«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə73/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Nazorat uchun savollar:
1. O’simliklar fiziologik belgilarni qarab sug’orish muddatlarini belgilash uslubiyati.
2. Tuproq namligini aniqlash usullari.
3. O’simliklarni tashqi belgilariga qarab sug’orish muddatlarini belgilash uslubiyati.
4. Ekinlarni sug’orish rejimiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsating.

22-Modul: Yerlarning meliorativ ҳolatiga tabiiy va suv-xo’jalik sharoitlarining ta’siri


Reja:

1.Tuproqning sho’rlanish manbalari (tog’ jinslari minerallarning parchalanuvi, qadimiy dengiz tuz yotqiziqlari) va unga tabiiy sharoitlarning ta’siri. 2.Minerallashgan sizot suvlari va ularning tuproq sho’rlanishidagi roli.


3.Gidrogeologik mintaqalar; irrigasiya-xo’jalik sharoitlarining tuproq meliorativ holatiga ta’siri. Tuproqlarni birlamchi va ikkilamchi (qayta) sho’rlanishlari.


Tayanch tushunchalar:tog’ jinslari, minerallarning parchalanuvi, qadimiy dengiz tuz yotqiziklari, minerallashgan sizot suvlari, gidrogeologik mintaqalar, birlamchi va ikkilamchi sho’rlanishlar.

Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10, 11, 15, 16, 17

1. Tuproq, yer usti va yer osti suvlarining tarkibida asosan kalsiy (Ca), magniy (Mg), natriy (Na), kaliy (K), kislorod (O), xlor (CI), oltingugurt (S), uglerod (C), azot (N) elementlari boshqa elementlarga nisbatan ko’proq uchraydi.


Bu elementlar tog’ jinslari va minerallar tarkibida bo’lib, suv, shamol, iqlim va biokimyoviy omillar tasirida yemirilib tuzlarni hosil qiladi.
Tabiatda tuzlarning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi.
1. Tog’ jinslari va minerallarning yemirilishi.
2. Vulqon otilishi.
3. Yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh tuzlar (tosh konlari)
4. Yerning tub qatlamlaridan chiqayotgan sho’r buloqlar.
5. Biokimyoviy omillar tasirida tuzning paydo bo’lishi (sho’rhok va sho’rtob yerlarda o’sadigan o’simliklarning kul hosil qilishi va bu kulning tarkibida juda ko’p miqdorda natriy xlor va natriy sulfat borligi)
O’zbekistonning sug’oriladigan mintaqalarda yerlar asosan sho’rlanish va botqoqlanish tufayli noqulay holatga keladi. Tuzning kelib chiqishi, tuz hosil bo’lish asosiy manbalari haqidagi masalalar fan va qishloq xo’jalik uchun katta nazariy va amaliy V.A.Kovda ma’lumotlari bo’yicha quyidagi tuz tuplanish sikllari mavjud:
1) Kuruqlikda tuz to’planish sikllari, ya’ni materiklarning ichki qismlaridagi berk o’lkalarda tuzlarning bir joydan ikkinchi joyga borib to’planishi. 2) Dengiz yaqinida tuz to’planish sikllari, ya’ni dengiz sohillarida va sayoz suvli ko’ltiq qirg’oqlarida dengiz suvlarining to’planishi.
3) Deltalarda tuz to’planish sikllari, ya’ni daryo suvlarining quruqlikdan olib keladigan tuzlari hamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan keladigan tuzlar.
4) Yer osti suvlarining bug’lanishidan tuz to’planishi, bunda yerning chuqur qatlamlaridagi sho’r suvlarni tektonik yoriqlar orqali yer yuzasiga chiqishi va bug’lanishi.
5) Antropogen tuz to’planishi , yani sho’r yerlarni meyoridan ortiqcha sug’orish, sug’orish tarmoqlaridan filtrlanayotgan suvlar evaziga minerallashgan sizot suvlarining ko’tarilishidan hamda sho’r suvlar bilan ekinlarni sug’orish oqibatida to’planayotgan tuzlar Shu bilan birga ekinlarga meyoridan ortiqcha mineral o’g’itlarni solinganda ham tuproqda tuzlar ko’payadi.
Tuzlarning tarqalishida yer usti, yer osti, sizot suvlari va shamol katta rol o’ynaydi. Suv, shamol, harorat, biokimyoviy jarayonlar ta’sirida tog’ jinslari va ularning tarkibidagi minerallar asta-sekin yemirila boradi. Oqibatda xlor va oltingugurt elementlari ajralib chiqib, keyinchalik xlorid va sulfat tuzlari hosil qiladi. Nurash jarayonida esa sulfat kislota hosil bo’ladi; bu kislota tarkibida natriy, magniy yoki kalsiy bo’lgan minerallar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida osongina oddiy sulfat tuzlarini hosil qiladi. Bundan tashhari bir qancha mineral moddalarning tarkibida xlorid yoki sulfat tuzlari sof holda mavjuddir. Shu tuzlar tog’ jinslari nuraganda ajralib chiqadi.Tuzlar vulqon otilishi jarayonida ham paydo bo’ladi. Vulqon otilayottanda natriy xlor, xlorid kislota, gazsimon xlor va turli sulfat oksidlari bevosita ajralib chiqadi. Shu birikmalarning (natriy xlordan tashqari) barchasi jinslar bilan o’zaro ta’sirda bo’lib, ulardan asoslarni siqib chiqaradi va oddiy xlorid yoki sulfat tuzlari hosil qiladi.
Ko’pgina hududlarda chuqur issiq buloqlar tuz hosil qiluvchi manba hisoblanadi. Bunday buloqlardan tuzlar ham, gazlar ham ajralib chiqadi. Tuz hosil bo’lishida yer yuzasiga chiqib qolgan gumbaz va shtok shaklida yer osti tosh tuzlari ham ishtirok etadi.
O’rta Osiyo cho’llarida yangi yoki qoldiq tuz qatlamlari uchraydi. Shu qatlamlarning qalinligi ba’zan necha o’nlab va yuzlab sm-ga boradi hamda ularning tarkibida 90-100 % tuz bo’ladi. Tuz hosil bo’lish va to’planish jarayonlarida biokimyoviy omillarning ham ta’siri bor.
2. Sizot suvlarida juda ko’p miqdorda turli minerallar, organik moddalar va kolloidlar bo’ladi.
Sizot suvlar tarkibida suvda eriydigan moddalarning miqdori 0,01dan 200 g/l gacha boradi. Sizot suvlar minerallashganlik darajalari bo’yicha quyidagi guruhlarga va tiplarga bo’linadi (8 -jadval).
Issiq iqlimli hududlarda tuproqning kapillyarlik xossasi yaxshi bo’lsa va harakatsiz, sho’rlangan sizot suvlar sathi yuza (1-3 m) joylashganida, bu suvlar ko’p bug’lanadi. Natijada tuz asta-sekin yig’ila boradi va tuproqlar yoppasiga sho’rlana boshlaydi.
Sizot suvlar minerallashgan mintaqalarda, ular sathining ko’tarilib ketishi natijasida ham tuproqlar sho’rlanadi. O’zbekiston sharoitida eng kuchli xavf solib turgan holat - bu minerallashgan sizot suvlari sathining yuqoriga ko’tarilishidir. Ayniqsa zovur-kollektor tarmoqlari mavjud bo’lmagan yoki yaxshi ishlamaydigan hududlarda, ular sathi yuqoriga ko’tariladi va tuproqlarni sho’rlantirib yuboradi.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin