«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə75/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

II-Gidrogeologik mintaqa- sizot suvlarining sirtga (yer yuzasiga) tepish mintaqasi. Bu mintaqada birinchi gidrogeologik mintaqaning quyi qismlarini va daryo konus yoyilmalarining chegaralarini o’z ichiga oladi. Joyning relyefi mezorelyefli, iqlimi birinchi gidrogeologik mintaqaga nisbatan ancha issiq, bug’lanish (1200-1500 mm) katta. Yog’ingarchilik miqdori esa, kam (200-400 mm) bo’ladi. Mayda zarrachali tuproq qatlami 2-4 m.ni tashkil qiladi. Keyingi qatlamlar asosan shag’al va qumlardan iborat.
Sizot suvlarning minerallashganlik darajasi oqim tezligi nisbatan katta bo’lgan yerlarda chuchuk (0,2-0,4 g/l), oqish tezligi nisbatan kam yoki oqimsiz bo’lgan yerlarda esa, kuchsiz minerallashgan (1-5 g/l) bo’ladi. Sizot suvlari minerallashgan yerlarda kam sho’rlangan tuproqlar uchraydi.
III-Gidrogeologik mintaqa- sizot suvlarining tarqalish (bug’lanish) mintaqasi. Bu mintaqa maydoni eng katta bo’lib, kichik va katta daryo (So’x, Shoximardon, Amudaryo, Sirdaryo) larning o’rta va quyi oqimlarini shuningdek cho’l mintaqasidagi tekisliklarni (Qizilqum, Qoraqum, Mirzacho’l, Qarshi cho’li va hokazo) o’z ichiga oladi.
Bu mintaqaning relyefi, asosan, mikro va qisman mezorelyefli bo’lib kichik nishablikka ega. Tuproqlarning mexanik tarkibi turlicha, lekin asosiy qismida birinchi va ikkinchi mintaqa tuproqlariga nisbatan mayda zarrachali tuproqlar keng tarqalgan hamda bu tuproqlar qalin qatlamga ega. Bunday tuproqlar odatda kapillyar naychalari orqali suvni juda balandga ko’tarish qobiliyatiga egadir.
Tuproqlarning ostki qismida xar xil chuqurliklarda (3-30 m) shag’al, mayda tosh va qum uchraydi.
Mintaqaning sug’oriladigan yerlarida sizot suvlari 1-3 m chuqurlikda, sug’orilmaydigan yerlarida esa, 5-10 m va undan chuqurroqda joylashadi. Mintaqa sizot suvlari sho’rlangan bo’ladi. Ularning minerallashish darajasi sug’oriladigan yerlarda 2-3 dan 20-30 g/l, sug’orilmaydigan yerlarda esa 30-50 g/l gacha va undan ko’p (qattiq qoldiq) bo’ladi.
IV-Gidrogeologik mintaqa-sohil mintaqasi. Bu mintaqa allyuvial yotqiziqlardan bunyodga kelgan daryo sohil pag’onalarini o’z ichiga oladi.Sohillarni har yili yoki davriy ravishda toshqin suvlari bosganligidan, keyinchalik unda malum darajada oqizindi bo’ladi. Shuning uchun sohil mintaqasi tuproqlarining mexanik tarkibi xilma-xil bo’ladi.
Sohil mintaqasining sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. (0,5-1,5 m) bo’ladi va ular minerallashgan va minerallashmagan bo’lishi mumkin.
Sug’orish natijasidagi sho’rlanish, avvalgi tuproq suv rejimining buzilishi oqibatida sodir bo’ladi. Bunda yer tuproq-gruntning juda chuqur qatlamlaridagi tuz zahiralarini sizot suvlarida erishi hisobiga sho’rlanadi. Bu hodisa ko’pincha sug’orish natijasida sizot suvlari sathining umumiy ko’tarilishi oqibatida vujudga keladi. Yer yuziga yaqin joylashgan minerallashgan sizot suvlar tuproqning bevosita sho’rlanish manbai hisoblanadi. Sizot suvlar sathi yer yuziga yaqinlashgan sari ularning bug’lanish intensivligi kuchayib, sho’r yig’ilish jarayoni jadallashadi. Sizot suvlar sathi qancha yuza joylashgan, minerallashishi hamda gruntdagi tuz zahirasi ko’p bo’lsa, tuproq shuncha tez va kuchli sho’rlanadi. Sug’orish suvlari qisman sho’rlangan bo’lsa ham, ular tuproqni asta-sekin sho’rlanishiga sababchi bo’ladi. Agar sug’orishda ortiqcha suvlar ko’paya borsayu, lekin sarflanmasdan turaversa, albatta, sizot suv sathi ko’tariladi. Tuproq-grunt kuchli suv o’tkazuvchan bo’lsa va sizot suvi esa oqmay tursa, hamda unga sizib o’tgan suvlarning qo’shilishi kuchaysa, sizot suv sathi tezroq ko’tariladi. Sug’oriladigan deqqonchilik sharoitida dastlab tuproq sho’rlanmagan bo’lsada, undan foydalanish jarayonida ular kuchli sho’rlanib, qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqsiz holatga kelish hollari uchrab turadi. Bu hodisaga tuproqning qayta sho’rlanishi yoki ikkilamchi sho’rlanishi deyiladi
.
9 –jadval



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin