xavzasida 38,91 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki iste’mol qilinadigan suv resurslarining qariyb 80 foizi daryolarning yuqori qismida joylashgan qo’shni davlatlar hududida shakllanadi va yuqorida ta’kidlab o’tilgan davlatlararo kelishuvlar asosida boshqarilib iste’molchilarga yetkaziladi. Mazkur holatni o’zi xam suv resurslari bilan bog’liq vaziyatni jiddiyligiga asos bo’ladi.
Mintaqadagi murakkab suv va ekologik sharoitlarda umumiy cheklangan suv resurslarini mintaqa darajasida boshqarish va foydalanish quyidagi tizim yordamida amalga oshiriladi.
2-jadval

Mazkur tizim mintaqa mamlakatlari prezidentlarining 1993 yil 4 yanvarda Toshkent shaxrida o’tkazilgan uchrashuvida tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari, vakolat doiralari va ishlash tamoyillari belgilandi. Ushbu qaror shu o’tish davri uchun prezidentlar tomonidan uzoqni ko’zlab qabul qilingan, mintaqa barqarorligini ta’minlashda juda muhim ro’l o’ynagan oqilona qaror bo’ldi. Ko’rib turganingizdek mintaqaviy darajada tuzilgan mazkur tizim “Orolni qutqarish fondi” deb nomlangan. Fond mintaqa mamlakatlari tomonidan to’lanadigan ba’zolik badali hisobiga o’z faoliyatini yurgizadi. Tuzilma tarkibiga barqaror rivojlanish va davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi xamda fondning ijro qo’mitasi kiradi. Ushbu tizim ichida suv resurslari masalalari bilan bevosita shug’ullanuvchi organ Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi (MKVK) bo’lib, uning tuzilmasi quyidagilardan iborat


Yuqoridagi holatlarga nisbatan O’zbekiston o’z pozisiyasiga ega bo’lib, bu haqda dunyoning eng yuqori minbarlaridan turib ochiq bildirib kelmoqda. Jumladan O’zbekiston Prezidenti I.Karimov bu haqda Birlashgan millatlar tashkilotining ming yillik maqsadlariga bag’ishlangan sammitidagi so’zida ham batafsil to’xtalib o’tdi.
Jumladan, sobiq sovet davrida Rogun suv omboridan Amudaryo suvini ko’p yillik boshqaruvini ta’minlash va ichimlik hamda irrigasiya talablarini qondirish maqsadida foydalanish belgilangan.
Transchegaraviy daryolarda davlatlararo ahamiyatga ega bo’lgan yirik suv omborlar va GESlarni ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy ekspertizadan o’tkazmasdan, ularning texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) va qurilish Loyihalarini qo’shni davlatlar bilan kelishmasdan bir tomonlama qurilishi yuridik nuqtai nazaridan ushbu davlatning boshqa davlat ichki ishlariga aralashuv sifatida ko’rilmog’i lozim.
Shundan kelib chiqib, ushbu obyektlarning qurilishini har tomonlama ekspertizadan o’tkazish, ayniqsa ularning TIA va qurilish loyihalarini tayyorlash jarayonida daryolarning quyi oqimida joylashgan davlatlarning suvga bo’lgan huquqlari va ularning manfaatlarini yuridik tomondan mustahkamlab qo’yilishi lozim. Jumladan transchegaraviy daryolarning suv oqimlarini boshqarish va kelishgan rejimga amal qilinmagan taqdirda quyida joylashgan davlatlarga yetkazilgan zararni qoplash prinsiplarini belgilab beruvchi Kelishuvning loyihasini ishlab chiqish lozim.)
O’zbekiston teng huquqlili asosida barcha progressiv halqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirib, o’z faoliyatlari va harakatlarini xalqaro m’yorlar doirasida amalga oshirib kelmoqda. Jumladan O’zbekiston 2007 yilda:

  • BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan 1992 yilda qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko’llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish Konvensiyasi»ga;

  • BMT doirasida 1997 yilda qabul qilingan «Xalqaro suv oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqi to’g’risidagi Konvensiya»ga a’zo bo’ldi.

Mazkur Konvensiyalarda transchegaraviy daryolardan foydalanishda barcha davlatlarning manfaatlari birdek inobatga olingan bo’lib, transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish borasidagi asosiy tamoyillar belgilab berilgan.
Xalqaro Konvensiyalar doirasida harakat qilayotgan O’zbekistonda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv tejamkorligi yo’nalishidan borish davlat siyosatiga aylantirilgan. Misol tariqasida aytish mumkinki 1990 yilda O’zbekistonda sug’oriladigan maydonlarning 50% ga ko’p suv talab qiluvchi paxta ekilgan bo’lsa olib borilgan siyosat natijasida 2010 yilga kelib uning ulushi 30% ga tushdi, qolgan maydonlarga esa nisbatan kam suv talab qiluvchi ekinlar joylashtirildi.
O’zbekistonda 1985 yildan 2010 yilgacha bo’lgan davr ichida 1 ga yerni sug’orishga sarflanayotgan o’rtacha suv miqdori 22,4 ming kub m dan 12,2 ning kamaytirilishiga erishildi.
E’tibor bering 1980 yildan 2009 yilgacha bo’lgan davr mobaynida qo’shni davlatlarda suv iste’moli miqdori ortgani holda O’zbekistonda umumiy suv ist’moli miqdori 64,5 da 53,1 mld kub m ga kamaytirishga erishildi.
Endi biroz mintaqadagi umumiy suv resurslarining o’zgarishi va ularga ta’sir etayotgan omillarga e’tibor qaratsak. Olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki dunyodagi iqlimning o’zgarishi bizning mintaqamizdagi suv resurslariga xam ta’sir etmay qolmadi. Iqlimning o’zgarishi ta’siri natijasida daryolardagi suv resurslarining eng katta miqdori vaqt bo’yicha oldinga surilishi kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida suv resurslarini saqlash va boshqarish masalalarini murakkablashtiradi. Bu holat tog’larda qor zaxiralarining kamayishi, muzlash jarayonining degradasiyasi, daryolar xavzalaridan bug’lanishning oshishi, yog’ingarchiliklar o’zgarishining oshishi va qurg’oqchilik yillarda barcha omillar intensivligining oshishiga olib keladi.
O’zGIDROMET markazining 2011 yil sug’orish mavsumining suv bilan ta’minlanishi bo’yicha bashoratiga e’tibor qaratsak tog’lardagi qor zaxirasi va yog’ingarchilik miqdori quyidagicha kutilayotganligini ko’ramiz:

    • Me’yorga nisbatan 35-55 %

    • 2010 yilga nisbatan 10-15 % kam.

    • Vaxsh, Zarafshon va Farg’ona vodiysining janubidagi daryolar suv ta’minoti:

    • Me’yorga nisbatan 80-90 %

    • 2010 yilga nisbatan 5-15 % kam

    • Norin, Chirchiq, Surxondaryo va Farg’ona vodiysi shimolidagi daryolar suv ta’minoti:

    • Me’yorga nisbatan 70-80 %

    • 2010 yilga nisbatan 5-15 % kam

Qoradaryo, Oxangaron va Qashqadaryo xavzalarida suv ta’minoti:

    • Me’yorga nisbatan 50-60 %

    • 2010 yilga nisbatan 25-30 % kam bo’lishi kutilmoqda


Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin